17-ma’ruza: Asinxron motor qutblar juftligi sonini o’zgartirib tezligini rostlash


Download 93.47 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi93.47 Kb.
#1487250
  1   2
Bog'liq
14-ma’ruza Asinxron motor qutblar juftligi sonini o’zgartirib t

17-ma’ruza: Asinxron motor qutblar juftligi sonini o’zgartirib tezligini rostlash

Reja

  1. Asinxron dvigatel tezligini juft qutblar sonini o‘zgartirish orqali rostlash haqida umumiy ma`lumotlar


  2. AD stator cho‘lg‘amlarining juft qutblari sonini o‘zgartirish

  3. AD stator cho‘lg‘amlarini «uchburchak», «ikkilangan yulduz» ko‘rinishida ulash

  4. AD stator cho‘lg‘amlarini «yulduz» va «yulduz – ikkilangan yulduz» ko‘rinishida ulash

Tezlikni rostlashning bu usuli, ko‘p tezlikli deb nom olgan maxsus tayyorlangan qisqa tutashuv rotorli AD larda amalga oshiriladi. Ushbu AD larning xususiyati shundaki, ularning stator cho‘lg‘amlari ikki bir xil seksiyalardan (yarim cho‘lg‘amlardan) tuzilgan bo‘ladi. Ularning turli ulanish sxemalari ‘isobiga, AD ning juft qutblari soni r o‘zgartirilishi mumkin. Sinxron tezlik 0=21/r formulasiga muvofiq, bu magnit maydonining aylanish tezligi 0 ni o‘zgartiradi va shu bilan AD tezligini ‘am rostlaydi.


AD ning juft qutblar soni faqat diskret qiymatlarga ega bo‘lganligi uchun ( r=1,2,3,4,...) AD ning tezliginiv bunda faqat bosqichli rostlanadi.
Quyidagi misolda, stator cho‘lg‘amlarining seksiyalarini qayta ulash orqali turli juft qutblar sonini olish prinsipini ko‘rib chiqamiz.

2.AD stator cho‘lg‘amlarining juft qutblari sonini o‘zgartirish
Faraz qilaylik, stator cho‘lg‘amining fazasi ikki bir xil seksiyadan iborat bo‘lsin, ularning biri ketma ket va to‘g‘ri ulangan ikki o‘tkazuvchiga egadir (1.6,a-rasm).
Stator cho‘lg‘amidan, ushbu vaqt momentida yoy bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishga ega bo‘lgan tok oqib o‘tadi. Parma qonunidan foydalanib, o‘tkazuvchilardan oqib o‘tayotgan tok hosil qilayotgan magnit kuch chiziqlarining yo‘nalishini aniqlaymiz. Ko‘rinadiki, bu holda magnit maydoni to‘rtta qutbga ega bo‘ladi, yani p = 2.
Endi, seksiyalar ulanish sxemasini o‘zgartiramiz, ularni ketma-ket va qarama-qarshi ulaymiz (1.6,b-rasm), bunda cho‘lg‘amlarga beriladigan tokning yo‘nalishi o‘zgartirilmaydi. Bu ‘olatda stator cho‘lg‘ami endi juft qutblari soni ikki marotaba kam bo‘lgan magnit maydonini hosil qiladi. Juft qutblar sonini ikki marotaba kamayishi 1.6,v-rasmda keltirilgan sxemada ham hosil qilinadi, bunda seksiyalar parallel ulanadi. Bu ikkala holatda ‘am juft qutblar sonini kamayishi bir seksiyadagi (sxemada ikkinchi seksiyadagi) tokning yo‘nalishini teskariga o‘zgarishi orqali amalga oshiriladi. Bunda magnit maydonining aylanish tezligini o‘zgarish diapazoni ikkiga teng bo‘ladi.


1.6-rasm. AD stator cho‘lg‘amlarining juft qutblari sonini o‘zgartirish
3. AD stator cho‘lg‘amlarini «uchburchak», «ikkilangan yulduz» ko‘rinishida ulash
Amaliyotda, ko‘p tezliklik AD larning stator cho‘lg‘amlarini qayta ulashning ikki sxemasi qo‘llaniladi: uchburchakdan ()-ikkilangan yulduzchaga (-) va yulduzchadan ()- ikkilangan yulduzchaga (-).
Bu ‘olatlar uchun AD ning statorlarining ulanish sxemasini va mexanik xarakteristikalarini ko‘rib chiqamiz.


1.7-rasm. AD stator cho‘lg‘amlarini «uchburchak» (a), «ikkilangan yulduz» (b) ko‘rinishida ulash va uchburchak - ikkilangan yulduz sxemalarining mexanik xarakteristikalari (v).

«Uchburchak - ikkilangan yulduz». Katta qiymatdagi juft qutblar sonini r1 olish uchun statorning ‘ar bir fazasidagi seksiyasi uchburchak sxemasida ketma-ket va to‘g‘ri ulangan (1.7, a-rasm, A1b va A2b - A fazaning mos ravishda birinchi va ikki seksiyasining boshlari, A1o va A2o -ularning oxiri). Seksiyalarni 1.6,v-rasmga o‘xshash ‘olda 1.7,b-rasmdagidek ulash, AD ni juft qutblar soni r2 ni ikki marotaba kamayishiga olib keladi. 1.7,b-rasmdagi sxema ikkilangan yulduz sxemasi deb nomlanadi va unda stator fazalari ikkita parallel ulangan seksiyalardan tashkil topadi.
Cho‘lg‘amlarining uchburchak (2) va ikkilangan yulduz (1) ulanish sxemalari uchun AD ning mexanik xarakteristikalari 1.7,v-rasmda ko‘rsatilgan.
4. AD stator cho‘lg‘amlarini «yulduz» va «yulduz – ikkilangan yulduz» ko‘rinishida ulash

Download 93.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling