Psixologik metodika Farzandlarning ota-onalari bilan munosabatlari «O`smir ota-onasi haqida»


Download 32.61 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi32.61 Kb.
#1526644
  1   2   3   4
Bog'liq
Psixologik metodika Farzandlarning ota-onalari bilan munosabatla


Psixologik metodika

Farzandlarning ota-onalari bilan munosabatlari

«O`SMIR OTA-ONASI HAQIDA» TESTI


«Ota–onalarning fe’li va o`smirlarning ularga munosabatlari» savolnomasi (qisqacha – ADOR) ota-onalar bola tarbiyasida amal qilayotgan asoslar, ularning bu boradagi xatti-harakatlari va bola tarbiyasida amal qilayotgan metodlarini bolalar o`smirlik davrida qanday qabul qilishi yoki tushunishini o`rganadi.
Asos sifatida Shafer 1965 yilda tuzgan savolnoma hizmat qiladi. Bu metodika negizida Shaferning quyidagi mulohazasi yotadi: ota-onalarning tarbiyaviy ta’sirini (buni bolalar qanday tasvirlashsa, shunday ko`rinishda) uchta o`zgaruvchan omilning yordamida tavsiflash mumkin: qabul qilish (ma’qullash) — hissiy rad etish, psixologik nazorat — psixologik avtonomiya, yashirin nazorat — ochiq (oshkora) nazorat.
Bunda qabul qilish deganda, ota-onalar bunda oldindan nimani kutishlaridan qat’iy nazar, boladagi so`zsiz ijobiy munosabat tushuniladi.
Hissiy rad etishda esa bolaga salbiy munosabat, unga hurmat va muhabbatning yo`qligi, ba’zan esa to`g`ridan–to`g`ri g`arazlilik (dushmanlik) nazarda tutiladi.
Psixologik nazorat bolaga muayyan tayziq va unga ongli ravishda rahbarlik qilishni hamda tarbiyaviy tamoyillarni amalga oshirishdagi ketma–ketlik va bularning darajasini nazarda tutadi.
Savolnomani Chexoslovakiyada tanlab olingan yoshlar guruhida sinab ko`rilganda uni qayta ishlash va ijtimoiy–madaniy muhitlarga moslashtirish zarurligi aniqlandi. Savolnomaning takomilashtirilgan varianti 1983 yilda Z.Mateychik va P.Rjichanlar tomonidan taklif etildi.
V.M. Bexterov nomli institutning klinik psixologiya laboratoriyasi va psixodiagnostika institutlari (Bratislava, Slovakiya) o`rtasidagi xalqaro hamkorlik natijasida bu metodika, mualliflar nazarda tutganidek, Rossiya sharoitida 13–18 yoshli o`smirlarda sinovdan o`tkazib ko`rildi. U shifokorlar, psixologlar (pedagoglar), shuningdek ota-onalarning nazaridan yashiringan oilaviy tarbiya omillarini aniqlash va aks ettirishda juda katta foyda berdi.


Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling