1624 yilda Galiley o'zining mikroskopini qayta loyihalashtirdi va endi bu mikroskopdan amaliy ishlarda foydalanish mumkin edi


-mavzu Hujayralararo bog‘lanishlar (kontaktlar)


Download 29.06 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi29.06 Kb.
#1128778
1   2   3   4
4-mavzu Hujayralararo bog‘lanishlar (kontaktlar)

Ko’phujayrali organizmlarda hujayralararo aloqalar hisobiga turli yo’llar bilan saqlanib turadigan hujayralar to’plami hosil bo’ladi.


Embrional to’qimalarda, ayniqsa rivojlanishning dastlabki bosqichlarida hujayralar yopishish xususiyati hisobiga bir-biri bilan bog’langan holda bo’ladi. Bu adgeziya bo’lib, hujayralarning yuza qismini o’ziga xos ta’sirlashishidir. Buning mexanizmi to’liq o’rganilmagan bo’lsada, uni plazmatik membrananing lipoproteidlari va glikokaliksi o’rtasidagi o’zaro ta’siridan kelib chiqadi, deb hisoblash mumkin. Embrional hujayralarning bunday o’zaro ta’sirida membranalar oralig’ida doimo 20 nm kenglikdagi yoriqcha qoladi va u glikokaliks bilan to’lgan bo’ladi. To’qimalarning glikokaliksini bir butunligini buzuvchi (mukazalar, mukopolisaxaridlar) yoki plazmatik membranani buzuvchi (proteazalar), fermentlar bilan ishlash hujayralarni bir-biridan ajralib (dissotsiatsiya), mustaqil bo’lib ketishiga olib keladi. Agar bu faktorni olinsa, hujayralar yana birlashib oladilar. Shu yo’l bilan bir-biridan rangi bilan farqlanuvchi (sariq va to’q sariq) bulut(Spongia)larning hujayralarini dissotsiatsiyalash mumkin. Bu hujayralarni birgalikda saqlanganda (dissotsiyalovchi faktor bo’lmaganda) ikki xil: faqat sariq va to’q sariq hujayralar to’plami (agregati) hosil bo’ladi. Demak aralash suspenziyadan ko’phujayrali strukturasini qayta tiklab olar ekan. Shunga o’xshash natija amfibiylar embrionining ajratilgan hujayralarida ham olindi. Bunda ektoderma, entoderma va mezoderma hujayralarining har biri o’z xillari bilan topishib birlashadi.
Ko’phujayrali organizmlarning to’qima va organlarining tarkibidagi hujayralarning bir-birlari bilan birlashishi murakkab, maxsus hujayralararo birlashtiruvchi strukturalar yordamida amalga oshadi. Bunday strukturalar ko’proq chegara to’qimalarda – epiteliylarda ko’zga tashlanadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar yordamida bunday strukturalarning nozik tuzilishlari haqida ma’lumotlar to’plandi.
Barcha hujayralararo bog’lanishlarni uch guruhga:1) hujayralararo yopishgan(adgeziv); 2)ajratuvchi; 3) kommunikatsion (bog’lovchi) larga bo’linadi. Birinchilariga oddiy birikish, qulf va desmosomalar kiradi. Ikkinchisiga-zich bog’lanish, uchinchisiga-yoriqchali (hayvonlarda) va plazmodesmali (o’simliklarda) birikishlar kiradi(ilova,12). Nerv hujayralari o’simtalarida o’ziga xos sinaptik bog’lanish kuzatiladi. Jigar hujayralarida bog’lanishlarning barcha xillari uchraydi(15 rasm).

Download 29.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling