17-ma’ruza o‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi


O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi


Download 0.52 Mb.
bet2/4
Sana19.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1101331
1   2   3   4
Bog'liq
17-ma\'ruza. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi.

O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi

Yuqorida qayd etilganidek, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalari, ularning generator va dvigatel rejimlari yagona fizikaviy hodisaga asoslanadi va elektromagnitik induksiya qonuni bilan tushuntiriladi. Mashinaning o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokda ishlashi, o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok ishlab chiqarishi mashinada elektr zanjirni qanday hosil qilish bilan aniqlanadi. 2-rasmda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok generatorlarining farqi ko‘rsatilgan.


Agar magnit qutblari orasida joylashgan mis ramkaning uchlarini xalqalar va bu xalqalarga tegib turuvchi kontaktlar (cho‘tkalar) orqali tashqi zanjirga ulasak va ramkani aylantirsak, tashqi zanjirda davriy o‘zgaruvchan elektr tokini olamiz ( 2- a rasm). Tokning chastotasi ramkaning aylanish tezligi bilan aniqlansa, hosil qilingan e.yu.k. ning kattaligi esa tezlikdan tashqari magnit maydonning induksiyasi V va ramkaning (g‘altakning) paramerlariga ham bog‘liq.


2-rasm. Mashinaning elektr zanjiri. a-o‘zgaruvchan tok mashinasi,


b-o‘zgarmas tok mashinasi.


Endi 2 ta xalqa o‘rniga bitta silindr olib, uni uzunligi bo‘yicha ikkiga ajratib, hosil bo‘lgan yarim yoyli silindrlarni ramkaning uchlariga ulaymiz (2 - b rasm). Natijada ramka aylanganda yarim yoyli silindrlar a va b cho‘tkalarga galma-galdan tegib aylanadi. Ya’ni cho‘tkalarni silindr bo‘laklari faqat bir tomonga kesib o‘tadi. Natijada a va b cho‘tkalarda manfiy va musbat qutblar ajraladi. Ramkaning aylanishidan o‘zgarmas (pulsatsiyalanuvchi, bir davrda ikkita impuls) elektr toki hosil bo‘ladi. Agar ramkani ikkita qilib, har bir ramkaning uchini alohida yarim silindrlarga ulasak, ramkaning bir to‘liq aylanish davrida 4 ta impuls hosil bo‘ladi 3-a rasm. Demak, yarim xalqalar soni ko‘paygani sari tokning bir davr ichidagi pimpulslari soni ortib boradi.


Shu tariqa, chulg‘amlarni ko‘paytirib pulsatsiyani kamaytirish mumkin. Bunda chulg‘am uchlari ulangan plastinkalar ham eniga kichiklashib boradi va mashinaning bu plastinkalardan tashkil topgan qismi kollektor deb ataladi.


a b
3 –rasm. Ikkita ramkali mashina va tashqi zanjirdagi kuchlanish.





Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling