17-mavzu. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli Reja


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 139 Kb.
bet7/7
Sana11.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1189565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqt. nazar 17-mavzu

Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – davlatning jamiyat a`zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta`minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo`naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo`yicha faoliyatidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishdir.
Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart - sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlardir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari – tartibga solishning ma`muriy va iqtisodiy vositalari birligidir.
Bevosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish tavsifidagi ma`muriy vositalaridir.
Bilvosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklaridir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.
2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to`g’risidagi qanday nazariyalarni bilasiz?
3. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering.
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o`z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo`yadi?
6. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma`muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko`rsating.
7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o`ynaydi?
8. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi?
9. O`zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi dinamikasini tahlil qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo`yicha davlat sektori ulushining o`zgarishini izohlang.
10. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqtisodiy usullari mazmunini tushuntiring.



Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling