Bolalar va o'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari


Download 88.4 Kb.
bet4/9
Sana14.05.2023
Hajmi88.4 Kb.
#1462386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bolalar va o\'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari

4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg.ga ortadi, bo`yining o`sishi bir oz sekinlashib, 1 yilda 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda 8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib, ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi, ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq, bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining buzilishiga sabab bo`ladi. Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda yoki kollej (litsey)da o`tkazadi.Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir organizmi uzluksiz o`sadi va rivojlanadi.Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta`sirlariga juda beriluvchan bo`ladi.Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o`sishi va rivojlanishiga, sog`lig`iga salmoqli ta`sir ko`rsatadi.Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko`ra, bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo`lishi mumkin. O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.

  • 4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg.ga ortadi, bo`yining o`sishi bir oz sekinlashib, 1 yilda 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda 8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib, ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi, ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq, bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomatining buzilishiga sabab bo`ladi. Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda yoki kollej (litsey)da o`tkazadi.Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir organizmi uzluksiz o`sadi va rivojlanadi.Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta`sirlariga juda beriluvchan bo`ladi.Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o`sishi va rivojlanishiga, sog`lig`iga salmoqli ta`sir ko`rsatadi.Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko`ra, bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo`lishi mumkin. O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.

Download 88.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling