16-Mavzu: O’ta yuqori kuchlanishlar, ulardan ximoya qilish usullari va uskunalari. Tok va kuchlanish o’lchov transformatorlari. Reja
Download 297.41 Kb.
|
O’TA YUQORI KUCHLANISHLAR, ULARDAN XIMOYA QILISH USULLARI VA USKUNALARI. TOK VA KUCHLANISH O’LCHOV TRANSFORMATORLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
3) Zarbiy toklarni cheklagichlar
14.7–rasm. Zarbiy tok cheklagichi: a– konstruktiv sxemasi; 1–izolyator; 2– kommutastion element; 3 — piropatronli tok o’tkazuvchi; 4–saqlagich; b–boshqarishning struktura sxemasi; v–ulanish sxemalari. Zarbiy tokni cheklagichlar (OUT*) portlash ta’sirida o’ta tez ta’sir qiluvchi kommutastion apparat bo’lib, katta nominal toklarda ishlaydigan 6–30 kV li tizilmalarga mo’ljallangan. Zarbiy tokni cheklagich (14.7- rasm, a) nominal tok (1000–4500 A) niig uzoq o’tishiga mo’ljallangan o’tkazgichi bo’lgan kommutastion qurilma 2 ga ega. Tok eltuvchi o’tkazgichga kapsula detonatorli piropatron o’rnatilgan. Q. t. sodir bo’lganida, elektron qurilma (boshqarinqbloki BU) tokning o’zgarish tezligi di/dt ni sezadi (14.7- rasm, b), so’ngra ajratuvchi transformator IT orqali zaryadsizlash qurilmasi kapsula detonatorga ta’sir etadi, piropatron portlaydi va asosiy zanjir 0,1 ms vaqt ichida uziladi. Shundan so’ng tok saqlagich 4 orqali yordamchi zanjirdan o’ta boshlaydi, bu saqlagich 4 zanjirni butunlay uzadi. Zarbiy tok cheklagichning to’liq ishlash vaqti 5 ms dan oshmaydi (davrning 1/4 qismi) shu sababli zanjirning q. t. toki iU qiymatini tiklay olmaydi. Shunday qilib, Bu yerda ham ayrim konstrukstiyalardagi saqlagichlar (14.3–rasm, b ga qarang) kabi tokni cheklovchi effekt qo’llaniladi, biroq saqlagichlarga nisbatan farqli ravishda zarbiy tokni cheklagich nominal toklari katta bo’lgan, yuqori kuchlanishli zanjirlarga o’rnatiladi. OUT ishlab ketganidan so’ng tok eltuvchi o’tkazgich va saqlagich almashtirilishi lozim. OUT dan foydalanish q. t. toklarini cheklash va demak, apparaturalar hamda elektrotizilmalarning tok o’tkazuvchi qismlarini engillashtirish imkonini beradi. OUTning ayrim ulanish sxemalari 14.7- rasm, v da ko’rsatilgan. Saqlagichlar kuyidagilar bo’yicha tanlanadi: tizilmaning kuchlanishi bo’yicha Uust< Unom; tok bo’yicha Inorm Inom, Imax Inom; konstrukstiyasi va tizilma turiga qarab; uzish toki bo’yicha Ip.o Iuz,p, bunda Iuz,p—uziladigan chegara toki (simmetrik tashkil etuvchi). 1000 V gacha bo’lgan tizilmalarda saqlagich eruvchan qo’ymasining nominal toki tarmoqni muhofazalash shartlari bo’yicha («Elektr tarmoqlar» kursida batafsil ko’rilgan), shuningdek selektivlik shartlari bo’yicha olinadi. Nazorat savollari: Yuqori kuchlanish uzgichlari va ayirgichlarni tanlash sharti? Tok transformatorlari va kuchlanish transformatorlarini tanlash sharti? Kabellarni tanlash shartni yozib bering? Download 297.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling