16-Mavzu: O’ta yuqori kuchlanishlar, ulardan ximoya qilish usullari va uskunalari. Tok va kuchlanish o’lchov transformatorlari. Reja


Download 297.41 Kb.
bet5/6
Sana01.03.2023
Hajmi297.41 Kb.
#1238718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’TA YUQORI KUCHLANISHLAR, ULARDAN XIMOYA QILISH USULLARI VA USKUNALARI. TOK VA KUCHLANISH O’LCHOV TRANSFORMATORLARI

2 1000 V dan yuqoriga mo’ljallangan saqlagichlar
Yuqori voltli saqlagichlar ham 1000 V gacha mo’ljallangan saqlagichlar singari vazifani bajaradi va ular kabi ishlash
prinstipiga ega.
Mayda donli to’ldirgichli PK tip saqlagichlar 3,6,10,35 kV kuchlanishga va tegishlicha 400, 300, 200 va 40 A nominal toklarga mo’ljallab ishlab chiqariladi. Bu saqlagichlar tok cheklash effektiga ega bo’lib, q. t. dagi to’liq uzish vaqti 0,005–0,007 s ni tashkil etadi.



14.6–rasm. PSN tipdagi saqlagich:
a– umumiy ko’rinishi; b – saqlagich patroni.
Saqlagich patroni (14.5–rasm) jez qopqoqlar bilan ikki tomoni mustahkamlangan chinni trubkadan iborat. Patron ichiga mis yoki kumush eruvchan qo’ymalar o’rnatilgan. Yoy so’ndirishga normal sharoitlar yaratish uchun eruvchan qo’ymalar ancha uzun va kichik kesimga ega bo’lishi kerak. Bunga qovurgali keramika o’zakka o’ralgan bir necha parallel quymalar S ni (14.6-rasm, a), yoki katta toklarda bir necha spiral qo’ymalarni ishlatish bilan erishiladi (14.6–rasm, b). Trubka kvarst qum bilan to’ldirilgandan so’ng, ikki tomondagi teshiklar qopqoqlar 1 bilan berkitilib, yaxshilab kavsharlanadi. Germetiklikning buzilishi, qumning namlanishi yoy so’ndirish xossasining yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Eruvchan qo’ymaning erish haroratini kamaytirish uchun metallurgiya effekti qo’llaniladi. Saqlagichning ishga tushganligi prujinani normal holda tortilgan holda ushlab turgan po’lat qo’yma kuygandan so’ng, trubkadan prujina yordamida tashqariga uloqtiriladigan ko’rsatkich 7 orqali aniqlanadi. Po’lat qo’yma undan hamma tok o’tganda ish qo’ymalardan keyin kuyadi. Kvarst donlari orasidagi tor kanallarda yoyning tez so’nishi tizilma izrlyastiyasi uchun xavfli bo’lgan o’takuchlanishlarga olib keladi. O’ta kuchlanishni kamaytirish uchun, uzunligi bo’yicha turli kesimda bo’lgan eruvchan qo’ymalar yoki asosiy ish qo’ymalarga parallel ulangan uchqun oraliqli eruvchan qo’ymalardan foydalanish bilan yoyning so’nishini sun’iy ravishda cho’ziladi. Oxirgi konstrukstiyadagi saqlagichlarda avval ish qo’ymasi eriydi, bunda o’takuchlanish hosil bo’lganda yordamchi qo’ymaning uchqun oralig’i teshilib, u ham kuyadi. Ko’p marta takrorlanadigan katta toklarda saqlagichning ishga tushish vaqtining yig’indisi 0,008 s dan oshmaydi. Saqlagichlarning boshqa ko’rinishlari ham bor: PKU (kuchaytirilgan); PKN (tashqi); PQE (ekskavatorlar uchun).
Saqlagich PK ning patroni tayanch izolyatorlarga mahkamlangan kontaktlarga o’rnatiladi. Nominal tokka qarab saqlagichdabir, ikki yoki to’rtta patron bo’lishi mumkin.
PTK seriyadagi saqlagichlar kuchlanish transformatorlarini muhofazalash uchun ishlatiladi, PK saqlagichlarga nisbatan keramik o’zakka o’ralgan konstantan qo’ymasi borligi bilan farqlanadi. Ularda ishga tushganligini ko’rsatuvchi ko’rsatkich bo’lmay, ularning kuyganligini kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjiriga ulangan asboblarning ko’rsatishi bo’yicha aniqlanadi.
Eruvchan qo’yma kesimining kichikligi sababli PKT saqlagichlar katta tok chegaralash effektini hosil qiladi. Ular quvvati 1000 MVA ga etadigan tarmoqlarga qo’yilishi mumkin, ayrim turlari (PKTU) uchun esa uziladigan quvvat chegaralanmaydi.
Yoyni aWogaz bilan so’ndiruvchi saqlagichlar 10 kV va undan yuqori kuchlanishga mo’ljallab tayyorlanadi.
Ochiq taqsimlash qurilmalarida PSN tipidagi (14.6–rasm) otuvchi saqlagichlar keng tarqalgan.
Saqlagichning asosiy qismi bo’lib, gaz generastiyalovchi trubka 2 hisoblanadi, uning ichiga kontaktli uchlik 1 hamda eruvchan qo’yma 4 bilan tutashtirilgan egiluvchan o’tkazgich 3 joylashtirilgan (14.6– rasm, b). Misdan tayyorlangan eruvchan qo’ymaga parallel holda po’lat qo’yma 5 joylashtirilgan, u egiluvchan o’tkazgichni chiqarib yuborishga harakat qiluvchi prujina kuchini qabul qiladi.
Saqlagich 1 ning patron kallagi izolyator 2 dagi maxsus tutqich bilan siqilgan (14.6–rasm,a). Pastki izolyatordagi o’q 4 da spiral prujinali kontakt pichoq 5 mahkamlangan bo’lib,u pichoqni 5 holatga burishga harakat qiladi. Pichoq kontaktli uchlik 6 ning bo’ynini qamrab oladi.
Q. t. da avval mis, keyin po’lat qo’yma eriydi. Prujina ta’sirida pichoq 5 burilib, egiluvchan o’tkazgichni chiqarib tashlaydi. Qo’yma erigandan so’ng hosil bo’ladigan yoy trubkaga tortiladi, u erda jadal ravishda gaz ajralib chiqadi. Trubkada bosim 10–20 MPa ga etadi, jadal ravishda bo’ylama avtomatik puflash hosil bo’ladi va yoyni so’ndiradi. So’nish qizigan gazlarning tashqariga chiqishi hamda kuchli tovush effekti–otish bilan kuzatiladi. Shu sababli PSN saqlagichlar ochiq RU larda shunday o’rnatiladiki, bunda gaz chiqish zonasida elektr apparatlar bo’lmasligi kerak.
Uzish jarayonida egiluvchan bog’lamni uloqtirishiga qarab yoy uzunligi ortib boradi, shuning uchun o’ta kuchlanish hosil bo’lmaydi.
Eruvchan qo’yma normal rejimda yuqori haroratgacha qiziydi. Gaz hosil bo’lmasligi uchun qo’yma trubkaga emas, balki trubkaning bir tomonini bekituvchi metall qalpoqqa joylashtirilgan.
PSN saqlagichlar komplekt transformatorli podstanstiyalarida ishlatiladi. Ular kuch transformatorlarini q. t. toklaridan muhofazalaydi, lekin boshqa tur shikastlanishlardan muhofaza qilmaydi.
Hozirgi paytda boshqariluvchi saqlagichlar UPSN-35 va UPSN-110 ishlab chiqilgan (Ulyanovsk politexnika instituti). Bu saqlagichlarda eruvchan qo’ymadan tashqari kontaktlar ham bo’lib, ular pichoq 5 ga yuritma bilan ta’sir etib uzilishi mumkin (14.6–rasm, a). Yuritmani ishga tushirish uchun impuls rele muhofazasi yoki avtomatika yordamida beriladi. Eruvchan qo’yma kuygandan so’ng uzish amalga oshiriladi, shuning uchun patronni keyinchalik qayta zaryadlash lozim.
Bu saqlagichlarning keyingi takomillashuvi aWogaz o’chirgichlarining yaratilishiga olib keldi (4.7– §, e ga qarang).

Download 297.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling