17 Mavzu: Akusher–ginekologik va ruhiy bemorlar bilan munosabatda bo`lish psixologiyasi
Download 448.81 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch bilimlarni faollashtirish maqsadida Aqliy hujum usulida
- Ishlar bosqichi va mazmuni Faoliyat
- 1-bosqich.
- 2-bosqich. Kirish. (6
- 3-bosqich.
- 4-bosqich
- 17 Mavzu: Akusher–ginekologik va ruhiy bemorlar bilan munosabatda bo`lish psixologiyasi
Tayanch bilimlarni faollashtirish maqsadida Aqliy hujum usulida savollarini beradi. “Aqliy hujum” usuli prinsipi: Bildirilgan fikr va gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi; Bildirilgan fikr va gʻoyalar qabul qilinmaydi; Qancha koʻp gʻoyalar bildirilsa , shuncha yaxshi; Gʻoya va fikrlarni bildirish uchun aniq vaqt belgilanadi. Aqliy hujum usulining texnologik xaritasi
17 Mavzu: Akusher–ginekologik va ruhiy bemorlar bilan munosabatda bo`lish psixologiyasi Doyalik va ginekologiyaning hozirgi mavqeiga yetkazish uchun tibbiyot xodimlarining ko‘p qiyinchiliklarni yengishiga to‘g‘ri keldi. Yuz yillar davomida uning rivojlanishiga doyalik bilan faqat ayollar shug‘ullanishi kerak degan mulohaza qarshilik ko‘rsatib keldi. Chunki ayol vrachlarning amaliyotga kirib kelganiga uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. To ular kelguncha doyalik vazifasini doya hamshiralar bajarib turdilar. Erkak vrachlardan Veyt 1522 yili doyalik bilan shug‘ullanganligi uchun Gamburgda ochiqchasiga kuydirildi. Xatto 1640 yilda Parijda tashkil qilingan akusherlik kursida erkak vrachlarning tug‘ruqxonaga kirishi man qilingan. Ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni davolash vaqtida intim jinsiy psixologik va xulq-ahloqiga doir ko‘pgina muammolar paydo bo‘ladiki, ular tibbiyot xodimlarining faoliyatini jiddiy ravishda murakkablashtirib yuboradi. Ginekologik tekshirishda ayollarda uyalishning paydo bo‘lishi tabiiy bo‘lib, bunday psixologik xodisaga lozim darajada xurmat bilan qarash kerak. Bemorlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatish uchun suhbat va tekshirish vaqtida xushmuomalalik va extiyotkorlik zarur. Tibbiyot hamshirasi muolaja o‘tkazish vaqtida ginekolog-vrachga (ayniqsa, vrach erkak kishi bo‘lsa) yordam ko‘rsatishi muhimdir. Ayollar xayotida xayz ko‘rish muhim voqea hisoblanadi. Muntazam ravishda qon ketishlar ko‘p noto‘g‘ri tushunchalarni, qo‘rquvlarni keltirib chikdrishga hozirgacha sabab bo‘lib kelmokda. Ma’lumki, tozalanish degan tushuncha mavjud. Shunga ko‘ra ayollar xayz vaqtida bir necha kun boshqalardan ajratilishi kerak. Ayollardagi xayz davrida qo‘rinda, belda tortib og‘rishlar bo‘lishi, jinsiy a’zolarda yoqimsiz sezgilar paydo bo‘lishi va ruxiy jixatdan tajanglanib qolish kuzatiladi. Kupincha jaxildorlikning ortishi, jizzakilik, asabiylik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo‘ladi. Nevroz va boshqa psixologik o‘zgarishlar bo‘lgan bemorlarda shikoyatlar ancha ko‘p va xilma-xil bo‘ladi, ba’zan asosiy kasallikning keskinlashuvi qayd etiladi. Qizlarda uzoq vaqt davom etgan psixogeniyalar (oilaviy, maishiy, shaxsiy xarakterdagi kelishmovchiliklar) ta’siri ostida dismenoreyalar bo‘lishi mumkin. O`gir ruxiy jaroxatlar xotin-qizlar xayz davrining amenoreya xolatidagi buzilishlarni keltirib chikaradi. Shuning uchun xam qizlarda ro`y beradigan birinchi xayz ko‘rish davri kutilmagan holat deb qabul qilinmasligi kerak. Bu nafaqat tananing sog‘lomligini, tozaligini saqlash uchun, balki ruxiy sog‘lomlanish uchun xam kerakdir. Ayrim ayollar xayz davri boshlanishidan bir necha kun oldin tajanglashgan, bushashgan, injik, kayfiyati yomonlashgan xolatda bo‘ladilar. Ularda bu buzilishlarni kuzatishingiz mumkin. Bu xayz davri sindromi deb yuritiladi. Ayollarda klimaks (xayzning to‘xtashi) davrining boshlanishi xam ruxiy o‘zgarishlar bilan o‘tadi. Karilikning boshlanishi oldidan qurquv ayollikning jozibadorligini va er-xotinning jinsiy xayotga qobiliyatini yo‘q, o`tishdan qo‘rquv vujudga keladi. Biryuq klimaks davrida nevrotik va boshqa psixopatologik alomatlarning kuchayishi ko‘proq nevrotik va psixotik reaksiyalarga moyillik bo‘lishi, shuningdek psixologik omillar bo‘lgani xolda markaziy nerv sistemasi shikastlanishidan azob chekuvchi bemorlarda qayd qilinadi. Ginekologiyada muhim muammolardan biri jinsiy moyillikning yo`qligi xisoblanadi. Jinsiy aloqadan to‘la yoki to‘liq bo‘lmagan qanoat hosil qilmaslik ginekolog vrachlar tomonidan tez-tez aniqlanib turiladi. Jinsiy xayotga karshilik kursatuvchi omil xam shundan bo‘ladi. Uning sabablari turli omillar: ayolning shaxsiy psixologik xususiyatlari, oilaviy hayotdan ko‘ngli to‘lmasligi, normal er-xotinlik munosabatlariga xalaqit beruvchi noqo‘lay uy-joy sharoitlari, intim yaqinlikda erkakning noto‘g‘ri yo‘l tutishi va hokazolar bo‘lishi mumkin. Tez-tez uchrab turadigan sabab homilador bo‘lib qolishdan qo‘rqish, erkaklarning ichkilikka ko‘p berilishi, jinsiy aloqa vaqtida og‘rik, sezish va hokazolardir. Jinsiy moyillikning yo‘kolishi boshqa fiziologik holatlar bilan xam bog‘liq. Masalan, ichak sanchikdari va og‘riqlar sababli ba’zan ayollarda jinsiy aloqodan keyin bosh og‘rig‘i hamda migren belgilari kuzatiladi. Download 448.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling