160 O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlarga (yehht, yunesko, yunisef, xvf, jb) a’zo bo‘lishi va ular bilan hamkorlik qilishi


Download 13.13 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi13.13 Kb.
#1102792
Bog'liq
O`zbekistonda B-WPS Office


160 O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlarga (YEHHT, YUNESKO, YUNISEF, XVF, JB) a’zo bo‘lishi va ular bilan hamkorlik qilishi. (YEHHT, YUNESKO, YUNISEF, XVF, JB)
O`zbekiston 1992 yilning 30 yanvarda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga azo bo`ldi Shundan buyon u ana shu nufuzli xalqaro tashkilot ishlari jarayoniga faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, YeXXT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta soglomlashtirish bo`yicha seminarlar o`tkazdi. Orol muammosini xal qilishda ko`maklashmoqda. Shuningdek, Toshkentda YeXXTning aloqalar bo`yicha mintaqaviy byurosi ochildi.
BMTning xomiyligida talim, fan va madaniyat bilan shugullanuvchi xalqaro tashkilot- YuNYeSKOga O`zbekiston 1993 yil 29 Oktyabrda azo bo`ldi 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNYeSKO ishlari bo`yicha o`z.R. milliy komissiyasi tashkil etildi
UNICEF O‘zbekistonda 1994 yildan buyon samarali faoliyat yuritib keladi. Bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan faoliyat yuritish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi UNICEFga tegishli mandat (vakolat) taqdim etgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston 1992-yil 21-sentabrda Jahon bankiga a’zo bo‘ldi. Shu oʻrinda, 1993-yildan buyon Jahon banki tomonidan milliy iqtisodiyotning o‘sishini rag‘batlantirish va aholi farovonligini oshirish maqsadida 67 ta loyiha, shu jumladan, iqtisodiyotni rivojlantirish, suv ta’minoti, ta’lim, tibbiyot va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 8,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratildi.Ayni paytda O‘zbekistonda Jahon bankining moliyaviy ko‘magida hukumat tomonidan umumiy qiymati 4,8 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan 27 ta loyiha amalga oshirilmoqda
161 O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi. (1991 yil Belovejskaya Pushcha, yig'ilishlar, postsovet hududi)
MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi.
O`zbekistonning faol tashqi siyosatining yana bir ustuvor yo`nalishlardan biri MDX davlatlari bilan ikki va ko`ptomonlama hamkorligidir. 21 dekabr 1991 yil Almatida 11 ta sobiq ittifodosh respublikalar Mustaqil Davlatlar Hamdustligi to`zish haqidagi shartnomaga imzo chekdilar. MDX tashkil etilgandan buyon unga azo bo`lgan davlat boshliqlarining 20 dan ortiq kengashi bo`lib o`tdi va MDX doirasida 1300 dan ortiq qaror va hujjatlar qabul qilindi
162 O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. (Siyosiy aloqalar, iqtisodiy aloqalar, madaniyat, ta'lim)
O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlardan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar-Qirgiziston, Qozogiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni, do`stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan . Bu, bir tomondan, mintaqa xalqlarining ming yillar davomida bir iqtisodiy, manaviy-madaniy makonda yashab, tarixi, tili, dini, madaniyati yaqinligi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, o`tish davri qiyinchiliklarini yengish maqsadida ananaviy xo`jalik aloqalarni saqlab qolish va mustahkamlash zarurligi, yagona energetika, transport, irrigatsiya, telekommunikatsiya tarmoqlari, suv va gaz taminoti tizimidan birgalikda foydalanishdan kelib chiqadi.
163 O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. (Iqtisodiyot, xavfsizlik, suv muammosi, Orol, chegaralarni belgilash) 1994 yil 1 sentyabrda GFR poytaxti Bonnda Ozbekiston Respublikasining yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent Frankfurt» havo yoli ochildi, Ozbekistonda «Doyche-bank»ning bolimi faoliyat korsatmoqda.
Germaniyaning «Geydelber» firmasi Ozbekistonda nashriyot matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Geydelber» firmasi asbob uskunalari bilan Yangiyol kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» nashriyoti qayta jihozlandi. Ozbekistondagi «Rastr» va «Groteks» nashriyotlari «Geydelber» firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, oquv qollanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001 yilda Ozbekiston Germaniya Rossiya hamkorligidagi «Namangan qogoz» qoshma korxonasi qurilib ishga tushirildi. Ozbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2001 yil 2 5 aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002 yil 9 10 may kunlari Ozbekistonga qilgan rasmiy safarlari Ozbekiston Germaniya ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga kotardi.
164 O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. (Investitsiyalar, yangi texnologiyalar, infratuzilma, banklar, qo'shma korxonalar) Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati isloh, qilinmoqda, yaqin xorij bilan bo`lgani kabi uzoq xorijiy mamlakatlar bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Bu borada xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - XVF, Jahonbanki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro savdo markazi (YuNeKTAD), tariflar va savdo bosh bitimi (GATT) va boshqalar bilan hamkorlik qilinmoqda. O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, chet-el investittsiyalarini jalb etish uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Shu bois, 80 dan ortiq mamlakat vakillari tomonidan tashkil etilgan 3200 dan ortiq qo`shma korxonalar samarali ishlamoqdalar. Jumladan, Janubiy Koreya bilan DEU avto, Germaniya bilan Mersedes-Bents,o`zsalaman, Italiya bilan o`zplastital, o`zitalmotor, Buyuk Britaniya bilan BAT, AQSh bilan Zarafshon - Nyumont, AQSh, Frantsiya, Turkiya va Yaponiya bilan Markaziy Osiyoda eng yirik Buxoro neftini qayta ishlash zavodi va boshqa qurilgan korxonalar shu hamkorlikning samarasidir.
165 O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. (Tinchlik uchun hamkorlik, EXHT, Inson huquqlari, Afg'oniston) O`zbekistonda BMTning taraqqiyot dasturi, qochqinlar ishi bo`yicha oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon oziq-ovqat jamgarmasi, Afgonistonga insonparvarlik yordami ko`rsatish ishini muvofiqlashtirish vakolatxonasi, giyoxvand moddalarni nazorat qilish bo`yicha dasturi, sanoatni rivojlantirish bo`yicha dasturi, bolalar jamgarmasi vakolatxonasi faoliyat ko`rsatayapti. BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikada xalqaro tadbirlar o`tkazilib turibdi. Jumladan, 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari BMT rahnamoligida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bagishlangan xalqaro seminar bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotlar vakillari mintaqa xavfsizligi, majorolarning oldini olishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
166 O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. (Tenglik, hamkorlik, muzokaralar, xalqaro tashkilotlar) moyillari quyidagilardan iborat: 1) mafko`raviy qarashlardan qatiynazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 2)davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 3)boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 4) nizolarni tinch yo`l bilan xal etish; 5) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 6) inson huquqlarini va erkinliklarini hurmatlash; 7) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalar va normalari ustuvorligi; 8) tajovo`zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 9)davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taminlash maqsadida ittifoqlar to`zish, hamdustliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 10) davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 11) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`ptomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
167 O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiyaning o‘rni. (Integratsiya, xavfsizlik, MDH, EvrAzES) O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va ham-korlik 1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risdagi shartnoma, 1998-yil imzolangan1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanib bordi.Har ikki davlat mustaqillikka erishgandan keyingi davr ichida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 160 dan ortiq xalqaro shartnoma va 40 dan ziyod boshqa hujjatlar imzolandi.2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘ris1992-yil imzolangan
168O‘zbekiston tashqi siyosatida AQShning o‘rni. (Strategik sheriklik, investitsiya, xavfsizlik)1992-yil fevralda AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992- yil martda Toshkentda birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1996-yil iyunda AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Islom Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldorbo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. Bill Klinton AQSH ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini ta’kidladi. 1996-yil O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti boshliq davlat delegatsiyasining AQSHda bo‘lishi chet el sar-moyasi uchun respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini bartaraf etdi.
169 O‘zbekiston tashqi siyosatida Yevropa Ittifoqining o‘rni. (Strategik sheriklik, investitsiya, xavfsizlik)
Yevropa Ittifoqining O'zbekiston tashqi siyosatidagi o'rni salmoqlidir. Yevropa Ittifoqi tashkiloti va uning a'zo davlatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalar mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston tashqi siyosatining tub printsiplarini belgilab beruvchi hujjatlarda mazkur ustivorlik alohida qayd etib o'tilgan. Ikki tomonlama munosabatlarning O'zbekiston uchun ahamiyati quyidagilarda o'z aksini topadi: Yevropa Ittifoqining ilg'or davlatlari (Germaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va boshqalar) O'zbekiston uchun yuqori texnologiyalar manbaidir. Samolyotsozlik, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, qurilish va, umuman, ishlab chiqarishning barcha sohalariga eng zamonaviy g'arb texnologiyalarini jalb etish respublikamizda kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. G'arbiy Yevropa savdo-sotiq sohasida mamlakatimizning asosiy hamkorlaridan bo'libgina qolmasdan, shu bilan birga, sarmoyalarning ham asosiy manbaidir. Ittifoqning xorijiy davlatlarga yo'naltirilgan sarmoya hajmi salkam 10 trln. dollarni tashkil etadi. Buni inobatsha olgan holda Yevropa sarmoyalarini mamlakatimizga jalb etish masalasiga katta e'tibor qaratilib, ular uchun qulay investitsiyaviy iqlim yaratib kelinmoqda.
170 O‘zbekiston tashqi siyosatida Xitoyning o‘rni. (Strategik sheriklik, investitsiya, xavfsizlik, ShHT) Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasimustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan 2017-yil 11–13-may kunlari Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Res-publikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boʻlgan tashrifi davomida umumiy qiymati 23 mlrd. dollar boʻlgan 105 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida»gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – ShHT», deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida «ShHTni tuzish to‘g‘risida»gi deklaratsiya hamda «Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi» imzolandi.
Download 13.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling