16-mavzu. Transport inshootlari texnik diagnostikasining maqsad, vazifa va usullari
Download 23.15 Kb.
|
ma\'ruza-16 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inshootlar diagnostikasining umumiy usullari
16-mavzu. Transport inshootlari texnik diagnostikasining maqsad, vazifa va usullari Har qanday inshootni tekshirishning maqsadi – bu uning konstruktiv va ekspluatatsion tavsiflarini va ishlaydigan ob’ektlarni, ularning elementlari va materiallarining holatini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarni sifatli hamda miqdoriy baholashga mo‘ljallangan usul va vositalarni ishlab chiqish va ulardan keyinchalik texnik talablarga muvofiq foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar tuzishdir [12, 24, 27, 36, 48]. Transport inshootlari konstruksiyalarini tekshirishning asosiy maqsadi – konstruksiyaning haqiqiy texnik holatini, uning hozirgi davrdagi hisobiy yukni qabul qila olish qobiliyatini aniqlash va transport inshootlaridan normal foydalanishni ta’minlashdan iborat. Tekshirish jarayonida konstruksiya yoriqlari, loyihadan va amalda bo‘lgan me’yor hamda texnik talablardan chekinish hollari aniqlanadi, shuningdek real yuk ostida konstruksiyaning ish faoliyati aniqlanadi. Tekshirish natijasida yana ma’lum bir konstruksiyalar, uzellar va butun inshootning fizik (jismoniy) eskirishi, avariya yoki foydalanishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanadi. Tekshirish vazifasiga transport inshootlarini rekonstruksiya qilish orqali yangi eng maqbul yuk va foydalanish usulini topish ham kirishi mumkin. Agarda tekshirish avariya holatidan so‘ng amalga oshirilsa, u holda uning sabablari, transport inshootlarini yoki uning ma’lum bir qismini tiklash maqsadga muvofiqligi tahlil qilinadi. Transport inshootlarining bozor bahosi aniqlanganda konstruksiya eskirishini va boshlang‘ich qiymati kamayishini, qilinishi lozim bo‘lgan ta’mirlash xarajatlari va nosozliklarni bartaraf etish uchun ketadigan xarajatlarni aniqlash uchun butun transport inshootlari va konstruksiya bo‘yicha tekshirish amalga oshiriladi [12, 24, 27, 36, 48]. Inshootlar diagnostikasining umumiy usullari. Ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi sharoitlarida turli texnologik jarayonlarning shiddatli mukammallashuvi ro‘y bermoqda. Bunday holat o‘zining orqasidan eskirgan dastgohlarning yangi, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan, yanada tezkorroq ishlaydiganlariga almashtirishga olib keladi, bu esa qurilish konstruksiyalarga uzatiluvchi yuklarning ortishiga, foydalanishdagi inshootlarning me’moriy-rejalashtiruv echimlarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Transport inshootlarining rekonstruksiyasi, ularning ishonchlilik darajasini zamonaviy talablarga keltirish ham ularning haqiqiy ahvolini baholash zaruriyatini shartlaydi. Inshootni rekonstruksiya qilish talablari, shuningdek uzoq vaqt jarayonidagi fizik emirilishi, yuk yo‘sinlarining noiloj o‘zgarishlari, turli shikastlanishlar, boshdan kechirilgan yer qimirlashlar va boshqa tabiiy ofatlar, avariyalar hamda falokatlarning oqibatlari quruvchi-muhandislar oldiga transport inshootlari qurilish konstruksiyalarining ahvolini baholash, ularning bundan keyingi samarali ekspluatatsion imkoniyatlarini oshkor qilish vazifasini qo‘yadi. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilish konstruksiyalar va inshootlarning, qaysilarning natijalari tegishli tavsiyalar tayyorlash imkonini beradigan tekshiruv va sinovlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ularning asosida loyihachilar zaruriy konstruksion echimlarni ishlab chiqadilar. Qurilish konstruksiyalarini tekshirish uchta asosiy bosqichdan iboratdir [12, 24, 27, 36]: loyihaviy hujjatlar, ishchi va ijro chizmalari, hufiya (ko‘rinmaydigan-yashiringan) ishlar dalolatnomalari bilan birlamchi tanishuv; loyihaviy va ijro hujjatlari bilan tanishuv konstruksiyaviy echimlarga baho berish, inshootning eng og‘ir sharoitlarda ishlayotgan, elementlarini oshkor qilish, amalda ta’sir etayotgan yuklarning qiymatlarini aniqlash imkonini beradi; ob’ektni ko‘zdan kechirish uning loyihaga mosligini aniqlashtirish, ko‘zga tashlanuvchi nuqsonlarni (temirbeton elementlarda yoriqlar, oqmalar, himoya qatlamlarining o‘pirilgan joylari, metall elementlarning korroziyasi, elementlarning salqiliklari mavjudligini, shuningdek choklarning, payvandli, boltli hamda parchin mixli birikmalarning ahvolini va h.k.) oshkor qilish, inshootni tekshirish tarxini tuzish, sindirmaydigan usullarda tadqiq qilish majmuini o‘tkazish; Download 23.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling