16-Mavzu: O’ta yuqori kuchlanishlar, ulardan ximoya qilish usullari va uskunalari. Tok va kuchlanish o’lchov transformatorlari. Reja


b) 1000 V gacha mo’ljallangan saqlagichlar


Download 297.41 Kb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi297.41 Kb.
#1238718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’TA YUQORI KUCHLANISHLAR, ULARDAN XIMOYA QILISH USULLARI VA USKUNALARI. TOK VA KUCHLANISH O’LCHOV TRANSFORMATORLARI

b) 1000 V gacha mo’ljallangan saqlagichlar
Yopiq qismlarga ajraydigan to’ldirgichsiz patronli PR–2 tip saqlagichlar 220 va 500 V ga va 15–1000 A patronlarning tokiga mo’ljallab ishlab chiqariladi (14.2–rasm). Uzishning chegara toki nominal tokka bog’liq, bo’ladi va 1200–2000 A oraliqlarda bo’ladi.
100 A va undan yuqori tokka mo’ljallangan saqlagich PR–2 ning patroni (14.2- rasm, a) qalin devorli fibrali trubka 1 dan iborat bu trubkaga uning yorilishini oldini oluvchi jez Wulkalar 3 kiydirilgan.

14.2–rasm. PR-2 tipdagi saqlagich:
a–100–1000 A nominal toklar uchun patron; b–eruvchan qo’yilmalarning shakllari.

14.3–rasm. Eruvchan saqlagichlarning tok cheklozchi effekti:
a–o’zgarmas tokda; b–o’zgaruvchan tokda.
Atulkalarga qalpoqchalar 4 burab o’rnatiladi, ular pichoqlar 6 ga buralgan eruvchan qo’yma 2 ni patronga o’rnatishdan oldin mahkamlanadi. Pichoqlarni buralib ketishidan saqlash uchun, pichoq uchun paz qilingan shayba 5 o’rnatiladi.
Patron izolyastion plitaga mahkamlangan qo’zg’almas kontaktlar ustunlariga qo’yiladi. Kontakt uchun kerakli bosim halqasimon yoki plastinkali prujina bilan ta’minlanadi.
Eruvchan qo’ymalar o’yilma plastinka ko’rinishida ruxdan tayyorlanadi. Qisqargan uchastkalarda keng tomonlarga qaraganda ko’p issiqlik ajralib chiqadi. Nominal tokda ortiqcha issiqlik ruxning issiqlik o’tkazishi hisobiga keng joylarga o’tadi, shuning uchun qo’ymaning hamma qismi bir xil haroratga ega bo’ladi. O’ta yuklanishda tor uchastkalar tez qiziydi, chunki issiqlikning faqat bir qismigina keng qismlarga o’tadi. Qo’yma eng qizigan joyda eriydi (14.2– rasm, 6, A—A kesim). Q. t. toklarida tor uchastkalar shunchalik tez qiziydiki, bunda deyarli issiqlik uzatilmaydi. Qo’yma bir vaqtda hamma yoki bir necha tor joylarda kuyadi (14.2–rasm, b, V–V kesim). Qo’yma kuygandan so’ng yoy hosil bo’lib, u gazlar hosil qiladi (50% SO, 40% N2, 10% N20 bug’lari). Uziladigan tokka qarab bosim 10 MPa va undan ko’p bo’lishi mumkin. Yuqori bosim yoyning sovishi, ionsizlanishi va so’nishiga yordam beradi.
Qisqa tutashuvda qo’ymaning tor qismi q. t. toki o’zgaruvchan tok zanjiridagi zarbiy tokka yoki o’zgarmas tok zanjiridagi o’zining turg’un miqdoriga etmasdan oldin eriy boshlaydi (14.3–rasm). Bunda zanjirdagi q. t. toki Iotk qiymatgacha cheklanadi. Bunday saqlagichlar tok cheklovchi deb yuritiladi. Tok cheklovchi saqlagichlar bilan muhofazalangan zanjirlar q. t. toklarining termik va dinamik ta’siriga tekshirilmaydi. Qo’yma kuygan vaqtda zanjirdagi induktiv qarshilik tufayli o’ta kuchlanish hosil bo’ladi.

14.4–rasm. PN–2 tipdagi saqlagich.
O’ta kuchlanishning katta amplitudasi izolyastiyani qoplashi
mumkin, shuning uchun eruvchan qo’ymada bir necha tor joylar ko’zda
tutiladi. Ularning navbati bilai erishi paytida yoy oralig’ining
to’la uzunligi zanjirga darhol kiritilmasdan, balki pog’onalab
kiritiladi. Tor uchastkalar kuyganda qo’ymaning keng qismi, erimay va trubka hajmini metall bug’lari bilan ifloslamay pastga
tushadi. Bu yoyni so’ndirish sharoitini yaxshilaydi. Uzish qobiliyatining kattaligi patrondagi ruxsat etilgan bosim, ya’ni uning
mexanik mustahkamligi bilan aniqlanadi.
PR-2 saqlagichlarining afzalligi bo’lib, ularni oson qayta
zaryadlash hisoblanadi, kamchiligi esa to’ldirilgan saqlagichlarga
qaraganda o’lchamlarining birmuncha kattaligidir.
PN-2 TIP to’ldirilgan saqlagichlar (14.4–rasm) o’zgaruvchan tokning 500 V gacha va o’zgarmas tokning 440 V gacha bo’lgan kuch zanjirlarini muhofaza qilish uchun qo’llaniladi va 100–600 A nominal toklarga mo’ljallab ishlab chiqariladi. Chinnidan tashqi ko’rinishi kvadrat va ichi aylana shaklida ishlangan trubka 1 vintlar uchun to’rtta rezbali teshikka ega bo’lib, ular yordamida zichlovchi qistirma 5 bilan qopqoq 4 mahkamlanadi. Eruvchan qo’yma 2 kesilgan kontakt pichoqlar 3 ning shaybasiga elektrokontakt nuqtali payvandlash yo’li bilai biriktirilgan. Asbest qistirmali qopqoq trubkani germetik berkitadi. Trubka quruq kvarst qumi 6 bilan to’ldirilgan. Eruvchan qo’yma qalinligi 0,15–0,35 mm va eni 4 mm gacha bo’lgan bir yoki bir necha mis lentachalardan tayyorlangan. Qo’ymada uning kesimini 2 marta kamaytiradigan kesiklar 7 qilingan. Qo’ymaning erish haroratini kamaytirish uchun metallurgiya effektidan foydalaniladi–mis lentaning butun joyiga qalay sharchalar 8 kavsharlangan. Bu holda erish harorati 475° S dan oshmaydi. Yoy bir necha parallel kanallarda (qo’ymalar soniga qarab) hosil bo’ladi, bu hol kanaldagi kvarst donalari orasida metall bug’larining miqdorini eng kam bo’lishini ta’minlaydi va tor tirqishda yoyning so’nish sharoitlarini yaxshilaydi. To’ldirilgan saqlagichlar, PR saqlagichlar kabi, tokni cheklash xossasiga ega.


14.5–rasm. PQ tipdagi saqlagich.
a– 7,5 A gacha tok uchun; b– 7,5 A dan katta toklar uchun; 1–asosdagi chetki qopqoq; 2– jez qalpoq; 3–chinni trubkacha;
4–kvarst qumi; 5–eruvchan qo’yma; 6–qalaydan yasalgan sharchalar; 7–ishga tushish ko’rsatkichi.
Hosil bo’ladigan o’ta kuchlanishlarni kamaytirish uchun eruvchan qo’ymalar uzunligi bo’yicha kesiklarga ega bo’ladi bunda ularning uzunligi bo’yicha soni saqlagichning nominal kuchlanishiga bog’liq bo’ladi (kesiklar orasidagi uchastkaga 100–150 V hisobida). Qo’yma tor joyidan kuyganligi sababli, uzun yoy bir qancha qisqa yoylarga bo’linib, ulardagi kuchlanish yig’indisi katod va anod kuchlanishlari pasayishining yig’indigidan oshmasligi kerak (4-3-§). PN saqlagichlarida to’ldirgich sifatida toza kvarst qumi (99% SiO2) ishlatiladi. Kvarst o’rnida bo’r (SaSO3) qo’llanilishi mumkin, ba’zan esa uni asbest tolasi bilan aralashtiriladi. Yoyni so’ndirishda bo’r parchalanib karbonat angidrid gazi SO2 va qiyin eruvchan material SaO ga ajraladi. Reakstiya energiyani yutish bilan borib, bu yoyni so’ndirishga yordam beradi. Ayrim hollarda to’ldirgich sifatida gips (SaSO4) va bor kislota ishlatiladi.
To’ldirilgan saqlagichlarda chinni trubka o’rniga issiqqa chidamli lok shimdirilgan shisha material, steatit yoki quyma plastmassa yoxud izolyastiya-smolalaridan tayyorlangan trubkalar qo’llanilishi mumkin.
NPN saqlagichlar PN saqlagichlarga o’xshash, biroq qismlarga ajralmaydigan kontaktli pichoqsiz patronga ega va 60 A gacha toklarga mo’ljallanadi. PN-2 saqlagichlarning uzuvchi tokining chegarasi 50 kA ga etadi. Sanoat tizilmalarida va turmushda eruvchan saqlagichlarning boshqa konstrukstiyalari ham qo’llaniladi.

Download 297.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling