16-mavzu: Qobiliyat Asosiy savollar


Download 103.18 Kb.
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi103.18 Kb.
#199941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-маруза матни

Estetik qiziqishlarning o’ziga berilib ishlaydigan kishilar ham bo’ladi. Bunday odamlar uchun o’z hayotlarida eng asosiy narsa san’at va unga xizmat qilish qimmatbaho san’at asarlari yaratishdir. Chunonchi, rus kom-pozitorlaridan Glinka, Musorgskiy, Chaykovskiy va Moskva badiiy teat-riga asos solgan Stanislavskiylar mana shunday kishilardandir.

Ayrim kishilarda past va sayoz qiziqishlar ham bo’ladi. Bunday past qiziqishga faqat o’zining hissiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan qi­ziqishlar kiradi.

Shuningdek, faqatgina shaxsiy boylikka - pul yig’ish, dunyo to’plashga qiziqadigan pastkash odamlar ham bor. Bunday odamlar o’zining eng zarur ehtiyojlarini qondirishdan ham voz kechib, emay, ichmay, kiyin-may, faqat dunyo to’plashga, mol yig’ishga harakat qiladi.

Faqat o’z nafsini ko’zlash, dunyo to’plash, molparastlikka qaratilgan tuban qiziqishlar xudbinlik xarakteridagi qiziqishlardir. Bunday qi­ziqishlar jamiyat manfaatlariga zid bilib, boshqa kishilar farovonligiga zarar etkazadi.

Kishidagi qiziqishlar doirasi har xil bo’ladi. Odamlar o’zidagi qiziqish doirasining keng yoki tor bo’lishiga qarab ham bir-biridan farq qiladilar. Faqat birgina narsaga qiziqish bilan cheklanib, boshqa narsalarga e’tibor bermaydigan odamlarni qiziqish doirasi tor kishilar deb ataladi.

Voqelikdagi ko’p sohalarga qiziqadigan kishilarning qiziqish doirasi xilma-xil va keng bo’ladi. Lekin shu bilan birga bunday kishilarda bir qiziqish asosiy, markaziy o’rinni oladi.

Ba’zi odamlar bir narsaga juda qattiq qiziqadilar, kuchli, zo’r havas qo’yadilar, lekin ulardagi qiziqish-havaslar uzoqqa bormaydi; bunday odamlardagi biron narsaga, biron-bir faoliyatga bo’lgan zo’r qiziqish-ha­vas o’rnini darrov boshqa bir xil va shunday zo’r qiziqish-havas oladi.

Bunday kishilarning qiziqish-havaslari tez o’zgaradi. Bunday odam­larni, odatda, «juda qiziqib ketadigan» ishqiboz kishilar deb yuritiladi.

Biz odamlardagi bunday qiziqishlarga barham berish uchun kurashamiz. Bizdagi boshqaruv va tarbiya ishlarimiz, jumla­dan, yosh avlodlarimizda yuksak va xilma-xil ijobiy qiziqish-havaslar o’stirishga qaratilgandir.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

1. Qobiliyatlar deb nimaga aytiladi ?

2. Nazariy va amaliy qobiliyatlarni ajrating ?

3. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan o’zgarib borishini misollar bilan tushuntiring?

4.Tarbiya, jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan xarakter taraqqiy qilib, o’zgarib boradimi

5. Qobiliyat turlarini aniqlab gapirib bering

6.Qobiliyat va qiziqishlarni ajrating ?




Download 103.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling