1624 yilda Galiley o'zining mikroskopini qayta loyihalashtirdi va endi bu mikroskopdan amaliy ishlarda foydalanish mumkin edi


Download 29.06 Kb.
bet4/4
Sana26.01.2023
Hajmi29.06 Kb.
#1128778
1   2   3   4
Oddiy birikish turli kelib chiqishga ega bo’lgan har xil hujayralarning aloqasidir. Epiteliy hujayralarining yuzalari shu yo’l bilan birikadi. Bunda qo’shni hujayralar membranalari orasida 15-20 nm kenglikdagi bo’shliq qoladi. Bu bo’shliq membrana usti komponentlaridan tashkil topadi. Bu zonaga hujayra sitoplazmasi tomonidan hech qanday qo’shimcha maxsus strukturalar yaqin kelmaydi.
Tishsimon (qulf) birikish bir hujayra plazmatik membranasining qabarib chiqqan joyini, ikkinchisining qabarib chiqqan qismiga kirishi orqali birikishidir. Bu duradgorlikdagi chokga o’xshaydi. Bunday birikishda ham membranalararo bo’shliq oddiy birikishdagi kabi ko’rinishda bo’ladi. Hujayralararo birikishning bunday xili ko’pchilik epiteliylarda uchraydi va u hujayralarni yagona plast holida mexanik mahkamlanishini ta’minlaydi.
Tasmasimon desmosoma tipidagi bog’lanish ichak epiteliysi, buyrak kanallari, bez yo’llari, yurak muskuli va silliq muskul hujayralariga xosdir. Yopishish zonasi hujayraning atrofida belbog’ni hosil qiladi. Bu ko’proq zich bog’lanishdan keyinoq boshlanadi. Shu joyda membranalararo bo’shliq biroz kengayadi (25-30nm) va oqsil tabiatli modda bilan to’lgan bo’ladi. Sitoplazma tomonidan bu joyga 7 nm qalinlikdagi ingichka mikrofilamentlar to’r hosil qilib joylashadi.
Download 29.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling