17-mavzu. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli Reja


Download 139 Kb.
bet1/7
Sana11.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1189565
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqt. nazar 17-mavzu



17-mavzu. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli
Reja:

  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi va vazifalari

  3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir etish usullari va vositalari



1.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko`p omilli ko`rsatkish bo`lib, unda samaradorlikning erishilgan darajasi ko`p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq bo`lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo`li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko`proq uchinchi yo`l xarakterli hisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko`rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o`z-o`zini tartibga solishning zarurligi ta`kidlab o`tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to`liq ozod bo`lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste`molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo`ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib -qoidalari milliy iste`molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to`lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qiymat tovarlarni sotib olishga majbur bo`lgan milliy iste`molchilar yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo`yish" nazariyasi, 1923 - 1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga ushradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kushaytirishni taqozo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon Meynard Keynsning "Ish bilan bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o`z aksini topdi (1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta`minlashi zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o`tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat tsiklining o`zgarishini yo`qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko`rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo`lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko`proq oshib borishi ro`y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta`minlash, balki iqtisodiy o`sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi.
Ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi?- degan savol tug’ilish tabiiy. Birinchidan, davlat o`ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o`z - o`zini tartibga solish orqali bajarish mumkin bo`lmagan yoki samarali bajarish mumkin bo`lmagan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta`minlash, mamlakatda ishki tartibni saqlash va aholining kam ta`minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy ishlab chiqarish va iste`mol bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta`sir qiladi. Masalan, chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan u yoki bu korporatsiya yoki individual ishlab chiqarishga foydali, atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo`shimsha salbiy oqibatga ega. Davlat yakka tadbirkor yoki istemolshidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo`shimsha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro`y beradiki, individual istemolshilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste`mol qilishning oqibatlarini ob`ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste`molni kengaytirish va aksincha sog’lik uchun zarar tovarlar iste`molini cheklash vazifasini o`z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari yuqori aktsiz (egri) solig’ini o`rnatilib, bir tomondan o`zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini sheklaydi. To`rtinshidan, davlat o`z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to`lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta`minlaydi. Ammo bu bozorning milliy boylikni ijtimoiy - adolatli taqsimlashni ta`minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta`minlangan qatlamini turmush darajasi haqida g’amxo`rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli ) bilim berish, tibbiy xizmat ko`rsatish va shu kabilarni o`z zimmasiga oladi. Beshinshidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o`sishning barqaror izshilligini rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling