17-mavzu. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli Reja


Download 139 Kb.
bet3/7
Sana11.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1189565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqt. nazar 17-mavzu

Birinchidan, transfert to`lovlari orqali muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog’ida bo`lganlarni nafaqalar bilan ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta`minlaydi. Ijtimoiy ta`minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko`rsatiladi. Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag’larini, jamiyatning kam daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo`lmagan a`zolari hisobiga qayta taqsimlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo`li bilan ya`ni, talab va taklif ta`sirida o`rnatiladigan narxlarni o`zgartirish yo`li bilan ham daromadlarning taqsimlanishiga ta`sir ko`rsatadi. Me`yordagi oziq-ovqat tovarlariga o`rnatiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma`lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir.
Davlat jamiyat a`zolari o`rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq tizimidan ham keng foydalanadi (soliq imtiyozlari orqali amalga oshiradi).
Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki holatda ko`rinadi, ya`ni raqobatli bozor tizimi, 1) ma`lum tovarlar va xizmatlarning kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o`zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo`lmaydi.
Resurslarni qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste`mol qilish bilan bog’liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya`ni bevosita xaridor yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga "joyini o`zgartirsa" vujudga keladi. Bu qo`shimsha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar hissasiga to`g’ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o`zlarining sanoat shiqitlarini ko`l yoki daryoga oqizsa bu cho`miluvchilar, baliqshilar va atrofdagi aholiga - zarar keltiradi.
Ishlab chiqaruvchi esa muhofaza inshoat va uskunalar o`rnatmaganligi hisobiga ishlab shiqarish xarajatlarining ancha past darajasini ta`minlaydi. Davlat resurslarining nomutanosib taqsimlanish vujudga keltiradigan bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo`llaydi, yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi. Masalan, atrof - muhit va suv havzalarining ifloslanishini ta’qiqlovchi yoki cheklovchi qonunlar, ishlab chiqaruvchilarni o`zlarining sanoat chiqitlarini ishlab chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o`rnatish bilan yo`qotishga majbur qiladi. Boshqa holda davlat maxsus soliqlarni kiritish yordamida, atrof-muhitni ifloslantiruvni korxonalarga boshqalarga keltirishi mumkin bo`lgan zararni yuklashga harakat qiladi. Davlat bir qator yo`llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste`molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini oshirish yo`li bilan ularning talabi kengaytirildi. Malasan, bizning Respublikamizda islohotlarning dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi past daromadli oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini oshiradi va shu orqali resurslarning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qiladi.
Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligi bartaraf qilanadi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling