- DK kirishlariga amplitudalari teng va fazalari bir xil signallar beraylik. Bunday signallar sinfaz signallar deb ataladi. Sinfaz signallar manbai bo‘lib xalaqitlar xizmat qiladi. Agar sinfaz signallar musbat bo‘lsa, VT1 va VT2 tranzistorlarlarning emitter toklari qiymatlari ortadi. Natijada emitter toki orttirmasi D!z hosil bo‘ladi va u DK yelkalari orasida teng taqsimlanadi, kollektorlar potensiallari bir xil qiymatga o‘zgaradi. Natijada, bu holda ham iChih =0 bo‘ladi.
- Amalda sinfaz signal ishchi signaldan minglarcha marta katta bo‘lgani sababli, KiSF<<1 bo‘lishiga intiliniladi. Buning uchun R3 qiymati oshirilishi kerak. Lekin, IMSlarda katta nominalli rezistorlarni hosil qilish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun R3 rezistor o‘rniga katta nominalli rezistorning elektron ekvivalentidan foydalaniladi. Bunday ekvivalent bo‘lib o‘zgaruvchan tokka qarshiligi bir necha MOmni tashkil etuvchi BTG xizmat qiladi.
- Monolit IMSda kollektor qarshiliklari tarqoqligi DRK ± 3 % dan ortmaydi. Baholash uchun, Rk larning qiymat bo‘yicha katta va kichik tomonga og‘ishi bir xil, lekin ishoralari bilan farq qiladi (eng noxush holat) deb hisoblaylik. Unda Rk =5 kOm, R3 =1 MOm bo‘lganda, KiSF ~ 0,3-10 tashkil etadi. Shunday qilib, masalan, agar sinfaz signal amplitudasi 1 V bo‘lsa, berilgan KiSF da DK chiqishida 0,3 mV ga teng yolg‘on signal paydo bo‘ladi. Demak, bu holda kuchaytirish haqida emas, balki sinfaz signalni so‘ndirish haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi.
- DK simmetrik bo‘lgani sababli kirish signali iKIR EO‘lar orasida teng taqsimlanadi: ularning birida kuchlanish 0,5-iKIR qiymatga ortadi, ikkinchisida esa shu qiymatga kamayadi. iKIR1 kuchlanishi ortsin, iKIR2 esa-kamaysin. Bunda VT1 tranzistorning emitter va kollektor toklari musbat orttirma, VT2 tranzistorning mos toklari esa - manfiy orttirma oladi. Natijada chiqish kuchlanishi hosil bo‘ladi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Unutmang sizni kelajak kutmoqda! 1>
Do'stlaringiz bilan baham: |