Kitobni tez o‘qishni qanday o‘rganish mumkin?
Download 18.81 Kb.
|
tez o\'qish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qish va axborotni eslab qolish uchun muhim shartlar
- Xalaqit beradigan xatolar
- Tez o‘qish usuli
Kitobni tez o‘qishni qanday o‘rganish mumkin? Yaxshi kitoblar ko‘p. Yo‘q, unaqa emas. Judayam ko‘p. Hattoki haftasiga bittadan kitob o‘qiganingizda ham barcha yaxshi kitoblarni o‘qib chiqishga ulgurmaysiz. Shuning uchun ham kitobni tez o‘qishni o‘rganib olish foydadan xoli bo‘lmaydi. Prinston universiteti o‘qituvchisi Ebbi Marks-Bilning “10 kun ichida kitobni tez o‘qishni o‘rganish” kitobida tez o‘qishni o‘rganish borasida amaliy maslahatlar berilgan. O‘qish va axborotni eslab qolish uchun muhim shartlar Marks-Bilning aytishicha, o‘qilgan ma'lumot qisqa muddatli xotiraga tushadi va bir necha kun davomida saqlanib turadi. Agar kishi o‘qiyotgan axborotining ma'nosini tushunsa u yaxshiroq esda qoladi. Sarlavhalar, izohlarni o‘tkazib yubormaslik kerak – ular gap nima haqida ekanligi borasida yaxshiroq tushuncha beradi. Xalaqit beradigan xatolar Kitob o‘qish ham xuddi malaka singari doimo oshib boradi. Afsuski, biz maktabni bitirishimiz bilan kitob o‘qimay qo‘yamiz. Aslida esa tez-tez kitob o‘qish foydali. Marks-Bil tez o‘qishga xalaqit beradigan uchta xatoni keltirib o‘tadi: Matnni ovoz chiqarib o‘qish. Kitob o‘qiyotganda boshqa narsalarga chalg‘ish. O‘qib bo‘lingan satrni qaytadan o‘qish. Birinchi xatodan qutulish oson: ovoz chiqarib o‘qishni bas qilish kerak. Boshqa narsalarga chalg‘imaslik uchun esa smartfon, televizor va shu kabi chalg‘ituvchi narsalardan uzoqroqda bo‘lish kerak. O‘qib bo‘lingan matnni qaytadan o‘qib yubormaslik uchun esa o‘qib bo‘lingan satrni chizg‘ich bilan to‘sib o‘qishda davom etish kerak. Tez o‘qish usuli Keyingi satrga o‘tayotganingizda ko‘zingizni satr boshiga emas, bir santimetr o‘ngga qarating. Satr oxirida ham so‘nggi santimetrga ko‘z tashlamang. Sizga xuddi har bir satrning boshi va oxiri ko‘rinmayotgandek tuyuladi. Lekin aslida siz ularni o‘qiy olasiz. Natijada har bir satrda nigohning to‘xtash holati kamayadi. Tanaffuslar Kitobda shuningdek, mutolaa uchun eng optimal vaqt 20 daqiqa ekanligi aytiladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 20 daqiqadan so‘ng miya axborotni qabul qilishi qiyinlashadi. Lekin bu fikrga kimdir qo‘shilmasligi ham mumkin. Chunki ayrim kitoblarni o‘qishni to‘xtatish uchun 20 daqiqa ham kifoya qilsa, ayrim kitoblarni soatlab o‘qisangiz ham qo‘lingizdan qo‘ygingiz kelmaydi. Download 18.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling