16 variant nutq madaniyatini egallashning usul va yo‘llari. Muin Voizning ijodiy faoliyati va notiqligi


Download 18.11 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18.11 Kb.
#200428
Bog'liq
2 5472314073460771244


16 - VARIANT
1.Nutq madaniyatini egallashning usul va yo‘llari.
2. Muin Voizning ijodiy faoliyati va notiqligi.
3.Quyida berilgan gaplarda qanday xatolarga yo`l qo`yilganligini aniqlab, to`g`ri variantini yozing:
Ayni kunda ilm maskanida 3 nafar fan doktori, 19 nafar fan nomzodlari, 26 nafar oliy toifali o‘qituvchilar ishtirok qilishmoqda

Tarbiyachi bolalarga tushunarli bo‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qo‘yadi.



4. Berilgan matndagi xatolarni aniqlab, to`g`ri variantini yozing.

Saxiy va olijanob kishilar bilan suhbatdosh bo‘lmoq kishini yoqimli fe'l va chiroyli xislatlarga rag‘bat qildiradi. Yomon fe'llik va fasod tabiatlik kishilar bilan bo‘lgan suhbat esa yoqimsiz sifat va qabih illatlarga yetaklaydi. Yomonlar bilan yaxshilar suhbati orasidagi tafovut va ular bilan qilingan suhbat ta'siri xuddi shamol kabidir. Shamol yomon joydan o‘tib qolsa, badbo‘y iforlarni olib keladi. Agar shirin hidli joylardan o‘tib qolsa, muattar islarni keltiradi.



5. Quyidagi parchada qo‘llangan tasviriy vositalarni aniqlang.
Har yili bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yuguradi. Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalar-da, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash'asini simira-simira ilgari bosadilar. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash'asini beradi. Bultur ekilib ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi. Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasiga yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada ko‘klam nash'asi bilan sho‘xlik qiladi.

Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?»
Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling