Bolalar va o'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari
Download 88.4 Kb.
|
bolalar va o\'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari
bolalar va o'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullariReja: 1.Bolalik va o`smirlik davrlari. 2.Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari. 3.Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash. 4.Qad-qomat va uning buzilishlari. 5.Sog`liq guruhlari.Bolalik va o`smirlik davrlari. Chaqaloq tug`ilgandan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o`smirlik davri hisoblanadi. Bu quyidagi davrlarga bo`linadi: - chaqaloqlik davri - tug`ilgandan-1 oylikkacha; - ko`krak yoshi davri - 2oylikdan-1 yoshga to`lgunicha; - maktabgacha tarbiya yoshi davri - 2-6 yosh; - kichik maktab yoshi davri - 7-11 yosh; - o`rta maktab yoshi davri - 12-14 yosh; - katta maktab yoshi davri - 15-18 yosh; - o`smirlik davri- 12-18 yosh Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari. Yuqorida ko`rsatilgan bolalik va o`smirlik davrlarining har biri o`ziga xos anatomik-fiziologik va tibbiy-ijtimoiy xususiyatlarga ega. Chaqaloqlik davri. Bola tug`ilishi bilanoq, uning kindigi kesilib, ona organizmidan ajratiladi. Shu vaqtdan u ona tanasidan alohida, mustaqil yashay boshlaydi. Bola bir oylik bo`lguncha chaqaloq hisoblanadi.Bu davr bola uchun eng murakkab davr bo`lib, u tashqi muhitga moslasha boshlaydi.Ma`lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi, buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a`zolari, nerv sistemasi va boshqalar u tug`ilgunigacha ishlab turadi, ba`zi a`zolari esa (nafas, ovqat hazm qilish, kichik qon aylanish doirasi) tug`ilgandan keyin ishlay boshlaydi. Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo`lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi.Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko`ra, chaqaloq 40 kunlik bo`lguncha chilla davri deb ataladi.Bu davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi.Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o`rni bitgunicha (8-12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo`lish zarur.Kindik yarasiga brilliant yashili surtib turiladi.
Download 88.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling