17-Amaliy Agrobiznes muhiti va unga ta`sir etuvchi omillar Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash Darsning
Download 22.45 Kb.
|
1 2
Bog'liq17 AGRO AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning
17-Amaliy
Darsning maqsadi: O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo`ljallangan Strategiyasi. Aholining oziq- ovqat xavfsizligini ta`minlash, qulay agrobiznes muhitini va qo`shilgan qiymat zanjirini yaratish, soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investiciyaviy jozibadorlikni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta`minlash, davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish, tarmoqni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikaciya qilish, qishloq xo`jaligida ilm-fan, ta`lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish, qishloq hududlarini rivojlantirish, tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish. Dars jihozlari: komp`yuter va mul`timedia vositalar, marker, plakatlar, vatman, kerakli adabiyotlar. Uslubiy ta`minot: namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja, texkarta, o`quv uslubiy majmua, tarkatma materiallar. Adabiyotlar:O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabr`dagi “O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo`ljallangan Strategiyasini tasdiqlash to`ǵrisida” gi PF-5853-sonli Farmoni. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`ǵrisida” gi PF- 4947-sonli Farmoni. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo`ljallangan Strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to`ǵrisida” gi PQ-4575-sonli Qarori. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat tarmoǵini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo`ljallangan strategiyasi ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat tarmoǵining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`lib, quyidagi ustuvor yo`nalishlarni qamrab oladi: aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash; qulay agrobiznes muhitini va qo`shilgan qiymat zanjirini yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investiciyaviy jozibadorlikni oshirish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta`minlash; davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; tarmoqni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma- bosqich diversifikaciya qilish; qishloq xo`jaligida ilm-fan, ta`lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish; qishloq hududlarini rivojlantirish; tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish. Strategiyani amalga oshirish yo`nalishlari bo`yicha har yili 1 dekabrga qadar kelgusi yilga mo`ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi sohasini 2030 yilgacha rivojlantirishda quyidagi ko`rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi: er ajratish va uni olib qo`yishda shaffof tizim yaratiladi, korrupciya va boshqa sub`ektiv holatlarning oldi olinadi, erdan foydalanuvchilar huquqlarini kafolatlaydigan tizim yaratiladi; erlarni noqonuniy ajratish, ulardan xo`jasizlarcha foydalanish holatlari keskin kamayishiga erishiladi; 1,1 mln gektar qishloq xo`jaligi erlari o`zlashtiriladi, 535,6 ming gektar lalmi, yaylov va boshqa erlardan foydalanish samaradorligi ortadi; qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlar to`liq xatlovdan o`tkaziladi; er uchastkalariga bo`lgan huquqning haqiqiy bozor narxi shakllanadi, bu huquqdan garov ta`minoti sifatida foydalanish mumkin bo`ladi, tadbirkorlar va aholi qo`lidagi kapital qiymati o`z o`zidan ortadi, er soliǵi solinadigan bazani kengaytirish imkoniyati yaratiladi; respublika hududlarida suǵorishning suv tejovchi tizimlaridan foydalanilish maydonlari kengaytiriladi va ushbu tizimlarni joriy qilishni raǵbatlantirish mexanizmlari takomillashtiriladi; suv iste`molchilari va suv etkazib beruvchilar o`rtasida hisob-kitoblar iste`mol qilingan suvni etkazib berish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda va bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi; hududlar ixtisoslashtiriladi, bir joyda bir xil mahsulotlarni etishtirish, agroinnovacion ǵoyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga sharoit yaratiladi; paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtirishda davlatning ishtirokidan bosqichma- bosqich voz kechiladi; paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlari etishtiruvchilari bilan qabul qiluvchilar o`rtasida mahsulot hajmiga qarab shartnoma tuzish tizimi yo`lga qo`yiladi; erlarning turiga qarab yuqori hosil beruvchi ekinlar etishtiruvchilar tomonidan mustaqil joylashtiriladi; mayda qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni qo`llab-quvvatlash va erlardan oqilona foydalanish imkoniyati yaratiladi; sifatli raqobatbardosh meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish, saqlash, chuqur qayta ishlash va eksport o`sishi barqarorligini ta`minlashga erishiladi; ilm-fan, ta`lim va ishlab chiqarishning samarali integraciyasi amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlashda oliy va o`rta ta`lim o`rtasida uzviy aloqadorlik ta`minlanadi;b ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, laboratoriya jihozlari yangilanadi, xodimlarning malakasi oshiriladi; qishloq xo`jaligi yo`nalishidagi oliy ta`lim muassasalari o`zini o`zi moliyalashtirishga o`tkaziladi; boshoqli donni birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishiga imkon yaratiladi, davlat xaridlari kamaytiriladi; boshoqli don bozorida intervencion mexanizmlar joriy etiladi; qishloq xo`jaligi mahsulotlarining hosildorligi va raqobatbardoshligi ortadi; qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xo`jaligi va ekologik amaliyoti (GAEP), agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa sifat standartlari joriy etiladi; qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatishning shaffoflik va raqobatga asoslangan bozor xizmatlari rivojlanadi; qishloq xo`jaligida o`rtacha mehnat unumdorligi 1,7 barobar oshadi; qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo`yicha qo`shimcha 3,4 mln tonna quvvat yaratiladi; mahsulotlarni qayta ishlash ko`rsatkichi 30 foizga etkaziladi (2030 yilga qadar eksport hajmi 20 mlrd AQSh dollariga etkaziladi). Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling