2-laboratoriya. Qo’zg’aluvchan to’qimalar mikrostrukturasini kuzatish. Baqada nerv-muskul preparatini tayyorlash. Biotoklarni kuzatish: Galvanining 1- va 2-tajribalari (tinchlik toki), Matteuchi tajribasi


Download 292.47 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi292.47 Kb.
#1124723
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.маш


2-LABORATORIYA. Qo’zg’aluvchan to’qimalar mikrostrukturasini kuzatish. Baqada nerv-muskul preparatini tayyorlash. Biotoklarni kuzatish: Galvanining 1- va 2-tajribalari (tinchlik toki), Matteuchi tajribasi (harakat toki).


1-ISH. Baqada nerv-muskul preparatini tayyorlash.
Nazariy qism: Markaziy asab tizimi organizm barcha hujayra va to`qimalarning ishini boshqaradi. Asab tolalarini organizm boshqaruvidagi rolini mushak ishi boshqarilishida yaqqol kuzatish mumkin. Mushak va asabning fiziologik xossalarini o`rganish uchun ko`pincha baqaningorqa oyoqlaridan tayyorlangan asab va mushak preparatidan foydalaniladi. Boldir mushagi va uni innervatsiya qiluvchi quymich asabi klassik asab-mushak preparati hisoblanadi.
Ishning maqsadi: Baqaning orqa oyoqlaridan nerv-muskul preparatini tayyorlash usulini o’rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar: baqa katta va kichik qaychilar, anatomik, jarrohlik va ko’zga ishlatiladigan pinsetlar, zond, shisha ilgakcha, taxtacha, to’g’nag’ich ninalar, paxta, salfetka va Ringer eritmasi.
1-Ishni bajarish tartibi.
Asab muskul preparatini tayyorlash uchun baqani qo’lga olib qorni bilan chap qo’lda ushlanadi va qaychining bir uchi baqa og’ziga ko’ndalang qo’yib, ko’zlarining orqasidan ustki jag’i kesib tashlanadi va umurtqa pog’onasi kanaliga zond kiritib orqa miyasi buziladi. So’ng umurtqa pog’onasidan 1sm qoldirib baqa tanasi ikkiga bo’linadi. Buning uchun baqaning keyingi oyoqlaridan ushlab osiltirib turgan holda, qaychi yordamida, tanasining oldingi yarmi ichki organlari bilan kesib tashlanadi. Qolgan umurtqa qoldig’idan pinset bilan tutib turib ikkinchi qo’l bilan tanasining keyingi ikkinchi yarmisining terisi shilib olinadi. Umurtqa qoldig’i va chanog’ini uzunasiga kesish orqali oyoqlar bir biridan ajratiladi va ulardan birini Ringer eritmasiga solib qo’yiladi, ikkinchi oyoqdagi umurtqa qoldig’ini qaychi bilan chanoqdan ajratiladi. Umurtqa qoldig’idan ko’tarib qo’ymich asabi tizza bo’g’imiga qaychi yordamida boshqa to’qimalardan quyidagi qoidalarga rioya qilib ajratib olinadi:
muskul asab to’qimalarini organizmdan ajratib olish vaqtida ularga doimo Ringer eritmasi tomizilib turish kerak;
bundan tashqari, asabga sal bo’lsada tegib ketmasdan yonidagi biriktiruvchi to’qimalarni pinset bilan ushlab (asabni tortmasdan, ezmasdan) qaychi yordamida ajratib olish zarur.
A sabning biror qismini ko’tarish kerak bo’lsa, shisha ilgakchadan foydalanish kerak bo’ladi. Tizza bo’g’imi ustidan son suyagi muskullari bilan qo’shib kesib tashlanadi. So’ng boldir muskulining payi (Axillo payi) kesiladi va muskulni payidan yuqoriga tortish orqali uni tizza bo’g’imigacha boshqa to’qimalardan ajratiladi. Tizza bo’g’imining pastki qismidan oyoqning qolgan qismi kesib tashlanadi. Natijada oxiri umurtqa qoldig’i, quymich asabi va boldir muskulidan iborat preparat tayyor bo’ladi. (1-rasm)

Download 292.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling