16-Topshiriq: Lishayniklarning tuzilishini yozing


Download 18.23 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi18.23 Kb.
#267599

16-Topshiriq:

  1. Lishayniklarning tuzilishini yozing.


Lishayniklar (lotincha: Lichenes) zamburugʻlar va suvoʻtlari va/yoki sianobakteriyalarning simbiotik majmualari boʻlmish organizmlardir.[1] Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin,[2] shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir.[3][4][5] Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi.

Lishayniklar (Lichenes) - zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv oʻtlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar L.ga tuban oʻsimliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. L. haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 400 turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki sinf: xaltachali L. (maʼlum boʻlgan deyarli hamma L.) va bazidiyali L.ga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq-yashil yoki yashil suvoʻtlar L.ning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, L.ning har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi.

L.ning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon L. sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon L. birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon L. ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. L. anatomik tuzilishiga koʻra gome-omer (suvoʻtlar L. tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar L. tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi.

L. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali L.) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi L. tallomi — vegetativ tana hosil qiladi, L. tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L. tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi.

L.ning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi L. tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; L. kurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki toʻxtaydi. Poʻstloqsimon L. butasimon L.ga nisbatan sekin usadi. L. yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha usadi. Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi L.ga uncha taʼsir qilmaydi. L. yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. L. hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan. Yaqingacha L. tanasidagi zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi oʻzaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat paratizmta asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi. L. unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon L. esa bugʻularning asosiy ozigʻi hisoblanadi. Dorivor (ichni krtiradigan, yumshatadigan, kon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) L. ham bor. L.dan mik-roblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim L.dan parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyor-lashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida oʻsadigan poʻstloq L.i zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli salbiy ahamiyatga ega



2. Lishayniklarning turlarini yozing.
3. Zamburug’lar va lishayniklarni taqqoslang.

Laboratoriya ishi:

1.Kladoniya va parmeliya qanday tallomga ega?

2.Gerbariylar yordamida butasimon lishayniklarning tuzilishini o’rganish.

2.Mavzu bo’yicha 10 ta glosariy tuzish.
Download 18.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling