16-mavzu. O‘zbekistonda xom ashyo manbai va uni joylashtirish
Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi
Download 361.09 Kb. Pdf ko'rish
|
\'Ìàâçó Õîìàø¸ íèíã ¡çáåêèñòîíäà ìàíáàè âà óíè æîéëàøòèðèø (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
3. Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi Ma’lumki, har bir davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun resurslar tekin emas. Ular o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadilar. Bundan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyo xarajatlarini kamaytirish va shu orqali foydani ko‘paytirishdir. Izlanishlar qo‘llanilgan strategiya va taktikaning xomashyo xarajatlarini kamaytirishdagi so‘nggi bosqichi va muqobil yo‘li resurslar tejamkorligi ekanligini ko‘rsatmoqda. Resurslarni tanlash muqobilligi undan foydalangan sohalarda quyidagi vazifalarni hal qiladi: -xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi; -alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o‘z o‘rnini egallash; -mahsulot sifatida aniq ustunlikka erishish; -iqtisodiyotdagi kabi texnologiyada ham peshqadamlik mavqeining o‘sishiga intilish; -dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va xo‘jalik faoliyatidan foydaolish. Muqobillik (bir-biriga zid ikki yo‘ldan birini – yo unisini, yo bunisini tanlab olish zaruriyati) shuningdek, resurslardan foydalanish strategiyasi va taktikasining tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlik va samaradorlik oshishiga olib keladi. Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishda birinchi navbatda, xodimlardan tegishli bilim va ish malakani, resurslardan foylanishda mas’ullikni, bozor iqtisodiyoti sharoiti shartlarini va fan-texnika yangiliklaridan voqiflikni, ilmiy tadqiqot va ularning yechimlarini teran anglashni talab qiladi. Rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo‘lib, ularni bepul va qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va korxonalarga taqsimlanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti resurslarga va ulardan foydalanishga bo‘lgan talab kuchayayotganligi bois bunday vositalarni tejamkorlik bilan ishlatishni taqozo etmoqda. Sobiq ittifoqda barcha resurslar davlat tomonidan bepul taqsimlanganligi uchun resurslar amaliyotda emas, balki hujjatlarda «tejalardi». Endilikda bu masala oldingidek, “yuqori”ning ko‘rsatmasi bilan emas, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning samaradorlikni oshirishga bo‘lgan qiziqishi asosida hal etilmoqda. Hozirgi sharoitda qaysi mahsulotni, qancha va kimga ishlab chiqarishgina emas, shu bilan birga bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag‘ talab qilinishi ham ko‘pgina korxonalar uchun asosiy masalaga aylanmoqda. Bu har bir korxonani bir tomondan, talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa, resurslar xarajatining kam chiqimli yo‘llarini axtarishga undaydi. Bulardan tashqari, har bir korxona uchun xarakterli bo‘lgan normalashtirish va resurslarning pulliligi ham aynan shuni taqazo etadi. Xom ashyodan ratsional foydalanish sanoat xom ashyo bazasini kengaytirish va mustahkamlashning muhim manbaidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan xom ashyodan maqsadga muvofiq va ratsional foydalanishda ko‘p jihatdan qayta ishlovchi sanoat tarmog‘I yoki korxona uchun xom ashyoni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Xom ashyo mahsulot xususiyatini va sifatli texnologik jarayonni tanlashga va uning progressivlik darajasiga, mashinalardan va vaqtdan foydalanish darajasiga, ishlab chiqarish tsiklining uzunligi va umuman ishlab chiqarishning barcha texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog‘ida bir necha turdagi xom ashyo qo‘llaniladi. Ayrim tarmoq uchun qaysi xom ashyoni tanlash maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uchun turli xom ashyolarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirmoq zarur: solishtirma kapital xarajatlari; mehnat unumdorligi; mahsulot tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xom ashyodan maksimal foydalanish; kamyob bo‘lmagan xom ashyodan foydalanish; ishlatilmaydigan chiqindilardan foydalanish mumkinligi; sun’iy materiallardan foydalanish mumkinligi; xom ashyoning progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xom ashyoning bo‘lg‘usi tayyor mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi; ma’lum davrda muayyan tarmoqda qo‘llashning iqtisodiyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi; ayrim hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari; ayrim tarmoqlardagi texnika taraqqiyoti va innavatsion faoliyat. Xom ashyodan to‘liq va har tomonlama foydalanib, uning turli qismlaridan turli xil mahsulotlar olish uchun undan kompleks foydalanmoq kerak. Xom ashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo‘li xom ashyo va materaillardan qayta foydalanishdir. Masalan, yedirilgan mashinalar, binolar va eski texnikalarning metall qismlari, qog‘oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta foydalanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida tasdiqlangan 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» ga alohida muhim o‘rin berilgan 2 . Iqtisodiyot tizimining raqobatbardoshligini yanada oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish, birinchi navbatda, xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, elektr va energiya resurslaridan tejamli foydalanilishiga bog‘liqdir. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Xom ashyo tushunchasi va uni guruhlashning qanday an’anaviy usullarini bilasiz? 2.O‘zbekiston sanoatining xom ashyo bazasi va uning rivoji qanday? 3.Sun’iy materiallar ishlab chiqarishning rivojini nimalarda ko‘rish mumkin? 4. Sanoat xom ashyosidan foydalanishning oqilona usullariga ta’rif bering? 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni. 7 fevral 2017 yil. http://press-service.uz/uz/document/5482/. Download 361.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling