17-ma`ruza Mavzu. Texnik ekspertizadan o’tkazish sabablari, vazifalari va mazmuni (2 soat)


Texnik ekspertizani meyoriy hujjatlarga muvofiqligi


Download 22.57 Kb.
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi22.57 Kb.
#1307103
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-ma`ruza Mavzu. Texnik ekspertizadan o’tkazish sabablari, vazi-kompy.info

Texnik ekspertizani meyoriy hujjatlarga muvofiqligi
Ekspertizani o‘tkazishda nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda, ekspert tashqi loti bir kun muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazishda aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklar to‘g‘risida ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda protokolni rasmiylashtiradi.
Nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Buyurtmachi protokolni olgandan so‘ng unda ko‘rsatilgan muddatlarda choralar ko‘rishi va aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishi zarur.
Protokolda ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar buyurtmachi tomonidan Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ekspert tashqi lotiga yuboriladi.
Ekspertiza jarayonida taqdim etilgan hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilganda, aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganda, buyurtmachining tashabbusi bilan uning yozma murojaati asosida ekspertizani o‘tkazish jarayoni vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Ekspertiza jarayoni to‘xtatilganda ekspert tashqi loti buyurtmachining yozma murojaati olingandan kundan boshlab, ikki ish kuni davomida bu haqida vakolatli organni to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Ekspert tashqi loti buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish borasida o‘tkazilgan tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni tahlil qiladi. Zarur bo‘lganda joyiga chiqib, ekspertiza obyekti qayta baholanishi, tegishli tekshiruvlar va texnik diagnostika o‘tkazilishi mumkin.
Salbiy ekspertiza xulosasi quyidagi hollarda bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi:

  • nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlarning natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kelishilgan muddatlarda taqdim etilmasa;

  • buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari yetarlicha o‘tkazilmaganda;

  • buyurtmachi taqdim etgan hujjatlarda buzib ko‘rsatilgan yoki yolg‘on ma’lumotlar borligi aniqlansa; o‘tkazilgan tekshirish va texnik diagnostikaning asoslangan salbiy natijalari olinganda;

  • ekspertiza obyekti sanoat xavfsizligi talablariga mos kelmasa.

Salbiy ekspertiza xulosasida aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar asoslantirilgan holda ko‘rsatilishi shart. Salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda buyurtmachi salbiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga asos bo‘lgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etib, ekspertizani o‘tkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.



Download 22.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling