1-Mavzu. Makroiqtisodiyotga kirish “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob'ekti


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1744797
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu. Makroiqtisodiyotga kirish “Makroiqtisodiyot” fanining s



1-Mavzu. Makroiqtisodiyotga kirish 
1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob'ekti. 
2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari 
3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning
doiraviy oqimi modeli 
 
1. 
“Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va 
ob'ekti 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina 
kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida 
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta'siri xos 
bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya 
qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene 
jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Val'ras, 
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta'kidlash 
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‘zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror 
ishlab chiqarish sxemasi, V.Leon'tev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan 
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi 
uchun mustahkam asos yaratishdi. Djon Meynard Keyns (1883- 1946) esa o‘zining 
“Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu 
jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns 
makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‘z predmeti va tadqiqot usullariga ko‘ra
mustaqil fan sifatida XX asrning o‘rtalariga kelib shakllanib bo‘ldi. 
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib, unda 
milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi: 
a) pozitiv makroiqtisodiyot; 
b) normativ makroiqtisoiyot. 
Pozitiv 
makroiqtisodiyot 
real 
iqtisodiy 
hodisalarni 
va 
ularning 
aloqadorliklarini o‘rganadi. 
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki 
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo‘limi sifatida 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o‘zaro farqlab 
olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmeti bo‘lib “belgilangangan” iqtisodiy shart-
sharoitlarda uy xo‘jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish 
mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil ob'ekti bo‘lib alohida tovarlar 
bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda
milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o‘zaro 
munosabatlari va o‘zaro ta'sirini tahlil qilinadi.. 


Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya'ni mikroiqtisodiy 
tadqiqot 
predmeti 
hisoblanmaydigan ko‘pgina ko‘rsatkichlar, jumladan 
iste'molchilarning daromadlari, jamg‘armalari, foiz stavkasining dinamikasini va
buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning 
to‘liq bandliligini, inflyasiyaning past sur'atlarini va to‘lov balansining 
muvozanatini ta'minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda 
tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini
o‘rganadi. 
Keltirilgan ta'rifdan ko‘rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o‘zaro 
bog‘liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: 
1) 
milliy iqtisodiyot; 
2) 
davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga 
solish; 
3) jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar 
iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.
1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida ko‘riladigan 
1-jadval. 
Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi 
Iqtisodiy nazariyaning masalalari 
Iqtisodiy nazariyaning bo‘limlari 
Mikroiqtisodiyot 
Iste'molchilar bozordagi talab hajmi va 
tarkibini qanday belgilaydilar? 
Iste'molchi talabi nazariyasi 
Ishlab 
chiqaruvchilar 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
hajmi 
va 
usullarini 
qanday 
aniqlashadi? 
Mahsulot ishlab chiqarish va taklif etish 
nazariyasi 
Bozor bahosi qanday tashkil topadi? 
Tarmoq va umumiy iqtisodiy muvozanat 
nazariyasi
Milliy daromad qanday taqsimlanadi? 
Ishlab chiqarish omillar bahosini shakllantirish 
nazariyasi 
Davlat 
ishlab 
chiqarish 
omillarini 
tarmoqlararo taqsimlash va milliy daromadni 
individlararo taqsimlashda ishtirok etishi
kerakmi? 
Ijtimoiy farovonlik nazariyasi 
Makroiqtisodiyot 
Milliy daromad miqdorini nima belgilab 
beradi? 
Statik makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi 
Pul nima va uning roli qanday? 
Pul nazariyasi 
Baholar darajasi nima va uning dinamikasini 
qaysi omillar belgilab beradi? 
Inflyasiya nazariyasi 
Bandlik darajasini nima belgilab beradi? 
Ish bilan bandlilik nazariyasi. 
Iqtisodiy kon'yuktura o‘zgarishlarinni qaysi 
omillar belgilab beradi? 
Iqtisodiy davrlar nazariyasi 
Barqaror 
iqtisodiy 
o‘sishning 
shartlari 
qanday? 
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi 
Mamlakatning 
iqtisodiy 
kon'yukturasiga 
tashqi dunyo qanday ta'sir ko‘rsatadi? 
To’lov balansi va valyuta kursi nazariyasi 
Davlat barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni 
qanday ta'minlashi mumkin?
Davlatning 
barqarorlashtirish 
siyosati 
nazariyasi 


masalalar ro‘yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini 
yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo‘lgan bu ikki fanning 
iqtisodiy hodisalar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi xulosalari bir birini to‘ldirib turadi.. 
Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub'ektlari 
hisoblanidilar.
Bu sub'ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. 
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‘sishini 
ta'minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb 
hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday 
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli 
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur yetkazmagan holda 
iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz. Davlat 
makroiqtisodiyotning boshqa sub'ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni 
hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash maqsadida, o‘z 
tasarrufida mavjud bo‘lgan vositalar orqali ularni yo‘naltirib turadi. Bu vositalar esa 
fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda 
makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo‘jalik 
aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. 
2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari 
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va 
sintez, deduksiya, induksiya, statistikkuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish 
usullari kiradi. . 
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos 
usullardan 
foydalanishni 
talab 
etadi. 
Son-sanoqsiz 
faktlarni, 
minglab 
ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan 
xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida 
agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi.
Agregatlash, ya'ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni
yagona makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy 
iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. 
Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning 
yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy tahlil 
jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo‘lgan talab va ularni 
taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan 
baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan 
foydalaniladi. Davlat obligasiyalari bo‘ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning 
hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi 
kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‘rtacha miqdori bozor foiz 
stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‘rsatkichdan 
foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni
agregat 
ko‘rsatkichlardan 
foydalangan 
holda 
iqtisodiy 
matematik 
modellashtirishdir.


Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi 
miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar 
ko‘rinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri 
chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou
modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida ham grafik 
ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik 
formulalar kabi makroiqtisodiy modellar o‘am ikki, uch yoki bundan ko‘p 
o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy 
darajasi dinamikasi ta'sirida o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish 
mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflyasiya 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil 
qilishda qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffisentlar, turli 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir mamlakatda 
ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik 
sodda yoki murakkab bo‘lmasin, ma'lum darajada mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi.
Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba'zan yopiq iqtisodiy 
tizim, ya'ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb 
qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga 
ega, ya'ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar 
o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan 
makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni 
aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo‘lgan 
ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli 
yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya'ni modelda tayyor 
kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o‘zgaruvchilar hamda modelni yechish 
natijasida topiladigan ichki-endogen o‘zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda 
ekzogen hisoblangan o‘zgaruvchi (ko‘rsatkich) ikkinchi model uchun endogen 
hisoblanishi mumkin. 
Tarixda ma'lum bo‘lgan birinchi makroiqtisodiy model mavzuning birinchi 
savolida qayd etilgan “ Kene jadvali” hisoblanadi. Bu modelda 
F.Kene milliy iqtisodiyot amal qilishi uch sinfning- 5 mlrd. frank qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dehqonlar, jami 2 mlrd. frank turadigan
buyumlar yasashadigan hunarmandlar va 2 mlrd. frank renta olishadigan yer 
egalarining o‘zaro aloqalari sifatida tasvirlaydi. Kene modeliga ko‘ra yer egalari 
olgan 2 mlrd. frank yer rentasining 1 mlrd. frankini qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
sotib olishga, qolgan 1 mlrd. frankini esa hunarmandchilik buyumlarini sotib 
olishga sarflaydilar.
Hunarmandlar dehqonlarga 1 mlrd. franklik buyumlarini sotadilar va 
dehqonlardan o‘zlari ega bo‘lgan 2 mlrd. frankning 1 mlrd. frankiga oziq ovqat 
mahsulotlari, qolgan 1 mlrd. frankiga esa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xom-
ashyo sotib oladilar. 


1-Chizma. F.Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli. 
(Keltirilgan raqamlar o‘lchami mlrd.frank) 
Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd. franklik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste'mol va ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun o‘zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik daromadning 
1 mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, yana 
2 mlrd. franki esa yer rentasi to‘lashga sarflanadi. Shunday qilib makroiqtisodiy 
bozorlarning balanslashishi ro‘y beradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ekzogen va 
endogen o‘zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan zahiralarni tavsiflovchi va 
oqimlarni tavsiflovchi o‘zgaruvchilarga ajratiladi. Birinchi guruh ko‘rsatkichlar
tadqiqot ob'ektining ma'lum sanadagi holatini tavsiflaydi. Bularga kapital bilan 
qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi kabi ko‘rsatkichlar misol 
bo‘ladi. Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlar ma'lum davr oralig‘ida iqtisodiy 
jarayonlarning kechishini tavsiflaydi. Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YaIM 
hajmi, iste'mol va investisiya xarajatlari miqdori, inflyasiya sur'ati kabi kabi
ko‘rsatkichlar misol bo‘ladi. Oqimlar ma'lum davr mobaynida zahiralarning 
o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Masalan yil davomida qilingan investisiyalar 
iqtisodiyotda to‘plangan kapital hajmi, o‘z navbatida esa mehnatni kapital bilan 
qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi.
3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda“daromadlar –xarajatlar”ning 
doiraviy oqimi modeli 
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish 
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning 
doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model 
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya'ni 
davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida amalga oshiriladi (2-chizma). 
Uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy 
resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib 
olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‘ngra esa ularni tayyor 
mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - 
tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo‘nalishda “daromadlar - 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling