17-mavzu: Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish Topshiriqlar


Download 15.77 Kb.
Sana28.11.2020
Hajmi15.77 Kb.
#154173
Bog'liq
17-mavzu. Innovatsiya Mansurov Jamshdbek


17-mavzu: Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish

Topshiriqlar

  1. Innovatsiya faoliyatiga doir mamlakatimizda yaratilgan me’yoriy-huquqiy asoslarni (qonun, qaror, farmonlarni) o’rganing.



Me’yoriy-huquqiy asoslarning nomlanishi

Qabul qilingan sanasi

Unda keltirilgan asosiy tayanch atamalar

2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori

kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari 

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash












  1. Quyidagi tayanch atamalarga izoh bering (manba: O’zbekiston Respublikasi “Innovatsion faoliyat to’g’risida”gi Qonun):



Tayanch atamalarning nomi

Tayanch atamalar izohi

1.

innovatsiya

fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma;

2.

innovatsion infratuzilma

innovatsion faoliyatni moddiy-texnik, moliyaviy, tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan ta’minlaydigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mulkchilikning istalgan shaklidagi ular birlashmalarining majmui;

3.

innovatsion loyiha

yangi ishlanmalar yaratish uchun bajarish muddatlarini, ijrochilarni, moliyalashtirish manbalarini va tegishli infratuzilmani shakllantirishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui;

4.

innovatsion faoliyat

yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o‘tkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyat;

5.

texnologiyalar transferi

yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar majmui;

6.

yangi ishlanma

mavjud o‘xshash intellektual faoliyat natijalariga nisbatan yangi belgilarga ega bo‘lgan, amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan va amaliyotda undan foydalanganda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlay oladigan intellektual faoliyat natijasi (ishlab chiqarish, ma’muriy, tijorat yoki boshqa xususiyatga ega yangi yoki mukammal texnologiya, xizmat va tashkiliy-texnik yechim).

7.

mahsulotga oid innovatsiyalar

texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar;

8.

jarayonga oid innovatsiyalar

texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish yoxud ta’lim usullarini ishlab chiqish va joriy etishga, shuningdek texnologiyalar transferini amalga oshirishga qaratilgan innovatsiyalar;

9.

marketingga oid innovatsiyalar

 mahsulotlarning dizayni va qadoqlaridagi o‘zgarishlarni qamrab oluvchi yangi yoki takomillashtirilgan usullarni joriy etishga, mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) sotish va taqdim etishning yangi usullaridan foydalanishga, yangi narxlash strategiyalarini shakllantirishga qaratilgan innovatsiyalar;

10.

tashkiliy innovatsiyalar

biznesni tashkil etish va yuritish, ish o‘rinlarini tashkil etish va tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishning yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar.



  1. Mamlakatimizda yoki jahonda amalga oshirilgan innovatsion loyihalarga misollar keltiring.

  1. Hikvision korxonasi o’zining noyob ixtirolari bilanbir necha marta hayratda qoldirgan. 2017 yilda tadqiqot bo’limi muhandislari ommaga yangi “aqlli” mashinani joyiga qo’yish tizimini taklif qilishdi. Mashina joylashtirish ishining asosida, maxsus datchikli robotlar tizimi va dasturiy ta’minot turadi, va u inson ishtirokisiz mashinalarni olish, olib ko’chirish va joylashtirish kabi ishlarni bajaradi. Inson mashinasini maxsus joyda qoldiradi va information panel oraqli mashinani joylashtirishni buyurtma qiladi, vashundan keyin robot-platforma kelib, mashinani o’z ustiga qo’yadi va keraklijoyga olib boradi.

  2.  Zungle Panther ko’zoynagi faqatgina ko’rinishi oddiy ko’zoynakka o’xshaydi. Haqiqatda bu nafaqat quyoshga qarshi ko’zoynak, va balki, super zamonaviy pleyer hamdir. Ammo u orqali tovush odatiy garniture orqali emas, balki ko’zoynak zanjirlari orqali uzatiladi. Hamma gap shundaki, Zungle Panther asosida ajralmas suyak o’tkazuvchanlik texnologiyasi turadi. Ushbu texnologiya eshitishning tiniqligini saqlagan holda musiqa tinglash imkonini beradi.

  3. Tadbirkorlar va dizaynerlar guruhi jahonda birinchi aqlli ustunchani yaratishdi, va u “aqlli uy” turdagi tizim taniqli bo’lishi vaqtida ishlab chiqilgan. Ustuncha inson turmushini osonlashtirish uchun mo’ljallangan ko’pgina g’aroyib funksiyalarga ega. Masalan, Curvilux yoritgich, budilnik, ovozli xabarga javob beruvchi, simsiz zaryad uskunasi sifatida ishlashi mumkin, hamda u xonada tong otishini taqlid qilishi mumkin. Unda smartfondan boshqariladigan audiotizim va elektron qulf ham mavjud.

Download 15.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling