16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
TA’LIM TARAQQIYOTIDA KREATIVLIKNING TUTGAN O‘RNI VA UNI 
BOSQICHMA BOSQICH TA’LIMGA TADBIQ ETISH.
Sadatova Nodira Qudratillo qizi
surhondaryo viloyati Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Ingliz tili fani o‘qituvchisi.
Telefon:+998971454333
nodi7777.uz@mail.ru
Annotatsiya: Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “harakatlar 
strategiyasi” asosida bo‘lib, undan ta’limda qanday foydalana olish mumkinligi, shuningdek, 
ta’limda kreativ g‘oyalarni ilgari surish va turli yaratuvchan g‘oyalar asosida ta’lim sifatini 
yaxshilash to‘g‘risida bir oz ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Harakatlar strategiyasi, kreativlik, zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ta’lim sifati
Barchamizga ma’lumki, insonni, jumladan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni xalqimizga
vatanimizga munosib avlod, yetuk kadr va o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishi uchun 
ta’lim va tarbiya berish eng muhim vazifalardan biridir. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga muvofiq 2017-2021- 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
“ Harakatlar Strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi. Ma’lumki bu loyiha beshta ustuvor nom bilan 
atalgan va bu bevosita ta’limga ham aloqador hisoblanadi. Ta’lim tizimida juda katta islohotlar 
qilinib, eng katta cho‘qqilarga erishish maqsadida turli tashabbuslar ko‘rsatilib kelinmoqda.
Ta’limning rivojlanishi uchun shunaqa e’tibor qaratilayotgan ekan nega biz bu borada o‘z 
tashabbusimizni yetarli darajada namoyon qilmasligimiz kerak? Bu borada ta’lim jarayonini 
zamonaviy innovatsion g‘oyalar asosida tashkillashtirish munosib natija beradi. Ta’lim soxasida 
buyuk burilish yasash avvalo kreativ g‘oyalarga ega bo‘la olish samarali usullardan biridir. 
Kreativlik haqida Tomas Edison “Ijodkorlik ixtiyoriy jarayondir” deydi. Ammo har kuni ko‘plab 
mutaxassislar muammoning o‘ziga xos yechimini topish zarurligini ich-ichidan his qilishadi. Ular 
bu jarayonni ixtiyoriy ravishda optimallashtira oladilarmi? Bu savolga quyidagicha javob berishim 
mumkin: inson tug‘ma qobilyatli yoki orttirilgan qobilyat egasi bo‘lishi mumkin ammo o‘sha 
mahoratni qay tarizda namoyon qilib bera olishi uning kreativligiga bog‘liqdir. Kreativlik so‘zini 
ma’nosini keltirib o‘tadigan bo‘lsak, u yaratuvchanlik, ijod demakdir.’’ Ijodkorlik - bu inson 
hayoti davomida ega bo‘lgan fazilatlar to‘plamidir.Ijodkorlik - bu insonga ishonib topshirilgan 
o‘ziga xos vazifadir va vazifalarni bajarish usuli. Ijod - bu aqlning mahsulidir’’diyilgan ba’zi 
manbalarda. V.Arteym tadqiqotida ijod mavzusi bo‘yicha baholab bo‘lmaydigan aniq munosabatlar 
mavjud. Uning fikricha: “Ijod bu bilim, faoliyat va istakning uyg‘unligi ”demakdir. Ma’lum 
bo‘lishicha, ijodkorlik fandagi psixologik tushunchadir (kategoriya) va inson ruhiyatiga bevosita 
bog‘liq holda tan olingan. Til va nutq inson psixikasining mahsuli bo‘lsa uning shakllanishi va 
rivojlanishi pedagogik muammodir va u shuningdek, tahlil qilishni talab qilib yetarlicha amalga 
oshishini ta’minlaydi. Bunga insonning ijodi mahsuli ezgu g‘oyalardir deb ham fikr bildirish 
mumkin. Bu borada tinimsiz mehnat qilib ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida kreativ 
ya’ni ijodkor bo‘la olishimiz zarur. Ta’lim dasturimizni xorijiy mamlakatlar ta’lim dasturi bilan 
hamohang qilgan holda turli ko‘ngil ochar dasturlar yaratish bu kreativlikning asosiy boshlang‘ich 
namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda turli o‘zgarishlar ro‘y berayotir 
xususan, ta’lim soxasida anchagina yutuqlarga erishib kelmoqdamiz. Bunga namuna sifatida 
besh tashabbusni oladigan bo‘lsak bu borada eng katta va samarali ishlar qilinyapti va bu ta’lim 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun kreativ g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi bunda, sport, 
kompyuter, kitobsevarlik va mehnatsevarlik hamda, san’at va musiqa yo‘nalishlari borasida 
ko‘plab ijod qilinib kelinmoqda. Shu o‘rinda, ta’lim- tarbiyaning bu borada egallagan o‘rni juda 
ahamiyatli ekanligini ta’kidlash lozim. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tomonidan bu 
ezgu maqsadlarga erishish yo‘lida turlicha kreativliklar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ta’lim 


39

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling