17-mavzu: O’g’il bolalar shimi asosi konstruksiyasini hisoblash va qurish


Download 231.21 Kb.
Sana14.07.2023
Hajmi231.21 Kb.
#1660279
Bog'liq
12-mavzu


17-mavzu: O’g’il bolalar shimi asosi konstruksiyasini hisoblash va qurish.
Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri uning funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi kompleks tushuncha bo’lib, kiyimning konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo’yiladigan fiziologik, sotsial va texnologik talablarini o’z ichiga oladi.
Maktab yoshidagi bolalarning kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Maktab bolalarining kiyimlar garderobini maktab formasidagi o’quvchilar kiyimi bilan bir qatorda, sport kiyimlari tashkil etadi. Kundalik kiyimning turli uslubdagi formalari va qat-qatligi bilan xarakterlanadi. Ko’proq to’g’ri bichimli tikilishi uning yeng o’miziga o’tqazib tikiladigan yoki reglan bichimli yoki kombinatsiyalashtirilgan bo’lishi mumkin, cho’ntaklar turli bo’lishi mumkin.
Formalar universallashtirilishi natijasida beshta yosh guruhi o’rniga ikki guruh qoldirildi: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlari, 12 yoshgacha bo’lgan davr modaga beparvo qaraladigan davr hisoblanadi. Bu guruhga mansub bolalarning kiyimlari qulay, shinam, maqsadga loyiq qilib tikilishi bilan birga, badiiy bezatiladi. Bu: applikatsiya, kashta, kiyimni chiroyli ko’rsatadigan rasmlar atrofdagi muhitni bilish vositalari hisoblanadi.
12 yoshdan katta bolalalarning kiyimlari katta yoshdagi kishilarning kiyimlariga ozozdan o’xshatila boriladi.
Bolalar modasida yangilik, birinchi navbatda, yangi turdagi kiyim assortimentlarini ko’payishidir. Bolalar kiyimini loyihalashning asosiy yo’nalishlaridan birikiyimning kombinatsiyalashtirilgan formasini hosil qilish bilan birga, ayrim buyumlarning o’zaro almashuvchanligiga erishishdir.
Hozirgi kunda bolalar kiyimining yetakchi va asosiy bichimi to’g’ri bichimli kiyimdir; to’g’ri bichimning variantlari juda ko’p.
Bolalarning keng tarqalgan kiyimi formasining to’kisligi bilan ajralib turadi. Kiyimning belga yopishib turish darajasi assortiment guruhlariga bog’liq.
Hozirgi vaqtda sovuq o’tkazmaydigan material, qavilgan katta hajmli, yopishib turadigan formadagi
kiyimlar keng tarqalgan.
Sorochka yon, yelka, yeng, o’miz qirqimlariga ishlov berish usuli bilan tikiladigan uskunalar, ishlab chiqarishda qabul qilingan texnologiya tartibi va sorochka vazifasiga bevosita bog’liq ravishda belgilanishi kerak
O’g’il bolalar sorochkasi uchun model tanlashda va konstruktsiyalashda gavda, qomat va figuraning xususiyatlari hisobga olinadi.
Sorochka klassik, sport, romantik uslubda bo’lishi mumkin. Bulardan tashqari sorochkalar kundalik, bayramona, uy uchun va harbiy turlarga bo’linadi. T-42 modulda sorochkaning boshqa belgilari (mavsum, gazlama turi, vazifasi, silueti) bo’yicha turlarga bo’linishi batafsil yoritilgan,

Sorochka andozalarini tayyorlash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar bo’lishi shart: modelkonstruktsiyasining chizmasi, kiyim bo’laklarini yig’ish chizmasi, tikish uchun tavsiya etilgan
materiallar xossalari haqqidagi ma’lumotlar. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (ko’krak, bel, bo’ksa, o’rta chiziq, etak, yeng qiyamasi, chuqurligi, cho’ntak o’rni). Montaj kertiklar yon qirqimda (2 tadan) koketkani ort bo’lakka ulash qirqimida (tahlama o’rnini ko’rsatuvchi kertik), yeng qiyamasida, taqilma plankasida va yeng yon qirqimida, (manjet ziylarini bukish o’rni) belgilanadi.
Download 231.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling