17- amaliy mashg’ulot


Download 52.5 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1222493
Bog'liq
17- amaliy mashg’ulot Tokni chegaralovchi reaktorlar


Tokni chegaralovchi reaktorlar.

Tayanch iboralar: Tok,kuchlanish,kuvvat, energiya, stansiya, GES, energiya ishlab chiqarish, gidroelektrostansiya, tuman elektrostansiyalari, yillik energiya.


Reaktor (re... va lot. actor — harakatga keltiruvchi) — 1) elektr R. — qisqa tutashuv tokini cheklash va tarmoqda qisqa tutashuv sodir boʻlganda taqsimlash qurilmalari shinalarida yetarlicha kuchlanishni tutib turuvchi yuqori voltli elektr apparati. Induktivlik gʻaltagiga oʻxshash yasaladi. Elektr uzatuvchi liniyaning sigʻim oʻtkazuvchanligini kompensatsiyalaydigan shuntlovchi R., qisqa tutashish tokini cheklaydigan tok cheklovchi R., yerga ulash sigʻim toklarini kompensatsiyalaydigan, yerga ulanadigan, yey soʻndiruvchi R. larga boʻlinadi; 2) kimyoviy R. — kimyoviy reaksiyalar oʻtkaziladigan apparat. Alomatlariga koʻra, gomogen tizimlar va geterogen tizimlarda oʻtkaziladigan reaksiyalar uchun past, oʻrtacha va yuqori bosimli xillarga boʻlinadi. Sanoatda kolonka, kamera, avtoklav va boshqa nomlar bilan ataladi; 3) biologik R. (fermentyor) — mikroorganizmlarni ozuqa muhitida va xoli sharoitda koʻpaytirib turli biologik mahsulotlar olishga moʻljallangan apparat. Davriy va uzluksiz oʻstirish, aerob (aeratsiya uchun havo berib turiladigan) va anaerob oʻstirish xillariga boʻlinadi; 4) yadro R.i — boshkariladigan zanjir reaksiyasi — atom yadrolarining parchalanish reaksiyasi sodir boʻladigan qurilma. Birinchi yadro R. AQSH da (1942), keyin SSSRda (1946) ishga tushirilgan

1. Reaktorlar elektr uskunalarida qisqa tutashuv toklarini cheklash uchun xizmatqiladi, shuningdek shikastlanish reaktorlardan keyin sodir bo‘lganda shinalardagi kuchlanishni ma’lum darajada ushlab turish imkonini beradi.


Reaktorlarning asosiy qo‘llanish sohasi bo‘lib 6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlar hisoblanadi. Ayrim xollarda tok cheklovchi reaktorlar 35 kV va undan yuqori kuchlanishli uskunalarda, shuningdek 1000 V dan kichik kuchlanishda ham qo‘llaniladi.
Reaktor-magnit materialidan tayyorlangan o‘zakka ega bo‘lmagan induktiv g‘altakdan iborat. SHuning uchun u o‘tayotgan tok kattaligiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy induktiv qarshilikka ega.
Katta quvvatli va mas’ul liniyalar uchun odatda individual (alohida) reaktorlar qo‘llaniladi. Reaktor orqali liniyalar guruhi ta’minlansa (masalan, o‘z ehtiyoj sistemasi), uni guruhli deb ataladi. Taqsimlash qurilmalari seksiyalari orasiga ulanadigan reaktor seksiya reaktori deb yuritiladi .
Reaktorning asosiy parametri bo‘lib, uning induktiv qarshiligi XrwL hisoblanadi.
Xr% 100
bunda Inom, Unom-reaktorning nominal toki va kuchlanishi.
Odatdagi konstruksiyali reaktorlar bilan birga elektr uskunalarida ikkilangan reaktorlar ham qo‘llaniladi. Konstruksiyasi jihatdan ular oddiy reaktorlarga o‘xshash, lekin chulg‘amining o‘rtasidagi nuqtadan qo‘shimcha sim chiqarilgan. Ikkilangan reaktorlarni qo‘llash xollarida manba o‘rtadagi nuqtaga, iste’molchilar esa ikki chetki tomondagi nuqtalarga ulanishi mumkin yoki aksincha.
Ikkilangan reaktorning avfzalligi shundaki, ulanish sxemasi va chulg‘amlardagi tokning yo‘nalishiga qarab, uning induktiv qarshiligi ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ikkilangan reaktorning bu xususiyati, odatda normal xolatda kuchlanishning pasayishini kamaytirish va qisqa tutashuvda toklarni cheklash uchun foydalaniladi.

7.1. Rasm. Uch fazali betonli 10 kV li 600 A li vertikal reaktor.


oʻstirish, aerob (aeratsiya uchun havo berib turiladigan) va anaerob oʻstirish xillariga boʻlinadi; 4) yadro R.i — boshkariladigan zanjir reaksiyasi — atom yadrolarining parchalanish reaksiyasi sodir boʻladigan qurilma. Birinchi yadro R. AQSH da (1942), keyin SSSRda (1946) ishga tushirilgan
Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling