16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
2
Июнь 17 OMMAVIY MADANIYAT VA MAFKURAVIY KURASH Namozov Xurshid Qarshi davlat universiteti magistranti 91 468-07-10 Annotatsiya: Maqolada ommaviy madaniyat va mafkuraviy jarayonlar dialektikasi, uning o‘zaro ta’sir jarayoni ko‘rsatilgan. Ommaviy madaniyatdan mafkuraviy tayziq o‘tkazish vositasi sifatida foydalanish va unga qarshi kurash masalasi ochib berilgan. Kalit so‘zlar: ommaviy madaniyat, virtual hayot, mafkuraviy kurash, mafkuraviy tahdid, axborot bandiligi, buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, iste’molchilik psixologiyasi, madani- yatni siyosiylashtirish. Mafkuraviy kurash deganda, omma ongiga g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish orqali bo‘ladigan, ma’lum bir davlatlarning, yoki iqtisodiy va siyosiy guruhlarning g‘arazli manfaatlarini ko‘zlash tushuni- ladi. Mafkuraviy kurash har qaysi tarixiy davrda turli ko‘rinish, shakl va mazunda namoyon bo‘lib kelgan. Shunisi aniqki, odamlar ongini boshqarishda madaniy qadriyatlardan qurol sifatida foydalanilgan kelingan va bu jarayon mudom davom etmoqda. Globallashuv sharoitida “om- maviy madaniyat” ko‘rinishidagi mafkuraviy tahdidlar bir mamlakat emas, balki yer kurrasidagi barcha mamlakatlarnining dolzarb muammosiga aylandi. XIX-XX asrlar bo‘sag‘asida alohida ijtimoiy hodisa o‘laroq “ommaviy madaniyat” vujudga keldi va mafkuraviy jaryonlarga zid- diyatli ta’sir ko‘rsata boshladi. Yosh davlatlarda XX asr so‘nggi o‘n yilligida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, bo- zor munosabatlari shakllanashi sharoitda jamiyat hayotining ko‘p tomonlari tijoratlashuvi, ayniq- sa badiiy va maishiy madaniyatda tuturuqsiz, be’mani, ahloqqa zid jihatlar nihoyatda ko‘payib borishini rag‘batlantirdi. Ommaviy madaniyat mahsulotlari omma uchun mo‘ljallangani bois ularning mafkuraviy ta’sirni farqlash mushkul. “Zamonaviy ommaviy madaniyat odamlar ongi bilan manipulyatsiya qilish, uni boshqarishning yangi texnik imkoniyatlari va vositlari bilan boyimoqda. Bir tomondan, ommaviy madaniyat go‘yoki mafkuradan xoli, chunki u qaysidir ij- timoiy guruh yoki tabaqa, sinf uchun emas, keng omma uchun mo‘ljallangan. Go‘yoki ommaviy madaniyat ijtimoiy tenglikni targ‘ib qiladi. Haqiqatan, ommaviy madaniyatga tashqi demokratiya xos. Buni inkor qilish yaramaydi. Lekin ommaviy madaniyat insonni jamiyat muammolaridan chalg‘itishi, ijtimoiy befarqligi, bir o‘lchovli odam-lokatorni shakllantirishi, jamoatchilik fikri bilan manipulyatsiya qilishni mafkuradan xolilik va haqiqiy demokratizm, deb bo‘lmaydi”[2, 212-213]. Ommaviy madaniyat – ziddiyatli hodisa. Undan turli maqsadlarda, jumladan moddiy-iqti- sodiy manfaatlarni ko‘zlab aholi ongiga iste’molchilik psixologiyasini rivojlantirishda foydalan- ish mumkin. Iste’molchilik psixologiyasi insonda nafs va hirsni kuchaytiradi. Bu ko‘pincha in- sonda, birinchidan, molparastlik, buyumparastlik, eng yaxshi brend mahsulotlarni sotib olishga intilishni kuchaytiradi. Ikkinchidan, maishiy huzur- halovatga, yaxshi yashashga intilishni shunday rag‘batlantiradiki, bunda axloq me’yorlari, odamiylik unutila boshlaydi. Insonda tuban hayvoniy instinktlar uyg‘onadi, u o‘z maqsadiga odob-axloqni chetga surib, hatto zarur bo‘lsa, zo‘ravonlik qilib erishishga moillik bildira boshlaydi. Uchinchidan, ma’lum davrdan keyin unda “axborot bandiligi” (kompyuter yoki gadjetlarga bandiligi) yuzga keladi. U real hayotdan yuz o‘girishga, tobora virtual hayotga g‘arq bo‘lishga moil bo‘lib qoladi. To‘rtinchidan, OAVdan, birinchi galda internet va uyali aloqa vositalaridan turli tajovuzkor guruhlar foydalanmoqda. Ular o‘zlarining “vayronkor ” g‘oyalarini ko‘p hollarda “ommaviy madaniyat” niqobida tarqatmoqdalar. Boshqa tomondan esa, hozir jahonda murakkab mafkuraviy kurash borayotganiniga bepisand qarab bo‘lmaydi. To‘g‘ri, mafkura sohasidagi kurash doim mavjud bo‘lgan. Lekin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling