17-mа`ruzа Mаvzu: uzlukli transport mashinalari I. Mа`ruzа rеjаsi


Download 36.32 Kb.
bet2/11
Sana25.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1722327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
17-mа`ruzа Mаvzu uzlukli transport mashinalari-hozir.org

Shpallar
ikkala rels uchlarini bog‘lab yuklamani yoki bosimini shu izlardan
ballast qatlamiga uzatishga, zaminga bo‘lgan Nisbiy bosimni kamaytirishga va x.k. 
larga xizmat qiladi.
Shpallar yogoch, metall va temir-betondan yasaladi. Yogochli shpallar 
qarag‘ay, kedr va tilog‘och daraxtidan tayyorlanadi.
Ko‘ndalang kesimiga qarab shpallar Brusok va yassi shaklida bo‘ladi. 
Ularning ishlash muddatlarini oshirish maqsadida maxsus moy - antiseptik bilan
shimdiriladi.
Uzoq muddat ishlaydigan magistral yo‘llarda temir-beton shpallar
ishlatiladi. Bunday shpallarning eng ko‘p ishlab chiqarilgani 250 sm uzunlikda 235 
kg og‘irlikka egadir, bitta shpaldagi beton xajmi 95 litrni tashkil etadi, metall sarfi
– 8 kg.
Metall shpallar tez tez ko‘chirilib turiladigan temir yo‘llarida qo‘llaniladi.
Temir-beton shpallar alohida hollarda, juda Nam, ho‘l va uzoq vaqt xizmat 
qiluvchi yer osti yo‘llarda qo‘llaniladi.
Ballast qatlami
shpal bilan ostki qurilma o‘rtasidagi elastik “yostikcha” 
bo‘lib harakatdagi Poyezd g‘ildiraklari zarbini yumshatishga, ostki kurilmaning
notekisligini bartaraf etishga, shpaldan ostki qism (zamin) ga beriladigan bosimni 
bir tekis taqsimlanishini ta’minlashga, shpallarni surilib ketmasligiga va yer osti
suvlarini temir yo‘ldan chetlashiga xizmat qiladi. Ballast materiali tushayotgan 
zarbdan ezilib va sochilib ketmasligi, o‘zida suv va changlarni ushlab qolmasligi
kerak. Shag‘al, sheben, Tosh maydalari kabi qattiq tog‘ jinslari ballast uchun 
material bo‘lishi mukin.



Shaxta relsli yo‘llari pastki qurilmasi asosiy elementlaridan yana biri suv


qochirish ariqchalaridir. Bu ariqchalar lahimning bir chetidan o‘tilib, lahim asosi 
shu ariqcha tomon qiyaroq kilib o‘tiladi (2-rasm). Agar lahim beton bilan
mustaxkamlangan bo‘lsa, ariqcha tag va devorlari beton bilan qoplanadi. 

2-rasm. Shaxta temir yo‘l kesimi va asosiy o‘lchamlari. 




Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling