16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
barcha turdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning ijodkor bo‘lishlarini 
taqazo etmoqda. G‘arb mamlakatlari kishilarining fikricha: kreativlik, umuman olganda, yangilik 
sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik 
mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar. Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta 
tug‘ilish jarayoni deb tushunadilar. Bu borada esa quyidagi ikki g‘arb va sharqliklar fikrlaridan 
kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, kreativlik insonda o‘ziga xos qoblyatni yaratish yoki 
o‘sha qoblyatni rivojlantirishdir.
Kasbiy faoliyatning ta’limiy yo‘nalishida kreativlik turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular 
quidagilardir: axborot, shu jumladan kompyuter texnologiyasi yordamida turli xil ko‘rinishdagi 
dars ishlanmalar ishlab chiqish ya’ni,multimedia – ovozli, musiqali, video , audio hamda 
harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) ni o‘zida jamlagan holda, ulardan to‘g‘ri va samarali 
foydalana bilish usullari. Hozirgi rivojlanib borayotgan innovatsion ta’lim o‘zida texnologiyaga 
bo‘lgan extiyojni jamlaydi. Ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida o‘qituvchi avvalo, kreativ bo‘lishi 
va axborot texnologiyalaridan o‘z o‘rnida foydalana bilishi, zamon bilan hamnafas bo‘lishi zarur. 
Kreativ inson hamisha o‘z ustida ishlay oladigan, vaqt boshqaruvi (time management)ga e’tibor 
qarata oladigan hamda turli muammoli vaziyatlardan bemalol chiqib keta oladigan kadr bo‘lishi, 
shu bilan bir qatorda dars jarayonida qaysi metodni qachon qo‘llay olishini faxmlay olishi 
kerak. Bu ham kreativlikning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ta’limda metodni qachon ? qayerda? 
Qaysi vaqt? qo‘llaymiz degan tushunchalar mavjud. Hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan ta’lim 
metodlari xilma-xil va ko‘p sonli bo‘lib, ularni o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ko‘zda tutilgan 
natijaga erishish uchun kreativ yondashuvga amal qilinishi maqsadga muvofiqdir. Ayni vaqtda, 
boshlang‘ich sinflarda tubdan o‘zgarishlar qilinganligi, baholash tizimiga o‘zgartirish kiritilishi, 
xalqaro baholash tizimiga o‘tilishi kreativlikning belgisidir. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bolaga beg‘araz munosabatda bo‘lib, ularni erkin 
muomila layoqatiga tayyorlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantirib borish ham, har bir 
kreativligi mavjud bo‘lgan insonning burchidir. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasining 
birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim 
samarasi past bo‘lishi muqarrar” deb bildirgan fikrlari ayni bugungi kunda o‘z isbotini topdi. 
Shundan ma’lum bo‘ldiki, ta’lim jarayoni bevosita inson tafakkuri va uning yaratuvchanligi 
bilan bog‘liqdor.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi” 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Toshkent sh. 2017. 7-fevral PF-4947-son.
2. Karimov.I.A. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent-1998.
3. Ta’limning interaktiv metodlari fayllar.org


40

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling