16 mavzu: Xorazm mintaqasi turizmi rivojlanishi holati


 Xorazmda turizm infratuzilmasi va uni rivojlantirishuning asosiy


Download 7.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana23.08.2023
Hajmi7.9 Mb.
#1669375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16.1 - Prezentatsiya

7.3. Xorazmda turizm infratuzilmasi va uni rivojlantirishuning asosiy 
yo‘nalishlari.
O‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida,
avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro,
Xiva, SHahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar
muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda
jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos
ko‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni o‘z
ko‘zlari bilan ko‘rish orzusida yashaydilar. Ko‘p mamlakatlarda O‘zbekiston o‘zining
ana Shu shaharlari bilan mashhurdir. O‘zbekistonning ana Shu tarixiy shaharlarini
bemalol «Sharqning javohirlari» deb atash mumkin. Mamlakat turizmini rivojlantirishda
Xorazm viloyatining turistik salohiyati alohida ahamiyatga egadir. Ushbu mintaqa
O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryoning chap qirg‘og‘ida joylashgan
bo‘lib, mintaqadan turizm maqsadlarida foydalanish asosan Ichanqal’a me’morchilik
qo‘riqxonasida joylashgan Xiva tarixiy-me’morchilik yodgorliklariga asoslanadi. Ko‘plab
tarixiy madaniy yodgorliklari butun rayon bo‘ylab joylashgan. Xivadan janubi-sharq
tomonda Sho‘rko‘l ko‘li bor. Rayondagi taraqqiy etgan aloqa yo‘llari tizimi kelajakda bu
yerda rayon va rayonlararo ahamiyatga ega bo‘lgan turli xil turizm marshrutlarini
o‘rnatishga imkon beradi.


7.4. Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishuning ustuvor yo‘nalishlari.
Xorazm viloyati mamlakat turizm bozorida o‘ziga xos rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi bilan
birga bir qator bajarilish lozim bo‘lgan ishlar ham mavjud. Ushbu kamiliklarni tadqiq yetib biz
quyidagicha holatga ega bo‘ldik.
Viloyatda ekskursiya jarayonini olib borish uchun kadrlar bilan ta’minlanganligini holatiHozirgi
kunda Xorazm viloyatida jami 24 ta gid-tarjimon sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shundan 2 tasi oliy
darajali, 6 tasi birinchi darajali va 16 tasi ikkinchi darajali hamroh tarjimonlardir.
Xorazm viloyatida reklama ta’minoti va yodgorlik buyumlari mahsulotlarini ishlab chiqarish holati.
Xorazm viloyatida reklama faoliyati bilan shug‘ullanadigan bir qancha tashqi reklama mahsulotlarini
bosmadan chiqaradigan xususiy korxonalar mavjud. Ularda asosan turistik firmalar, mehmonxonalar o‘z
turistik mahsulotlarini bukletlar, broshyuralar, kataloglar, xaritalar, plakatlar, kitoblar va boshqalar.
Reklama mahsulotlari o‘zbek, rus, ingliz, nemis, yapon, koreys va boshqa tillarda chop etilgan. Ishlab
chiqarilayotgan reklama mahsulotlarida yagona milliy «UZBEKISTAN» turistik brendidan foydalanish
sust olib borilmoqda.


Xorazm viloyatida xalq hunarmandchili keng yo‘lga qo‘yilgan jumladan, «Xunarmand» uyushmasi Xorazm viloyat
bo‘limi tomonidan. Xorazmda 11 ta «USTO-SHOGIRD» maktablari tashkil etilib, 47 ta shogirdlar mavjud. Mahalliy
mahsulotlardan: gujum, terak, sada, tut, turangi daraxtlaridan zamonaviy mebellar ishlab chiqarilmoqda.
Reklama faoliyatini yanada kuchaytirish va yodgorlik buyumlari mahsulotlarini ishlab chiqarishni takomillashtirish
bo‘yicha takliflar:
-Barcha reklama mahsulotlarida bukletlar, broshyuralar, kataloglar, xaritalar, plakatlar, kitoblarni chop etishdan oldin
tegishli tashkilotlarga ko‘rsatib ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirish lozim;
-Reklama mahsulotlarida yagona milliy «UZBEKISTAN» turistik brendini keng qo‘llash maqsadga muvofiq;
-Turistik firmalar va mehmonxonalarni mintaqaviy va xalqaro turistik yarmarkalarda qatnashishiga ko‘maklashish;
-Magistral yo‘llarida, chegara nazorati punktlarida, vokzallarda reklama tablolarini tashkil qilish;
-Urganch, Xiva shaxarlari va ayeroport va temir yo‘l vokzallarida ekskursiya va sayyohlik axborot ofislari faoliyatini
yo‘lga qo‘yish;
-Qadimiy Xorazm va Xiva obidalari, madaniyati, an’ana va urf-odatlari to‘g‘risida reklamaga oid videofilmlarni
yaratish, ularni xorijiy sayyohlarga esdalik sovg‘a tariqasida tuxfa qilish;
-Ishlab chiqariladigan reklama mahsulotlarining targ‘ibot-tashuviqot etilish joylari sifatida temir yo‘l poezdlari,
vokzallari, ayeroporlar va xavo kemalari bortlari, mehmonxonalar, intyernet, ko‘rgazmalar, yarmarkalarda amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir.


Xorazm viloyatida sayyohlarga meditsina xizmati ko‘rsatilishi va 
xavfsizlikning ta’minlanishi holati.
Sayyohlarga
meditsina
xizmatlarini
tashkil
qilish
va
ularning
xavfsizligini ta’minlash eng muhim masalalardan biridir. Turistik
ob’ektlarda asosan Xiva shahridagi Ichan Qal’a muzey qo‘riqxonasi
ichida va Dishan Qal’a atrofida meditsina punktlarini tashkil etish va chet
tillarini biladigan meditsina xodimlari jalb qilinsa maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Undan tashqari xalqaro magistral yo‘llari bo‘yida har 100 km.da
talabga javob beradigan meditsina punktlarini tashkil qilish lozim. Turistik
marshrutlarda
sayyohlarni
transport
vositalarida
xavfsizliklarini
ta’minlash maqsadida ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda
hamkorlikda ishlar olib borilgan.


Sayyohatchilarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarini holati.
Sayohatchilarga transport xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish uchun quyidagi takliflar beriladi:
-Turistik firmalar va mehmonxonalarga transport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish va
lizing xizmatlarini tashkil etish;
-Mavjud transport vositalarini har bir marshrutdan oldin uning texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
-Haydovchilarni meditsina ko‘rigidan davomli o‘tkazib turish;
-Haydovchilarni marshrut davomida avtobuslarni boshqarishini 8 soatdan oshmasligi qattiq nazorat qilish;
-Avtomobillarni arendaga berishni tashkil qilish.
Xorazm viloyati unda jamlangan diqqatga sazovor joylari bilan dunyoning turli burchaklaridan
tarixiy-madaniy turizm ishqibozlarini o‘ziga tortmoqda. Ishtiyoqmand sayohlar Xivada – “ochiq
osmon ostidagi muzey”da bo‘lish, Ichanqal’aning qadimiy me’moriy inshootlariga nazar solish,
rivoyatlarga ko‘ra noyob “Avesto” yozma yodgorligi – otashparastlarning muqaddas kitobi
yaratilgan zaminga oyoq bosish uchun bu yerga keladilar.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 7.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling