Bozor iqtisodiyoti davrida tavakkalchilik va uning vujudga kelishi. Tavakkalchilikni o‘lchash


Download 349.46 Kb.
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi349.46 Kb.
#1798831
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-МАВЗУ. БОЗОР ВА ТАВАККАЛЧИЛИК (1)


8-MAVZU. BOZOR VA TAVAKKALChILIK 4-soat



  1. Bozor iqtisodiyoti davrida tavakkalchilik va uning vujudga kelishi.

  2. Tavakkalchilikni o‘lchash.

  3. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabatlar.

  4. Tavakalchilikni pasaytirish yo‘llari.

Tavakkalchilikni pasaytirishda diversifikatsiyaning o‘rni va ahamiyati.


1. Bozor iqtisodiyoti davrida tavakkalchilik va uning vujudga kelishi.

Shu vaqtgacha biz barcha ko‘rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan deb keldik. Lekin, real hayotda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog‘liq. Ma’lumki, to‘g‘ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to‘liq axborot bo‘lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to‘g‘risida axborot to‘liq bo‘lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo‘qotishlarga olib keladi. Ushbu yo‘qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.


Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo‘qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko‘rishga imkon beradi.

“RISK AND PROFIT


In a real, dynamic economy the future is not predictable; there is uncertainty. This
means that the entrepreneur must assume risks. Some or all economic profit may be
a reward for assuming risks.
In linking economic profit with uncertainty and risk-bearing, we must distin-guish between risks that are insurable and risks that are not. Some types of risk—
fire, floods, theft, and accidents to employees—are measurable; that is, their
frequency of occurrence can be estimated accurately. Firms can avoid losses due to
insurable risksby paying an annual fee (an insurance premium) to an insurance
company. The entrepreneur need not bear such risks.”1.

Noaniqlikka misol tariqasida jamg‘arilgan pulni ishonchliroq bo‘lgan bankka qo‘yish yoki tavakkalchilik (yo‘qotish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan) yuqori bo‘lgan, lekin shu bilan birga yuqori dividend olish mumkin bo‘lgan tijorat fondlarga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishni keltirish mumkin. Xuddi shunday noaniqlik sharoitida iste’molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham, sotuvchi va xaridorlar tomonidan qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma’lum darajadagi tavakkalchilik (yo‘qotishlar) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi.



Download 349.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling