16-mavzu: Qobiliyat Asosiy savollar


Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi


Download 103.18 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi103.18 Kb.
#199941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-маруза матни

2. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi.
Bizga ma’lumki qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar hisoblanadi. Buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifatni kutish mumkin emas, chunki insonlar o’z qobiliyatlari bo’yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o’rtasida farqlar sifat va miqdor jihatidan bir talay bo’lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga qo’yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo’sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog’lik tez, engil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.

Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o’lchash muammosi psixologiya fanida o’ziga xos rivojlanishning tarixiy o’tmishiga ega. Hozirgi davrda fanning mumtoz psixologlariga aylangan Spirmen, Pirson, Kettell va boshqalar XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlaridayoq muayyan ixtisoslar uchun kasb tanlashni ilmiy asosda yo’lga qo’yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar tazyiqida o’quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyat darajasini aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligi, uning mehnat faoliyatiga layoqatini, shuningdek, oliy o’quv yurtlariga, harbiy xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga nisbatan imkoniyatlarini aniqlash mumkindir.



Download 103.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling