17-ma`ruza Mavzu. Texnik ekspertizadan o’tkazish sabablari, vazifalari va mazmuni (2 soat)
17-ma`ruza Mavzu. Texnik ekspertizadan o’tkazish sabablari, vazifalari va mazmuni (2 soat) Reja.
Texnik ekspertizadan o’tkazish bosqichlari.
Texnik ekspertizani meyoriy hujjatlarga mosligi.
Tayanch so’z va iboralar: ekspertiza, ekspertiza bosqichlari, dastlabki baholash, ijobiy va salbiy ekspertiza xulosasi, yetakchi ekspert.
Ekspertiza quyidagi bosqichlardan iborat:
ekspertizani o‘tkazish uchun arizani qabul qilish;
hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish;
ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
ekspertiza natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish.
Ekspertizaning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilganda o‘tkaziladi.
Texnik ekspertizadan o’tkazish bosqichlari
Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza
xulosasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-ilovada
keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan buyurtmanomani bevosita, uning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali, yoxud elektron shaklda taqdim etadi.
Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Ekspertiza obyektining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, buyurtmanomaga ushbu Nizomning 4-ilovada ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan buyurtmanoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |