Bolalar va o'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari


Download 88.4 Kb.
bet2/9
Sana14.05.2023
Hajmi88.4 Kb.
#1462386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bolalar va o\'smirlarning rivojlanishni baholovchi korsatkichlar va ularni aniqlash usullari

Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo`lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak.Yo`rgaklari toza, dazmollangan bo`lishi, parvarish qiluvchi kishi qo`lini sovunlab yuvib turishi va og`iz-burniga to`rt qavatli doka niqob tutishi kerak. Chaqaloqning hazm qilish a`zolari juda nozik bo`lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e`tibor berish kerak. U onasini emib o`sa boshlaydi. Ona suti bo`lmasa yoki yetishmasa, sun`iy sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir kecha-kunduzda 7 marta, kechasi 6 soat tanaffus) emizish kerak. Agar chaqaloq yaxshi parvarish qilinsa, ovqatlantirish qoidalariga amal qilinsa, u normal rivojlanadi, bezovta bo`lmaydi, bir kecha-kunduzda 22 soat uxlaydi, ya`ni faqat ovqatlanish vaqtida uyg`onadi. Chaqaloq parvarishi va uning kasalliklari haqida oldingi mavzuda batafsil ma`lumot berilgan. Ko`krak yoshi davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda me`da-ichak, nafas a`zolari, tomoq-quloq kasalliklari ko`proq uchraydi.Shuning uchun ularni shamollashdan, gripp va shunga o`xshash kasalliklardan asrash kerak.Ayniqsa, me`da-ichak kasalliklarini oldini olishda idish-tovoqlarning tozaligi, ovqatlantirish tartibiga rioya qilish muhimdir. Bola 1 oylik bo`lgunicha bir kecha-kunduzda 22 soat, 2 oyligida-20 soat, 3 oyligida 18-19 soat uxlaydi. Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 800 ml sut qabul qilishi kerak. Undan keyin har oyda bir kecha-kunduzda bola qabul qiladigan sutning miqdorini 50 ml ga ko`paytirib boriladi. Lekin 1 yoshgacha bo`lgan bolaning bir kecha-kunduzda qabul qiladigan suti 1 litrdan oshmasligi kerak. Bola o`sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi a`zolari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko`rish a`zosining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya`ni u o`yinchoq qimirlagan tomonga ko`z soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola 18-19 soat uxlaydi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi, 7 oylikda bemalol o`tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi, 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi, 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va ayrim oson so`zlarni ayta oladi. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi.Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta tishi bo`lishi kerak.Bola boshning ensa va tepa suyaklari o`rtasidagi kichik liqildoq (bo`sh joy)-5-7 oyligida, peshona va tepa suyaklari o`rtasidagi katta liqildoq-10-12 oyligida bitadi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak.

  • Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo`lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak.Yo`rgaklari toza, dazmollangan bo`lishi, parvarish qiluvchi kishi qo`lini sovunlab yuvib turishi va og`iz-burniga to`rt qavatli doka niqob tutishi kerak. Chaqaloqning hazm qilish a`zolari juda nozik bo`lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e`tibor berish kerak. U onasini emib o`sa boshlaydi. Ona suti bo`lmasa yoki yetishmasa, sun`iy sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir kecha-kunduzda 7 marta, kechasi 6 soat tanaffus) emizish kerak. Agar chaqaloq yaxshi parvarish qilinsa, ovqatlantirish qoidalariga amal qilinsa, u normal rivojlanadi, bezovta bo`lmaydi, bir kecha-kunduzda 22 soat uxlaydi, ya`ni faqat ovqatlanish vaqtida uyg`onadi. Chaqaloq parvarishi va uning kasalliklari haqida oldingi mavzuda batafsil ma`lumot berilgan. Ko`krak yoshi davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda me`da-ichak, nafas a`zolari, tomoq-quloq kasalliklari ko`proq uchraydi.Shuning uchun ularni shamollashdan, gripp va shunga o`xshash kasalliklardan asrash kerak.Ayniqsa, me`da-ichak kasalliklarini oldini olishda idish-tovoqlarning tozaligi, ovqatlantirish tartibiga rioya qilish muhimdir. Bola 1 oylik bo`lgunicha bir kecha-kunduzda 22 soat, 2 oyligida-20 soat, 3 oyligida 18-19 soat uxlaydi. Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 800 ml sut qabul qilishi kerak. Undan keyin har oyda bir kecha-kunduzda bola qabul qiladigan sutning miqdorini 50 ml ga ko`paytirib boriladi. Lekin 1 yoshgacha bo`lgan bolaning bir kecha-kunduzda qabul qiladigan suti 1 litrdan oshmasligi kerak. Bola o`sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi a`zolari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko`rish a`zosining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya`ni u o`yinchoq qimirlagan tomonga ko`z soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola 18-19 soat uxlaydi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi, 7 oylikda bemalol o`tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi, 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi, 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va ayrim oson so`zlarni ayta oladi. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi.Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta tishi bo`lishi kerak.Bola boshning ensa va tepa suyaklari o`rtasidagi kichik liqildoq (bo`sh joy)-5-7 oyligida, peshona va tepa suyaklari o`rtasidagi katta liqildoq-10-12 oyligida bitadi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak.

Download 88.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling