17 Ma‘ruza Konlarda gazkondensatni yig‘ish. Reja


Download 378 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi378 Kb.
#1176320
  1   2   3
Bog'liq
КНГСЙТТ маруза-17



17 Ma‘ruza 
Konlarda gazkondensatni yig‘ish. 
Reja: 
17.1. Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy muammolar 
17.2. Gаzkоndensаtni tаyyorlаsh texnologiyasi
17.3. Gaz tarkibidan og`ir uglevodorodlarni ajratish. 
17.4. Gazni gidratlanishini oldini olish. 
17.1.Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy 
muammolar 
Gaz konlarini ishlatishning joriy holati va samaradorligining kattaligi, konni va uni o‘rab 
turgan bassenning geologik tuzilishining barcha xususiyatlarini hisobga olib ishlatish 
sistemasining qanchalik mukammal va amaliy holatga yaqinlashtirib loyihalashtirilganligi orqali 
aniqlanadi. Geologik va gidrogeologik shartlar, shu bilan birgalikda tanlangan ishlatish 
texnologiyasi asosida loyihalashtiriladi. 
Konni ishlatishning murakkablik darajasini aniqlovchi shartlar va omillarni va ularning 
ta’siri asosida nazorat qilish ko‘rsatkichlari kompleksini shartli ravishda ikki guruhga ajratamiz: 
geologik va gidrogeologik; texnologik. 
Birinchi guruhga uyum o‘lchami va uning boshlang‘ich parametrlari (maxsuldor 
qatlamnining yotish chuqurligi, qatlam bosimi va harorati, gaz va kondensat zaxirasi), maxsuldor 
gorizontning geologik tuzilishi(ko‘pqatlamliligi, kollektorlik xossalarining har xilligi, siniqli 
buzilishlari va boshqalar), uyum turi (qatlamli, salmoqli (massivnaya), suv ustida joylashuvchi 
(vodoplavayushaya), qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar. Bu guruhda 
uyum suvtaziqli basseyn bilan aloqada bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu basseynning xossa lariga 
tarqalish kengligi, o‘tkazuvchanligi, gidrostatik napori kiradi. 
Ikkinchi gruhga uyumni ishlatish usuli (qatlam bosimini ushlash, uyumning gazli qismini
yoki neft yotqizig‘ini i-shlatmasdan, so‘nish orqali ishlatish va boshqalar.); uyumdan 
uglevodorodlarni olish surat va alohida quduqlar debiti, ularning ishchi bosimiva joriy holati; 
tuzulmada quduqlarning joylashtirilishi va maxsuldor gorizontni ochilish tizimi: gazning qatlam 
ichida yoki qatlamdan-qatlamga silishi mumkinligi va boshqalar. 
Ayrim faktorlar, qo‘shni konlarning o‘zaro ta’siri, ishlash rejimi va boshqa ko‘rsatkichlar 
umumiy hisoblanib, ular konni ishlatish vaqtida kuzatib, bu ko‘rsatkichlarni shartli ravishda 
ikkinchi guruhga o‘tkazamiz. 



Umumiy holatlarda tilga olingan faktorlar qancha ko‘p bo‘lsa nazorat sistemasi shuncha 
qiyin bo‘ladi. Katta o‘lchamli va gazgato‘yingan bir xil bo‘lmagan kollektorli, blokli tuzilishli
ko‘p qatlamli, shu bilan birgalikda qatlam suvlari bilan ta’sirlashgan konlarda maksimal nazorat 
parametrlari qo‘llash talab etadi. Katta bo‘lmagan bir qatlamli gaz konini soddalashtirilgan 
nazoratsistemasi va katta samara bilan ishlatish mumkin bo‘ladi. 
Nazorat sistemasi texnologik sxemani tuzish va tajribaviy-ishlatish loyihasini yoki sanoat 
ishlatish loyihasini tuzish davrida aniqlanadi.
Gaz konini ishlatishning barcha davrlarida qatlam suv bosimi rejimida ishlayotganda ostki 
va chekka suvlarning qatlamga suvning kirib kelishigaasosiy etibor qaratiladi. Qatlamdan gazni 
olishning barcha davrlarida ham suvning faolligi bir xil bo‘lmaydi. Odatda dastlab faqat gaz 
bosimi rejimi belgilari kuzatiladi. Qatlam bosimi tushishi evaziga suvning ancha faol ta’siri 
kuzatiladi. Ishlatishning so‘ngi davrlarida suvlanganlik keng tarqalgan bo‘lib, bunda sizilishga 
qarshilik ortib suvning faolligi kamayadi. G‘ovak va kovak kollektorlarda suvlanish jarayoni 
o‘zgarishlarga boyligi, suvlangan gaz qatlamlarining nazorat sistemasiga aniq yondashishni talab 
qiladi. Gazkondensat konini ishlatish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. 
Gazkondensat konini ishlatishda asosiy muammo uglevodorod kondensatlarini qatlamdan 
qazib olish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir tomondan bu savolni yechish uchun qatlamning maksimal 
beraoluvchanligini oshirishda yechimlarini talab qiladi.

Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling