16-mavzu: teri fiziologiyasi reja


Download 25.25 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi25.25 Kb.
#1557691
  1   2
Bog'liq
16-Ma\'ruza teri (2)


16-MAVZU:TERI FIZIOLOGIYASI
REJA:

  1. Analizatorlarning faoliyat kо’rsatish prinsiplari.

  2. Analizatorlar turli bо’limlarining funksional xarakteristikasi.

  3. Teri sezgirligi.

  4. Og’riq analizatori

Tayanch so‘zlar: Epidermis, termareguliyatsiya, sekretor nervlar, yog‘ bezlari, taktil sezgisi, harorat sezgisi, og’riq sezgisi.
Ter va yog‘ bezlari - terming ekskretor organlari hisoblanadi. Odamlarda ter bezlarining miqdori 2.5 mln.ga yaqin, ular, yuz. kaft. tovonlar va qo‘ltiq osti chuqurliklarida katta miqdorda joylashgan.
Ter bilan katta miqdorda suv va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari ajralganligi sababli, ter ajralishi, buyraklar ishini ancha yengillashtiradi. Ammo siydik ajralishi bilan ter ajralishi orasida bir-biridan spesifik farq mavjud. Buyraklar orqali ajraladigan qator moddalar. ter bezlari bilan ajralmaydi. Qondan suv va tuzlarning chiqarilishi tufayli ter ajralishi osmotik bosim darajasining doimiyligini ta‘minlaydi.
Epitiliyning o‘ziga hos mahsus shakllari:(rasm 3.1v.g). bezli hujayra boshqa epitiliy hujayralari orasida yakka bo‘lishi mumkun( masalan qadoqsimon hujayra ichakda) va tashqi secret epitiliy hujayralari( ter, so‘lak ko‘z yosh oshqazon osti bezi ) bezlardan ajralgan sekretlar doim ham tez-tez foydalanilmaydi. Ekzokrin terlar sekriti maxsus secretor har pirovardida tasir etuvchi joyga toshiladi moboda maxsus toshuv yo‘llari bo‘lmaganda(qalqonsimon gipodiz) sekreti qonga ajralashi( endokrin bezlari). Epitiliy hujayrasidagi sensor hujayralar retseptor qo‘zg‘atuvchi sifatida vazifa bajaradi. (sensor funksiyasi) ular juda tasirchan (yorug‘lik kimyoviy tasirlar mehanik bosimi og‘riq) elektrik signallar va so‘ngi implus ko‘rinishida nerv tolasiga tasirni yuboradi
Odam organizmida turli xildagi aniq va sezilmaydigan ter ajralishlari farqlanadi. Sezilmaydigan ter ajralishi tinimsiz bajariladi, bu paytda teri yuzasidan ajralgan ter birdaniga bugplanib ketadi. Aksincha. ter jadal va ko‘p ajralsa, u teri yuzasida tomchi shaklida jamlanadi (aniq-sezilarli ter ajralishi). Yangi Tug‘ilgan bolalar 4 oylik bo‘lguniga qadar ter bezlardan ter ajralishi kuchsiz namoyon bo‘ladi, sezilmaydigan ter ajralishi esa hayotning dastlabki oylarida kuchliroq namoyon bo‘ladi. ammo bo‘yning o‘sishi va tananing kattalashishi natijasida kamaya boradi.
A.Yu.Yunusov ma‘lumotlariga ko‘ra yosh ulg‘ayishi tufayli organizmning turli qismlarida ter ajralishi ortadi. Qo‘ltiq osti chuqurligida tenting ajralishi jinsiy yetilganida yuzaga keladi, bundan tashqari ulgpaygan odamlar tanasining turli qismlarida ter ajralishi bir xil emas. Boshning soch bilan qo‘langan qismi, qo‘ltiq chuquri. kaft va tovonlar yuzasi va jinsiy organlar atrofi kuchli terlaydi. Ter ajralishi bu qondan suv va tuzlarning filtrlanishi emas. balki bu haqiqiy sekretsiya ekanligi ter ajratuvchi bezlar tabiatan alohida o‘zi faoliyat korsatuvchi organlar tizimi ekanligi aniqlangan.
Epitiliy hujayrasi asosiy vazifasiga ko‘ra sirtqi epitiliy, bezli epitiliy va sensor epitiliy hillariga bo‘linadi. Barcha epitiliy hillari uchun yupqa bazal membrana ( bazal qavat gialinli membrane oynasimon membrana) hos bo‘lib, u epitiliyning mehanik tasirlariga chidamligini taminlaydi. Yuza (qoplovchi ) epitiliy organizmning ichki va tashqi tarafdan o‘rab uni himoyasini sekretsiya jarayonini va rezorbsiya (moddalar yetilishi) va tashqi muhit bilan aloqasini taminlaydi. Bezli epitiliy tashqariga (ekzotrin bezlar) yoki qonga(endokrin yoki ichki sekretsiya bezlar) turli suyuqliklar( so‘lak ter ,ferment,garmon)ajratiladi. Sensor epitiliy o‘z navbatida sezuv o‘rganlariga uchrab tashqi tasirotni qabul qilib uzatadi(masalan, ko‘zning to‘r pardasi) (rasm 3.1A-D) qoplovchi epiteliy joylashgan organ yuzasiga bog‘liq holda yassi,kubsimon,silindirsimon,qoplamasiga qarab oddiy,qavatli(bir qavatdan ko‘proq)va ko‘payadi,epiteliyga bo‘linadi.(rasm 3.2) stratsfikatlangan epitiliy nomlanishi uning hujayra yuzasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Masalan ko‘p qavatli yassi epitiliy-teri mehanik tasirotlarga berilmasligini taminlaydi. Psevdo ko‘p qavatli epitiliyda barcga hujayralar bazal membranaga taqalsa ham barchasi erkin yuzaga yetmaydi.( Masalan 2 qavatli mersatel epitiliy nafas yo‘llaridagi)
Ter ajralishinining boshqarilishi bosh miya katta yarim sharlari oraliq, uzunchoq va orqa miyalardagi markazlar orqali nazorat qilinadi. Ruhiy qo‘zg‘alish lar va ayrim ehtiroslar - qo‘rquv. g‘azablanishlar natijasida odamlardan «sovuq ter» chiqadi, ya‘ni ter ajralishi bilan bir vaqtda terilar torayadi va terming qon bilan ta‘minlanishi kamayadi. teri sovqatadi shu sababli sovuqqa qotish sezgisi seziladi.
Ter bezlarining simpatik sekretor nervlar. parasimpatik omimitik zaharlar ta‘sirida qo‘zg‘aladi. pilokarpin ter ajralishini kuchaytirsa. atropin esa uni to‘xtadi.
Bezli epitiliy. Epitiliyning o‘ziga hos mahsus shakllari:(rasm 3.1v.g). bezli hujayra boshqa epitiliy hujayralari orasida yakka bo‘lishi mumkun( masalan
qadoqsimon hujayra ichakda) va tashqi secret epitiliy hujayralari( ter, so‘lak ko‘z yosh oshqazon osti bezi ) bezlardan ajralgan sekretlar doim ham tez-tez foydalanilmaydi. Ekzokrin terlar sekriti maxsus secretor har pirovardida tasir etuvchi joyga toshiladi moboda maxsus toshuv yo‘llari bo‘lmaganda(qalqonsimon gipodiz) sekreti qonga ajralashi( endokrin bezlari). Epitiliy hujayrasidagi sensor hujayralar retseptor qo‘zg‘atuvchi sifatida vazifa bajaradi. (sensor funksiyasi ) ular juda tasirchan (yorug‘lik kimyoviy tasirlar mehanik bosimi og‘riq) elektrik signallar va so‘ngi implus ko‘rinishida nerv tolasiga tasirni yuboradi
Adrenalin va simpatin faqatgina odamlarda ter ajralishini qo‘zgpatmaydi emas, balki ajralayotgan terni ham tormozlaydi.
Orqa miyadan yuqorida - uzunchoq va oraliq miyalarda ham ter ajralishi markazlari joylashgan, ularning ustidan nazorat qiluvchi oliy markazlar bo‘lib. bu markazlar katta yarim sharlarning oldingi bo‘limida joylashgan. Toychoqlarning katta yarim sharlarini oldingi bo‘limlari qo‘zg‘atilganda ularda kuchli ter ajralishi kuzatilgan.
Ter ajralish markazlari reflektor ravishda qonning kimyoviy tarkibi bilan qo‘zg‘atiladi. Bizning nazarimizda ter ajralishining asosiy qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib qon tarkibidagi korbanat angidridning miqtori \a lining harakatini ko‘tarilishi bo"lsa kerak. Yengil nafas qisishi va qonning isishi ter ajralishini chaqiradi. Haftoki bir qo‘l bilan tana terisini bir qismini isitish tufayli o‘sha joyda mahalliy hamda butun tanada ham ter ajralishini qo‘zg‘atish mumkin. Bu esa ter ajratuvchi reflekslardan o‘sha qo‘l qo‘yilgan teridagi issiqlik qabul qiluvchi reseptorlarni innervasiya qiluvchi orqa miya segmentida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish, orqa miyaning boshqa segmentlariga ham tarqalishini koTsatadi.
Terning miqdori va tarkibi. Mo"tadil holatda odamlarda bir kecha -kunduzda 1 litrga yaqin (500-900 ml) ter ajraladi. Yozning jazirama issiqlarida terning miqdori 2-3 litrgacha yetadi va ozaro mos holda siydikning miqdori kamayadi. Jismoniy ish bajargan paytda ajralayotgan terning miqdori ortadi, organizmni hammomda yoki quruq havo vannalarida qizdirganda 1,5-2 soat ichida lining miqdori 2-2,5 litrgacha yetishi mumkin. Issiq sharoitda ogpir jismoniy ish bajarganda bir kecha-kunduzda
15 litrgacha ter ajraladi, odam qancha ko‘p suv ichsa u shuncha ko"p terlaydi.
Terning zichligi 1,002-1,010 bo‘lib tarkibidagi quruq moddalarning miqdori 0,5-2,5% ni tashkil eladi.
Terning tarkibi asosan moddalar almashinuvining jadalligiga va bopyraklarning fuksional xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Terning neorganik qismi 0,4-l%ni tashkil etadi. ularga NaCI, KCI, fosfatlarni. sulfatlarni va unchalik katta bo‘lmagan miqdordagi tuzlar kiradi. Mochevena, siydik kislotasi, ammiak, kreatinin. gippur kislotasi va boshqalar terning organik qismini tashkil etadi. Otning teri mochevina saqlamaydi. lekin oqsil borligi aniqlangan.
Terining katta o‘lchamdagi yuzasini lak biian yopib, ter ajralishni to‘xtatish natijasida kuchli zaharlanish hodisasi kuzatiladi, ayrim hollarda bu holat oplim bilan tugashi mumkin.
Shoxli hayvonlarda ter ajralishi termoregulyasiya uchun jiddiy ahamiyatga ega emas. lekin issiq iqlim sharoitda u ortadi. Odamlarda bir kecha-kunduzda 2 litrdan ortiq ter ajraladi.
Yog" bezlari. Yog‘ bezlaridan teri yog‘i ishlab chiqariladi. ular golokrinli bezlar qatoriga kiradi, chunki ularning sekreti qayta sekretor hujayralarni yemiradi.
Teri yog‘i odatda, turli konsentratsiyadagi moy tomchilaridan, moy tomchilari yopishgan bez hujayralarining yemirilgan boplakchalaridan. yuqori spirtli erkin yog‘ kislotalaridan, juda kam miqdorda xolesterin kristallari va uning esterlaridan hamda teri epidermiyasining qurigan epitelial hujayralaridan iborat. Teri moy ajratgan paytda suyuq bo‘lib teri yuzasida juda tez quyuqlashadi. Yog" bezlari joylashgan joyiga qarab teri moyining tarkibi o‘zgaradi, u terini yumshatadi va soch hamda jun tolalarini moylab turadi. Odamlarda bir kecha-kunduzda 20 g teri moyi ajraladi (uglevodlar bilan juda ko‘p oziqlanganda va yilning issiq oylarida uning miqdori ortadi).
Yog‘ bezlarining funksiyasi simpatik nervlar bilan boshqariladi. Odamlar terisidagi yog‘simon moddalar shox qatlami hujayralarining parchalanishi hisobiga hosil bo‘ladi. Yog" bezlarining past nuqtali eruvchan sekretor yog‘laridan farqi shox qatlam yog‘lari ancha yuqori erish nuqtasiga egadirlar va katta miqdorda xolesterin va uning hosilalarini saqlaydi.
Teri moyining sekretsiyasi hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega, ayniqsa terini qurishdan va jun qo‘lamiga suvni kirishidan saqlashda juda ahamiyatlidir. Suvda suzuvchi parrandalarning patlarini moylovchi dumgpoza bezi sekreti deyarli suv o‘tishini yo‘qqa chiqaradi. Qopy va echkilarning yog‘-ter aralashmasi junni yumshatadi va mustahkam qiladi. jun tolalarini bir-biriga yopishishirii taminlydi, bu esa uni nam o‘tishidan saqlaydi, chigallashib ketishini oldini oladi va nihoyat runonning to‘g‘ri saqlanishini saqlab qoladi. Qopy va echkilar (angor echkilarida)ning ter va yog‘ bezlari tinimsiz sekret ajratadi, uning miqdori esa mayin junli qopylarda dag"al junli qopylarga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi.

Download 25.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling