MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI Reja: - 1 Tashkilotning tuzilishi va tarixi
- 2 Tashkilotning maqsad va vazifalari
• 3 Tashkilotning bugungi kundagi holati - Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi.
Tashkilotning tuzilishi va tarixi - 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil dekabrda MDHga Gruziya qoʻshiddi.
Tashkilotning tuzilishi va tarixi - MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan:
- Davlat boshliklari kengashi,
- Hukumat boshliklari kengashi,
- Tashki ishlar vazirlari kengashi,
- Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan.
- Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan. Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
Tashkilotning maqsad va vazifalari - MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichma-bosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan tashqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning koʻpi bajarilmadi.
Tashkilotga azo davlatlar aholisi - Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
Tashkilotning bugungi kundagi holati - Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi.MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi
- MDH aʼzolari hamdoʻstlikdan chekina boshladilar
- Tahlilchilarga koʻra, bu “oʻtish davriga oid”, “ishlamaydigan” va “shunchaki ramziy” tashkilot boʻlib, toʻliq tugatilguniga qadar uzoq yillar davomida zaifligicha qolaveradi.
- Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) oʻz aʼzolari orasidagi siyosiy kelishmovchiliklarni hal qila olmaydigan disfunksional tashkilot boʻlib chiqdi, deydi kuzatuvchilar.
- Ayni paytda prezidentlar MDH doirasida uchrashib tursa-da, hamdoʻstlik ichidagi ziddiyatlar juda yuqori darajada hisoblanadi.
- MDH shunchaki ramziy tashkilot boʻlib, yangi nafas paydo boʻlmasa, zaiflashishda davom etaveradi
Tashkilotning bugungi kundagi holati - Rossiya MDHda eng ogʻir vaznga va katta manfaat hududiga ega, shu sababli Moskva uchun ittifoqni saqlab qolish va aʼzo mamlakatlarga taʼsir etishda davom etish muhim. Shu sababli bu tashkilot faqat va faqat Rossiyaga kerak. Shu orqali u sobiq ittifoq davlatlariga taʼsir koʻrsatadi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |