16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Луғат Афъол-Харакатлар қилиқлар,Замима –Ёмон хулқлар, Зероки –чунки,  Зохир-кўриниб турган, Зохирпараст –ишга юзаки қараш,Сарват –бойлик, Залил


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

Луғат
Афъол-Харакатлар қилиқлар,Замима –Ёмон хулқлар, Зероки –чунки, 
Зохир-кўриниб турган, Зохирпараст –ишга юзаки қараш,Сарват –бойлик, Залил 
–хор бақир тубан, Ийзо-озор бериш уялтириш, Мутаассир –таъсирланган
Фойдаланилган адабиётлар
1. Абдулла Авлоний Туркий гулистон ёхуд ахлоқ 
2. Каримов И.А. Юксак манавият – енгилмас куч 
3. Иброхимов. А. Султонов. Х ва бошқалар. Ватан туйғуси Т: “Ўзбекистон” 1996 
4. “Ўзбекистон Миллий Энсиклопедияси” Т: давлат миллий наширёти 2003 
Интернет сайтлари
1. www.архив .uz.
2. www.зиёнет .uz.
3. www.кун.uz.
4. www.гоогле сом.


62
2
Июнь
17
OLIY TA’LIM MUASSASASI INTELLEKTUAL SALOHIYATI VA UNI 
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Boboyeva Gulnora Ganjiyevna
Buxoro Muhandislik –Texnologiya Instituti 
2-bosqich magistranti
Telefon:+ 998934527996
guli.boboyeva@bk.ru
Annotatsiya: Maqolada intellectual kapital, oliy ta’lim muassasasi intellectual kapitali tarkibi 
hamda uni baholash ko‘rsatkichlari tavsiflangan. 
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim muassasasi, intellectual salohiyat, intellectual capital, inson kapitali, 
tuzilmaviy capital, moliyaviy capital, innovatsion capital
Intellektual kapital har qanday oliy ta’lim muassasasining buguni va kelajagi hisoblanadi.
Intellektual kapital ta’lim muassasining raqobatdosh bo‘lishi, yuqori moliyaviy natijalarga 
erishishi, nufuzini oshirish imkonini beradi.
Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, har qanday oliy ta’lim muassasasining barqaror
rivojlanishi uning intellektual salohiyatining o‘sishiga bog‘liq. Intellektual salohiyat ta’lim, 
fan va texnologiyaning birlashmasi sifatida intellektual kapitalni shakllantirishda muhim manba 
hisoblanadi.
Intellektual kapital tushunchasiga qiziqish XX asrning o‘rtalaridan boshlanib, yetakchi 
xorijiy nazariyachi va amaliyotchilar intellektual kapitalni samarali rivojlantirish orqali nafaqat 
korxonaning muvaffaqiyati, balki butun hudud va mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga erishish 
mumkinligini qayd etishdi. Intellektual resurslar nazariyasining rivojlanishiga “Nou-Xauni 
boshqarish” nomli ishi bilan K.E.Sveybi va T.Loyd katta hissa qo‘shdi. “Intellektual kapital” 
sifatida ular xodimlarning bilim va mahoratidan tashkil topgan nomoddiy aktivlar korxonaning 
asosiy resursidir, deb tan olishgan. 
“Intellektual kapital” nomli ishida L.Edvinson va M.Meloun bu borada o‘z fikrlarini bayon 
qilishgan. Ularning fikricha, intellektual kapital korxona qiymatining asosiy manbasi bo‘lib 
hisoblanishi, hamda bevosita unga egalik qila olmasligini, balki xodimlarni ishga yollash 
orqali ularga tegishli bo‘lgan intellektual kapitaldan foydalanish mumkinligini qayd etishgan.
Intellektual kapital tarkibiga asosiy ikkita komponent: inson va tuzilmaviy kapital kirishini 
ta’kidlab o‘tgan.
OTMlar asosiy e’tiborni muammoli vaziyatlarda mustaqil ravishda tog‘ri yechim topa 
oladigan har tomonlama bilimli kadrlarni yetishtirishga qaratishi lozim. Shu o‘rinda O‘zbekiston 
Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, 
qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir oqibat baribir kadrlarga borib 
taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi 
o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog‘liqdir 
” degan fikrlarini ta’kidlash joizdir.
Har qanday OTM inson kapitali (bitiruvchilar) va intellektual shaklda mahsulot (maqolalar, 
monografiyalar, darsliklar, kashfiyotlar, patentlar, tadqiqotlar) ko‘rinishidagi intellektual kapital 
ishlab chiqaruvchisidir.Shunga ko‘ra OTM ning intellektual kapitali tarkibi quyidagilardan 
tashkil topadi:
Har qanday oliy ta’lim muassasasi bugungi raqobat sharoitida o‘z intellectual kapitalini 
oshirishga intilishi lozim.OTM ning intellektual kapitali o‘sishi quyidagi xususiyatlar bilan 
izohlanadi:


63

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling