16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion kapital
2
Июнь 17 2-Chizma . OTM ning intellectual kapitali tarkibi -Kadr kapitali uning tarkibiy qismlariga asoslangan: insoniy, tarkibiy va korporativ kapital. Inson kapitalining o‘sishi talabalar, OTM xodimlari va professor-o‘qituvchilarning bilimlari va kompetensiyalarining o‘sishi hisoblanadi, va bu o‘quv jarayonini takomillashtirish, yangi o‘quv dasturlari, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqalar orqali erishiladi. Tarkibiy kapitalning o‘sishiga yangi tashkiliy tuzilmalarni (yangi bo‘limlar, fakultetlar, OTM negizida institutlar tashkil etish) yaratish, ma’lumotlar bazasini kengaytirish va boshqalar bilan izohlanadi. Korporativ kapitalni ko‘paytirish o‘qitish madaniyati va sifatining o‘sishiga olib keladi. - Innovatsion kapital - yangi o‘quv dasturlarini qayta ishlash, maqolalar nashr qilish, monografiyalar, darsliklar yaratish, intellektual mulk ob’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazish orqali rivojlantiriladi. - Bozor kapitali- OTMning talabalar, ishchilar, o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning ota- onalari, ish beruvchilar va boshqa universitetlar bilan tashqi va ichki aloqalarini o‘z ichiga oladi. OTM intellektual kapitalining oshishi : ta’lim sifatini oshirish, talabalar qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, yetuk mutaxassislarni iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib berish; universitetning ilmiy va ta’lim sohasidagi raqobatdoshligini ta’minlash ish faoliyatini tijoratlashtirish, foyda olish; yangi ilmiy bilimlarning yaratilishiga olib keladi. OTMning intellektual salohiyatini uni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar orqali baholash imkoniga ega bo‘lamiz. Ushbu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: o‘qituvchilar, aspirantlar va doktorantlar soni, laboratoriyalar soni, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari (patentlar va litsenziyalar), o‘z o‘quv va uslubiy ishlanmalar mavjudligi, OTM o‘quv va ilmiy hamkorlikning kengligi va boshqalar. E.N.Nasibova intellektual salohiyatni quyidagi ko‘rsatkichlar guruhlari yordamida tavsiflashni taklif qiladi: - Kadrlar kapitali, o‘qituvchi- professor, aspirantlar, doktorantlar sonini ifodalaydi; - Innovatsion capital, ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk ob’ektlari sonini, chop etilgan maqolalar sonini ko‘rsatadi; - Moliyaviy kapital, universitetning budjet va budjetdan tashqari daromad manbalarini ochib beradi; - Bozor kapitali, bu oliy o‘quv yurtlarining umumiy reytingida OTM ning o‘rnini ko‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling