17-ma’ruza. Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari. Shaharni ko’kalamzorlashtirish toifalari, me’yorlari 17. 1


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana01.05.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1418072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-ma’ruza.Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari

 
 1-rasm.Har 
xil 
kattalikdagi 
ko‘kalamzorlar 
ob’ektlarining 
sog‘lomlashtivchi ahamiyati: A – o‘simlik chiziqlarining gazdan himoyalovchi 
ta’siri: 1 – gaz bilan to‘yinganlik darajasining ko‘kalamzorlashtirilmagan 
hududda pasayishi (dastlabkidan % nisbatda), 2 – xuddi o‘sha ko‘kalamzor 
chiziq ta’sirida; B – o‘simliklarning shovqindan himoya qilish xususiyati: 1 – 
amaldagi sanitar me’yor, 2 – ochiq hududda shovqin darajasining pasayishi, 3 – 
xuddi o‘sha o‘simliklar chizig‘i bilan, 4 – noqulay shovqin hududi, 5 – 
o‘simliklar chizig‘i ortidagi noqulay shovqin hududi; V – qulay hudud 
o‘lchamlarining ob’ekt o‘lchamlariga bog‘liqligi (%): G – ko‘kalamzorlashtirish 
vositalarini shovqindan himoyalovchi sifatida qo‘llash: 1 – 1,5 m o‘lchamli 
tepalikdagi o‘simliklar, 2 - 1,8-2 m balandlikdagi beton devor bilan birga 
qo‘llanilgan o‘simliklar chizig‘i. 
Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni funksional qismlarga bo‘lishda uchta 
kategoriyaga bo‘linadi: 
Umumiy foydalanish - shahar tashqarisidagi o‘rmon-parklar, shahar va tuman 
parklari. Turar-joy tumanlari bog‘lari, skverlar, bulvarlar; ko‘chalar, maydonlar
qirg‘oq bo‘yi o‘simliklari, xiyobonlar; 
Foydalanish cheklangan - kvartal ichidagi bog‘lar, uylar hovlilaridagi 
ko‘kalamzorlar, jamoat va sanoat binolari hududlaridagi o‘simliklar; 
Maxsus vazifali – sanitar-himoya, suv muhofaza qismlari, botanika va 
zoologiya bog‘lari, pitomliklar, qabristonlar. 
Joylashish xarakteri bo‘yicha shahar tashqarisidagi va shahar ichkarisidagi 
yashil massivlarga bo‘linadi.


Shahar tashqarisidagi massivlar – o‘z navbatida, umumiy foydalanishga 
mo‘ljallangan va cheklangan foydalanishga mo‘ljallangan shahar atrofi 
ko‘kalamzorlariga ajratiladi.
Shahar ichkarisidagi massivlar – umumiy, cheklangan va maxsus foydalanish 
uchun mo‘ljallangan ko‘kalamzorlardan iborat. Umumiy yo‘nalishdagi parklar - 
madaniyat va istirohat bog‘lari, turar-joy tumanlari va kichik tumanlar bog‘lari, 
skverlar, bulvarlar, xiyobonlar hamda ixtisoslashgan bog‘lar - bolalar, sport, 
botanika bog‘lari, zooparklar va h.k.lar shahar ko‘kalamzorlari tizimini tashkil etadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling