16-mavzu. Transport inshootlari texnik diagnostikasining maqsad, vazifa va usullari
Download 23.15 Kb.
|
ma\'ruza-16 (1)
Birinchi vazifaga konstruksiya materiallarining issiqlik, tarkibiy, mustahkamlik va deformativ tavsiflarini, shuningdek konstruksiyaning tashqi kuchlarga ko‘rsatadigan qarshiligi tavsifini aniqlash kiradi.
Ikkinchi vazifa hisoblash asosida olinadigan konstruksiyadagi siljishlarni, hisobiy sxemalarni mos ravishda amaldagi yoki uning modelidagi yuz beradigan konstruksiyadagi siljishlarni, hisobiy sxemalarini solishtirishdan iborat. Uchinchi vazifa – oxirgi yillarda rivojlanish jarayoniga kirgan hisobiy modellarni identifikatsiya qilishdan, hamda tajriba tekshirishlari natijasiga asoslangan hisobiy sxemalarni sintez qilishdan iborat. Nazariy jihatdan bu vazifani hal etish kibernetika muammolari, jumladan «qora javon» muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq, klassik amaliy vazifalarni ko‘rib chiqishdan farqli o‘laroq, bunda arxitektura-rejalashtirish qarorlari asosida aniqlanadigan tarhdagi konstruksiyaning geometrik ma’lumotlari, asosiy konstruksiya turi va tavsifi to‘g‘risida, inshootlarda foydalaniladigan konstruksiya elementlarini tanlash kabi tizim ko‘rsatkichlarini ko‘zatish mumkin. Berilgan hisobiy modelda tajriba tahlili asosida olingan tashqi yuk va tizim reaksiyasi (burilish, deformatsiya, tezlik, tezlashish) ko‘rsatkichlari aniqlanadi va uning foydalanishga yaroqliligi, mustahkamligi, pishiqliligi, bardoshliligi va yorilishga qarshililigiga baho beriladi. Download 23.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling