163 Функция спроса на хлеб


Download 22.92 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi22.92 Kb.
#233900
Bog'liq
2-mavzuga Masaidov Ibrohim statistika javobi


Mustaqil ta’lim topshiriqlari
Mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati


  1. O’zbekiston Respublikas Davlat statistika qo’mitasida olib boriladigan statistik kuzatish masalalari nimalarni o’z ichiga oladi ?

Iqtisodiyotni boshqarishning yangi tamoyillardan kelib chiqqan holda statistika oldida quyidagi vazifalar qo’yilgan:

1.Boshqaruv idoralarining statistik axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil qilish va baholash.

2.Mamlakatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi hisob va statistikaning xalqaro amaliyotiga qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.

3.Statistik kuzatishni rivojlantirish. Statistikaning asosiy vazifasini bajarish maqsadida maxsus uyushtirilgan tekshirishlar, ro’yxatlar, anketa orqali savol-javoblarni tashkil qilish va o’tkazish.

4. Statistikaning yagona uslubiy asosiga tayanib axborot fondini tashkil qilish, uni boshqaruv va o’z-o’zini boshqarish idoralari va boshqa foydalanuvchilarni zarur statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida muntazam yangilab borish.

5. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy asoslangan tezkor tahlilini tashkil qilish. Shakllangan statistik axborotlarning sifati, to’laligi, haqqoniyligi va tezkorligini ta’minlash.

6. Yoppasiga va qisman statistik kuzatish, maqsadli ma’lumotlar banki va registrlar kabi usullarni qo’llash maqsadida barcha davlat va nodavlat sektoriga tegishli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni to’la qamrab olish va hisobdagi haqqoniylikni ta’minlash.

7. Axborotlarga ehtiyojlarni hisobga olgan holda statistik axborotlar oqimlari sxemasini ishlab chiqish.

8. Ochiq statistik axborotlarni barcha foydalanuvchilar tomonidan teng olish huquqini ta’minlash.

Statistika fani statistika oldidagi vazifalarni echishda quyidagi vazifalarni bajarish orqali faol qatnashadi:



  • iqtisodiyotning turli hodisa va jarayonlarini bilish vositasi sifatida ifodalanadigan bilish funktsiyasi;

  • metodologik funktsiya – statistik ko’rsatkichlar tizimini takomillashtirish va tuzish;

  • analitik funktsiya –statistik axborotlar tahlilini chuqurlashtirish.

Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish statistika amaliyoti va fanining metodologik birligi va ular faoliyatini muvofiqlashtirishga ko’p jihatdan bog’liqdir.

  1. Test savollari

  1. Statistik kuzatishning qanday shakllari mavjud?

  1. yoppasiga, qisman

  2. hujjatli, og’zaki

  3. statistik hisobot, maxsus uyushtirilgan kuzatish

  4. tanlab kuzatish, qisman kuzatish

  1. Statistik kuzatuv ta’rifini toping —

  1. hodisalar to’g’risida raqamli ma’lumotlar to’plash

  2. hodisalarni miqdoriy tomonini sifati bilan birga o’rganish

  3. hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni rejali ilmiy uyushtirilgan holda to’plash

  4. hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash

  1. Statistik kuzatish deganda nimani tushunasiz?

  1. ijtimoiy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularni sifat tomonlari bilan bog`langan holda o’rganishni

  2. statistik hisobotlar yig`ishni

  3. ijtimoiy hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy uyushtirilgan asosda to`plash jarayonini

  4. ijtimoiy –iqtisodiy xarajatlarni statistik, iqtisodiy moliyaviy kuzatishni




  1. Statistik kuzatishning qaysi shakllari mavjud?

  1. statistik tekshirish

  2. statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlar

  3. savol-javob, o’z-o’zini qayd etish, maxsus uyushtirilgan statistik tekshirish

  4. statistik hisobot, savol-javob




  1. Statistik ma’lumotlarga qayerda ishlov beriladi?

  1. davlat statistika qo’mitasida

  2. muttasaddi vazirliklarda

  3. oliy o’quv yurtlarda

  4. tijorat banklarida




  1. Statistik kuzatuv ta’rifini toping.

  1. Hodisalar to’g’risida raqamli ma’lumotlar to’plash

  2. Hodisalarni mikdoriy tomonini sifati bilan birga o’rganish

  3. Hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni rejali ilmiy uyushtirilgan xolda to’plash

  4. Noto’g’ri javob yo’q




  1. Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda quyiladigan talablar. 1. Ma’lumotlar o’zaro bog’lanishda va bir butunlikda. 2. Ma’lumotlar aniq, xaqqoniy va ishonchli bo’lishi. 3.Ma’lumotlar makon va zamon chegarasida bo’lishi.

  1. 1

  2. 1,2

  3. 1,2,3

  4. 2,3

Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling