17-ma’ruza: Asinxron motor qutblar juftligi sonini o’zgartirib tezligini rostlash
Download 93.47 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-ma’ruza Asinxron motor qutblar juftligi sonini o’zgartirib t
«Yulduz - ikkilangan yulduz». Bu variantda kichik tezlik (katta juft qutblar soni) yakka xoldagi yulduz sxemasida olinadi, unda ‘ar bir fazani ketma-ket ulangan seksiyalar tashkil etadi (1.8. a-rasmga qarang). Ikkilangan yulduzga qayta ulash 1.7,b-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda juft qutblar soni r2 ikki marta kamayadi. Cho‘lg‘amlari yulduz (2) va ikkilangan yulduz (1) sxemasida ulangandagi ikki tezlikli AD ning olingan mexanik xarakteristikalari 1.8, b-rasmda ko‘rsatilgan.
1.8-rasm. AD stator cho‘lg‘amlarini «yulduz» ko‘rinishida ulash (a) va «yulduz – ikkilangan yulduz» sxemalarining mexanik xarakteristikalari (b). Ko‘rib chiqilgan ikki tezlikli AD lardan tashqari uch va to‘rt tezlikli dvigatellar ham ishlatiladi. Ulardan birinchisida, qayta ulanadigan stator cho‘lg‘amlaridan tashqari, shuningdek, bitta qayta ulanmaydigan cho‘lg‘am bor bo‘ladi. To‘rt cho‘lg‘amli AD larda turli juft qutblar r1, r2, r3, r4 ga ega bo‘lgan ikkita qayta ulanadigan cho‘lg‘amlarga bor bo‘lib, ular to‘rtta rostlangan mexanik xarakteristikalarni olish imkoniyatini beradi. AD tezligini rostlashning o‘rganilayotgan usuli bir qator yaxshi ko‘rsatkichlarga egadir, shuning uchun u o‘zgaruvchan tokli rostlanadigan elektr yuritmalarda keng qo‘llaniladi. Bunga, birinchi navbatda tejamlilikni olish mumkin, chunki bunday tezlikni rostlash AD ni ortiqcha qizish va uning f.i.k. ni kamayishiga sabab bo‘ladigan rotor zanjiridagi qo‘shimcha energiya isroflari bilan kuzatilmaydi. Ko‘p tezlikli AD larning mexanik xarakteristikalari ( 1.7,v- va 1.8,b- rasmlar) yaxshi bikrlik va yetarli yuklamaga chidamlilik bilan ajralib turadi. "Yulduz - ikkilangan yulduz" ulanish sxemasi - o‘zgarmas yuklama moment, "uchburchak - ikkilangan yulduz" sxemasi esa - o‘zgarmas quvvat ‘arakteriga ega bo‘lgan elektr yuritma yuklamasida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ko‘rib chiqilgan usulning kamchiligi dvigatel tezligi o‘zgarishining bosqichligi va uni, odatda, D=68:1 dan ortmaydigan, nisbatan katta bo‘lmagan rostlash diapazonidadir. Download 93.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling