17-ma’ruza. Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari. Shaharni ko’kalamzorlashtirish toifalari, me’yorlari 17. 1


-rasm.Zamonaviy shahar ko‘kalamzorlar tizimi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana01.05.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1418072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-ma’ruza.Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari

 
2-rasm.Zamonaviy shahar ko‘kalamzorlar tizimi: 
1 – parklar; 2 – xiyobonlar; 3 – bulvarlar; 4 – turar-joy tumanlari bog‘lari; 5 – 
kichik tumanlar bog‘lari; 6 – turar-joy hududlaridagi ko‘kalamzorlar; 7 – bolalar 
muassasalari va maktablar ko‘kalamzorlari; 8 – jamoat binolari oldidiagi yashil 
ekinlar; 9 – sport inshootlari oldida; 10 – sanoat korxonalari oldida; 11 – himoya 
ko‘kalamzorlari; 12 – qabristonlar; 13 – pitomniklar; 14 – bog‘dorchilik yerlari; 15 
– botanika bog‘lari, hayvonot bog‘lari. 
Hududning yashil o‘simliklari ehtiyojini hisoblashda bitta odamga to‘g‘ri 
keladigan ko‘kalamzor hududlar me’yoridan foydalaniladi (qurilish me’yorlari va 
qoidalari.) 
17.2.Shahar atrofi ko‘kalamzorlari tizimi. 
Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan shahar atrofi ko‘kalamzorlari.


O’rmon – shahar atrofidagi tabiiy yashil massivlar. Ular bir turdagi 
daraxtlardan yoki har xil turdagi daraxtlardan tashkil topishi mumkin.
O’rmon-park – aholining tabiiy muhitda dam olishi uchun mo‘ljallangan 
obodonlashtirilgan tabiiy yashil massivlar. O’rmon-parklarda piyodalar yo‘laklari, 
besedkalar, chaylalar, skameykalar o‘rnatilgan dam olish joylari, savdo, ovqatlanish 
joylari, o‘yin maydonchalari, gulxan yoqib dam olish uchun maydonlar 
joylashtiriladi. U yerda pansionatlar, mehmonxonalar, sport, sayohat maskanlari 
loyihalanadi.
O’rmon tozalab turiladi, manzarali joylar, chiroyli ko‘rish nuqtalari yaratiladi. 
Hayvon va qushlar yashashi uchun sharoitlar yaratiladi. 
Milliy bog‘lar – aynan bir hududga xos bo‘lgan landshaft spetsifikasi va 
o‘simlik shakllarining o‘ziga xos xususiyatiga ega bo‘lgan hududlar. Milliy bog‘lar 
kam uchraydigan va yo‘qolib borayotgan o‘simliklarni saqlash uchun yaratiladi.
Alohida tabiat yodgorliklari – noyob, qimmatli suv va o‘simlik ob’ektlari 
bo‘lgan landshaftlar hududi bo‘lib davlat tomonidan himoya qilinadi. Bu hududlarga 
kelish qat’iy tomosha qilish qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
Saroy-muzeylar parklari – bu parklarni o‘z davrining buyuk arxitektorlari
haykaltaroshlari, rassomlari, bog‘bonlari boshchiligida hukmdorlar, boy dvoryanlar 
saroylari atrofida yaratishgan. Bu saroy-park ansambllaridan faqat oliy tabaqadagi 
odamlar foydalanishgan. Hozirgi kunda ular tarix muzeylariga aylantirilib, hamma 
uchun tashrif buyurish imkoni yaratildi.
Yo‘llar bo‘yidagi himoya-dekorativ o‘simliklar shaharni shahar atrofi hududi 
bilan bog‘lab, shahar atrofi hududining keng yashil belbog‘ini tashkil etadi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling