17 – ma’ruza mavzu: Zinalar va liftlar Reja
Download 1.9 Mb.
|
17-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тakrorlash uchun savollar
L IFТLAR
Liftlar besh va undan yuqori qavatli turar-joy binolarida qo’llaniladi. Ular uch xil bo’ladi: odamlarni ko’tarib tushirishga mo’ljallangan, yuklarni ko’tarib tushirish uchun (sanoat binolarida), hamda xizmat (meditsina) liftlari. Yuk ko’tarishga nisbatan turar-joy binolarida 350 kg (5 kishi) va 500 kg (7 kishilik) yuk ko’taruvchi liftlar ishlatiladi (6-rasm). 156-rasm. Mashina bo’limi yuqorida joylashgan turar-joy binolariga mo’ljallangan lift. Liftlarning asosiy elementi mashina bo’linmasiga o’rnatilgan ko’taruvchi lebedkaga po’lat arqonlar yordamida osilgan kabinadan iborat bo’ladi. Lift shaxtasi butun balandligi bo’yicha to’rt tomonlama o’raladi va uni ostki qismida balandligi 1300 mm ga teng chuqurcha bo’lib, u joyga amortizator va tortib turuvchi uskuna joylashtiriladi. Mashina bo’limi shaxtaning tepa qismida yoki ostki qismida joylashgan bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda turar-joy binolarida o’rnatiladigan lift shaxtalari qalinligi 120 mm bo’lgan temir-beton yig’ma quti ko’rinishidagi elementlardan tuzib chiqiladi. Lift shaxtalarini odatda zinapoya yaqiniga (7-rasm) o’rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 157-rasm. Lift shaxtalarini turar-joy binolarida joylashtirish sxemalari: a, g – zinapoya to’g’risida; b – zinapoya devori biqinida; v – zinapoya ichida. Тakrorlash uchun savollar: Zinalar qanday vazifani bajaradi? Zinalarga qanday talablar qo’yiladi? Zinlar qanday elementlardan tashkil topgan? Zinaning tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? Zina marshlari nimaga asoslanib tanlanadi va misol tariqasida keltiring? Zina maydonchasi kengligi qanday tanlanadi? ADABIYoТLAR: Miralimov.M.M,Sayfiddinov.S,Bobojonov.M..“Arxitektura” darslik ТOShKENТ -2015. M.M. Miralimov “Тurar joy va jamoat binolarini zilzilaviy hududlarda loyihalash”.Тoshkent-2009 y. M.M. Vaxitov, SH.R.Mirzayev . Me’morchilik: I-qism. Me’morchilik tarixi. Darslik .Toshkent: “Tafakkur”, 2010. Mirzayev Sh.R., Voxitov M.M. Me’morchilik II-qism. Fuqarolik binolari Darslik. Toshkent, 2010 y. Т.G.Maklakova, S. M. Nanasova, V.G.Sharapenko, A.Ye.Balakina Arxitektura:Uchebnik.–M.:Izdatelstvo ASV, 2004y Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling