17 – ma’ruza mavzu: Zinalar va liftlar Reja


Download 1.9 Mb.
bet1/2
Sana03.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1322317
  1   2
Bog'liq
17-Ma\'ruza


17 – MA’RUZA
MAVZU: Zinalar va liftlar
Reja.

  1. Zinalar va ularning hisobi.

  2. Liflar va uning o’rnatilishi.

Тayanch iboralar:Zina, lift, marshlar, maydoncha, tutqichlar, pillapoya,

Qavatlararo aloqa zinalar va liftlar yordamida amalga oshiriladi.


Shu bilan birga zinalardan avariya sharoitida kishilarni evakuatsiya qilishda ham foydalaniladi.
Zinalar mustahkam, pishiq va odamlar xarakati uchun qulay va havfsiz, hamda yong’indan muhofazalangan bo’lishi kerak.
Zinalarni bino tarxida joylashtirish, ularning soni va o’lchamlari binoning vazifasiga, katta-kichikligiga va belgilangan vaqtda kishilarni evakuatsiya qilish uchun qulaylik ta’minlanishiga qarab aniqlanadi.
Masalan, turar-joy binolarida zinalar soni kamida ikkita bo’lishi, o’n va undan ortiq qavatli turar-joy binolarida har bir kvartiradan to’g’ridan-to’g’ri yoki bog’lovchi o’tish yo’li orqali ikkita zinaga chiqish ta’minlanishi kerak.
Zinalar marshlaridan va zina maydonchalaridan iborat bo’ladi (153-rasm). Marsh konstruksiyasi o’z navbatida pillapoya va uni ko’tarib turuvchi balka (kosour)dan iborat bo’ladi.





153-rasm. Yig’ma elementlardan tuzilgan zina:
1–zina maydonchasi; 2– zina marshi; 3– zina panjarasi.

Zina maydonchalari qavat tekisligi va qavatlar oralig’ida joylashgan bo’ladi. Kishilarni xavfsiz ko’tarilishi yoki tushishi uchun zinalar balandligi 0,9 m bo’lgan tutqich panjaralar bilan jihozlangan bo’ladi.
Pillapoya vertikal qirrasi pillapoya odimi (podstupenka), gorizontal qirrasi pillapoya yuzi (prostup) deb ataladi. Zina marshi pillapoyalari eng yuqori va eng pastkisidan (frezovaya) tashqari bir xil ko’rinishga va o’lchamga ega bo’ladi (2-rasm).



154-rasm. Yig’ma temir-beton konstruksiyadan ishlangan zina detali:
1 – pillapoyalarning yuqori qismi; 2 – zina panjarasi ustuni; 3 – zina maydonchasi.

Vazifasiga ko’ra zinalar asosiy yoki bosh zina, har doim ishlatiluvchi xizmat zinasi, evakuatsiya zinasi, yordamchi zina (xizmat paytida foydalaniladigan) va avariya zinalari (tashqi evakuatsiya zinasi, o’t o’chiruvchilar zinasi) kabi turlarga bo’linadi.


Qavatlar orasidagi marshlar soniga ko’ra zinalar bir, ikki, uch va to’rt marshli turlarga bo’linadi. Zinalardan kamchilik, foydalanadigan ayrim binolarda vintsimon shakldagi zinalar qo’llanilishi mumkin.
Zina marshlari nishabi qurilish norma va qoidalari (QMQ) bo’yicha tanalanadi. Masalan, asosiy zinalar uchun 1:2; 1:1,75, yordamchi zinalar uchun 1:1,25 nisbatda belgilanadi. Har bir marshdagi pillapoyalar soni 16 tadan ko’p va 3 tadan kam bo’lmasligi kerak.
Zina marshi kengligi avariya holatida kishilarni evakuatsiya qilishni ta’minlashni hisobga olib tanlanadi. Shunga ko’ra asosiy zinalar marshi kengligi ikki qavatli binolarda kamida 900 mm, zinalar marshi kengligi ikki qavatli binolarda esa 1050 mm qabul qilinadi. Zina maydonchalari kengligi marsh kengligidan kattaroq, kamida 1200 mm qilib olinadi. Yuqorida keltirilgan qoida va normalarga asosan pillapoya eni 250...300mm, balandligi esa 150 mm bo’lib, ayrim hollardagina 180 mm. ga boradi. Bunda kishilarni o’rtacha qadami gorizontal holda 600 mm ligi, zinada yurishda esa bu kattalik 450 mm ga teng ekanligi (300 mm + 150 mm = 450 mm) hisobga olinadi.
Zina va zinapoya o’lchamlarini qavat balandligiga qarab quyidagicha aniqlanadi:
Bino qavati balandligi N=3,3m, marsh kengligi v=1,05m. zina nishabi 1:2 bo’lgan turar-joy binosi uchun ikki marshli zina o’lchamlarini aniqlash talab etiladi.
Bu masalani yechishda pillapoya o’lchamlarini 300x150 mm ga, zinapoya kengligini esa, V=2v+100=2x1050+100=2100 mm qilib olamiz. Bu yerda marshlar orasidagi tirqish kengligi -100mm (3-rasm).
Bitta marsh balandligi:
N/2=3300/2=1650 mm.
Bitta marshdagi pillapoyalar soni:
p=1650/150=11.
Bunday pillapoyalar sonini 10 ta qilib olamiz, chunki eng yuqoridagi pillapoya sahni zina maydonchasi sahni balandligida bo’lib, u bilan bir tekislikda joylashgan bo’ladi, ya’ni
p-1=11-1=10
Marsh gorizontal proyeksiyasining uzunligi
a=300(p-1)=300 x 10=3000 mm.
Qavat ichidagi zina maydonchasi bilan qavat sahniga to’g’ri kelgan zina maydonchasini 1300 mm qilib olinib, zinapoyaning to’liq uzunligini topamiz:
mm.

1 55-rasm. Ikki marshli zina:


1 – sokol qavati marshi;


2 – qavat sahniga to’g’ri kelgan zina maydonchasi;
3 – panjara;
4 – zina marshi;
5– qavat orasiga to’g’ri kelgan zina marshi;
6 – eshik usti soyaboni;
7 – kirish maydonchasi.

155-rasmda zinalarni grafik usulda hisoblash berilgan. Bunda qavat balandligi 150 mm kattalikda bo’lib chiqiladi, gorizontal yo’nalishda esa pillapoyalar soniga teng bo’lakka bo’linib, vertikal chiziqlar chiziladi. Hosil bo’lgan kataklar bo’yicha rasmda ko’rsatilgandek zina profili chiziladi.


155-rasm. Zinalarni grafik usulda hisoblash:


a – kesimda; b – planda ko’rinishi.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling